So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

O'tkir Yusupov: "Raqobat bor joyda o'sish kuzatiladi" Yangiliklar

O'tkir Yusupov: "Raqobat bor joyda o'sish kuzatiladi"

"Neftchi"ning Qirgulidagi yig'inida ishtirok etayotgan 24 yoshli darvozabon jamoa matbuot xizmati xomidlariga intervyu berdi.

- Mavsum yakuniga etganidan so'ng, "Olmaliq" va "Neftchi" jamoalaridan taklif tushdi, - deb gap boshladi Yusupov.  -  Men esa xech ikkilanmasdan Farg'onaga yo'l olishga qaror qildim.

- Aynan "Neftchi"ni tanlashingizga nima sabab bo'ldi?

- "Neftchi" jamoasining  Oliy liga-2015dagi ishtiroki shaxsan menda ijobiy taassurot qoldi. Farg'onaliklar mavsumni juda yaxshi o'tkazishdi. Murabbiylar shtabi tajribali va kuchli. Undan tashqari, atrofimdagi yaqinlarim ham "Neftchi" jamoasiga borishimni maslahat berishdi. Kelishimdan avval, "Neftchi"dagi ichki ijobiy va do'stona muhit haqida eshitgandim. Haqiqatdan ham shunday ekan.

- Yaxshi bilasiz, "Neftchi"da yana bir darvozabon yani O'zbekiston OTJning asosiy posboni Abdumavlon Abdujalilov bor. Umuman o'ziga xos raqobat yuzaga kelmoqda...

- To'g'ri. Leking raqobatdan qo'rqmayman. Raqobat bor joyda o'sish kuzatiladi. Jurnalistlar "Nasaf"da ham shu kabi savollar bilan ko'p murojaat qilishardi.  "Neftchi"da o'zimni ko'rsatish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilaman. Endi buyog'iga Abdumavlon bilan raqobatlashamiz.



- O'tgan yili "Neftchi" darvozasini rossiyalik Evgeniy CHeremesin qo'riqladi va legioner darvozabon qanday mavsum o'tkazganidan xabaringiz bor. Demoqchi bo'lganim siz yoki Abdumavlon CHeremesinning o'rnini bosishingizga to'g'ri keladi...

- Albatta. Hozircha, murabbiylar bizga imkoniyat bermoqda. Nasib qilsa, mashg'ulotlarda qattiq mexnat qilib yangi mavsumda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.

- Andrey Fyodorov haqidagi ilk taassurotlar qanday?

- Tajribali murabbiy. Fyodorov ham bir vaqtlar yashil maydonda bizga kabi futbolchi bo'lgan. Futbolchi bo'lgan inson, maydondagi sportchiga qanday munosabatda bo'lishni yaxshi biladi. Darvozabonlar murabbiyi bilan hali ko'rishmadik. Bilishimcha, kuchli murabbiy. CHeremesinni ham mana shunday ajobiy mavsum o'tkizishida ularni o'rni katta bo'ldi deb eshitdim.

- "Neftchi" muxlislari, xususan vodiylik ishqibozlar haqida eshitganmisiz?

- Ha, albatta! Vodiy derbilarining shiddatli o'tishidi asosan muxlislar muhim rol o'ynaydi. Darhaqiqat, Farg'onada futbolni juda sevishadi. Bu erga kelib, bunga yana bir bor guvohi bo'ldim.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Faqat g'alabali bahslar va yuqori o'rinlarni kutyapman.  "Neftchi" muxlislari juda talabchan. Jamoadan faqat g'alaba kutishadi. Nasib qilsa, bu yilgi mavsumda ularning ishonchini oqlaymiz - dedi O'tkir Yusupov.


Futboli haqida malumot:
Ismi-sharifi: O'tkir Yusupov.
Ampulasi: Darvozabon.
Tug'ilgan sanasi va joyi: 1991 yilning 11 aprelida Qozog'istonning CHimkent shahrida tug'ilgan. 5 yoshidan Toshkentda yashagan.
O'ynagan jamoalari: "Paxtakor" (yoshlar) "Mashal" (Muborak) va "Nasaf" (Qarshi)
O'tgan mavsumda qancha o'ynagan: O'tkir "Nasaf" tarkibida 10 o'yinda ishtirok etib, 8 marta o'z darvozasidan gol olib chiqqan. 2 marta sariq kartochka olgan.
 

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика