Ouen "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi sababini aytdi
28 mar 2019 23:27
Yangiliklar


Ouen "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi sababini aytdi
Sobiq futbolchi Maykl Ouen "Liverpul"dan "Real"ga o'tishi sababini aytdi.
"Real" taklifini rad eta olmaslikni tasavvur qila olmayman. Ian Rashni ko'rib o'yladim: "U "Yuventus"ga ketdi va bir yildayoq qaytdi. Bu yaxshiku". Men o'zimni bir-ikki yilda qaytishimga ishontirdim. Bunda Rashni ham ayblayman.
Ajoyib stadion, buyuk futbolchilar o'ynagan Madrid haqida o'yladim. Yangi til, madaniyat, davlat, o'yin uslubi. Men oilamni ilk marta xorijga olib chiqqandim, bu ham men uchun katta tajriba bo'ldi.
Agarda "Real"ga o'tmaganimda hozir: "Meni bir vaqtlar "Real"ga chaqirishgandi, biroq men Zidan, Figu, Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashdan bosh tortganman", deb afsuslanardim", - dedi Ouen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar