So’nggi yangiliklar

11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  0 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   3 10:55Қоил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  5 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  3 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  0 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  2 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  6 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1 05:09АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида иродали тарзда "Лестер"ни мағлуб этди  6 01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  32 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  3 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  23 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3

O'tgan mavsumning eng muvaffaqiyatsiz transferlari. 1-qism Yangiliklar

O'tgan mavsumning eng muvaffaqiyatsiz transferlari. 1-qism

Ro'yxatda narkotik bilan qo'lga tushgan va sobiq klubini 150 ming evroga "chuv tushirib ketgan" o'yinchi bor.

Tez orada Superliganing 2024 yilgi mavsum birinchi davrasi yakunlanadi. Bu esa tez orada yozgi transfer oynasi ochilishini anglatadi. Jamoalar doimgidek tarkiblarini kuchaytirishga harakat qilishadi. Ammo, amalda ko'rganimizdek, klublarimizning transferlari ko'proq omadsiz chiqadi.

Bugun sizlarga yoki mavsum starti oldidan, yoki yozgi pauzada, umuman olganda o'tgan yili Superliga klublariga o'tgan o'yinchilar haqida gapirib beramiz. SHuni qayd etish muhimki, ushbu matnda o'tgan yili boshqa ligalardan chempionatimizga kelgan legionerlar ko'rsatiladi.


"Turon": Kumburovich, Bojovich, Stoilkovich, CHichinadze, Beglarishvili

O'tgan mavsumning eng muvaffaqiyatsizlaridan biri "Turon" bo'ldi. Xususiy klub Superligada o'z o'rnini egallamoqchi edi, ammo samarasiz menejment va muvaffaqiyatsiz selekcion ish barcha harakatlarni yo'qqa chiqardi. Ilk davradan so'ng klubning mavjudligini yo'qotish va mavsum davomida hatto chempionatdan olishini haqida gap-so'zlar tarqaldi. "Turon" baribir mavsumni oxirigacha etkazib qo'ydi, ammo yil boshida jamoaga kelgan insonlarsiz.

23 yoshli himoyachi Nikola Kumburovich "Turon"ga CHernogoriyaning "Iskra" klubidan keldi. U yaypanliklar safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushdi. "Turon" tarkibida Kumburovich bilan Superligadagi 10ta uchrashuvda 15ta to'p o'tkazib yubordi. Nikolaning o'zi yomon ko'rinmadi, ammo butun jamoa muvaffaqiyatsiz o'ynadi. Kumburovich 2023 yilning yozidan boshlab MFL (Rossiyaning ikkinchi divizioni)ning "CHernomorec" jamoasida o'ynamoqda.

U erda "Turon"ning yana bir sobiq himoyachisi - gruzin Anri CHichinadze ham o'ynaydi. SHu bilan birga, u Nikoladan ko'ra ko'proq xatolarga yo'l qo'ydi. "CHernomorec" Rossiyaning kuch jihatidan uchinchi divizioniga tushib ketishga bir qadam qolgan bo'lsa ham, MFLdan aql bovar qilmas tarzda tushib ketmadi.

Zakariya Beglarishviliga katta umidlar bog'langandi. Estoniya pasportiga ham ega bo'lgan tajribali gruziyalik yarim himoyachi Transfermarkt malumotiga ko'ra "Turon" tarkibidagi eng qimmat o'yinchilardan biri edi, u 375 ming evroga baholangan. U o'z faoliyati davomida Estoniyada 324ta o'yinda maydonga tushib, 142ta gol va 124ta golli uzatma qayd etgan. Ammo, Beglarishvili umidlarni oqlamadi: u tez-tez o'yindan tushib qoldi va umuman olganda jamoaga kirishib keta olmadi deyish mumkin. U "Turon" safida barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, atigi bitta gol urishga erishdi. Zakariya 2023 yilning yozida Estoniyaga qaytdi va mahalliy chempionatni ishg'ol qilishda davom etmoqda. U "Narvu-Trans" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 3+5 qayd etdi.

"Turon"dan so'ng serbiyalik ikki o'yinchi, aniqrog'i Milan Bojovich va Dushan Stoilkovich Serbiya chempionatidagi "Napredak" klubiga ketishdi. Ularning ikkisi yaypanliklar safida 19ta o'yinda atigi uchta to'p kiritishdi. Bojovich o'z vatanida past samaradorlikni saqladi: "Napredak" safida 24ta o'yinda uchta to'p. Stoilkovich esa biroz qo'shdi – uning hisobida 17ta o'yinda 1+4 bor.


"Qizilqum": Gurgenov, Mbaoma, Simonovski

Turkmanistonlik 26 yoshli himoyachi Baxtiyor Gurgenov "Qizilqum"ga "Kopetdog'"dan o'tdi. U Navoiy klubi tarkibida atigi uchta o'yinda harakat qildi va vataniga qaytdi. U hozirda "Ahal" safida o'ynamoqda.

"Qizilqum" hujumchi Viktor Mbaomani Jazoirdagi "MK Aljir" sharafini himoya qilayotganda topdi. U Superligadagi 9ta o'yinda atigi bitta to'p kiritdi. Mbaoma "Qizilqum"ga kelganidan yarim yil o'tib Ruanda chempionatidagi APRga ketdi. Qiziqarlisi, Mbaoma "Qizilqum"ga qadar o'rtoqlik o'yinlari doirasida Nigeriya terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazgan. U hozirda o'z mamlakati milliy jamoasiga chaqirilishni o'ylamayotgan bo'lsa kerak.

Ammo, "Qizilqum"ning o'tgan mavsumdagi "qiziqarli" legioneri makedoniyalik Marko Simonovski. Simonovski navoiyliklar safida sakkiz o'yinda birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi va olti oy o'tib klubdan ketdi. Marko shundan so'ng "Qizilqum"ning unga belgilangan pulni to'lamaganini esladi va uni sudga berdi.

SHunday omadli bo'lganki, klub unga 2024 yilning so'nggiga qadar pul to'lashi kerak bo'lgan, sababi, u bilan shartnoma bir yarim yilga imzolangan. Malumotlarimizga ko'ra, Simonovski yakunda "Qizilqum" bilan 150 ming dollar atrofidagi pulga sudlashgan. Navoiy klubiga transfer taqiqi qo'yildi, sababi Marko bu pullarni hozircha olmagan.


"Metallurg": Obradovich, Stamenkovich

O'tgan mavsum startidan oldin "Metallurg" tarkibini kuchaytirish uchun sobiq Yugoslaviyadan ikki vakil chaqirildi – 31 yoshli Marko Obradovich va 24 yoshli serb Filip Stamenkovich.

Obradovich "Metallurg"ga kelishiga qadar O'zbekistonda o'ynashga ulgurgan: u 2021 yilgi mavsum 19ta o'yinda 13ta gol urgan holda "Neftchi"ga Pro ligadan Superligaga ko'tarilishga yordam bergan. Obradovichning O'zbekistonga ikkinchi bor "kelishi" unchalik muvaffaqiyatli chiqmadi – "Metallurg" safidagi 13ta o'yinda gol yo'q va atigi bitta assist. Marko hozirda o'z vatanida, "Novi Pazar" (25ta o'yin, 6ta gol) jamoasida to'p tepmoqda.

Stamenkovich "Metallurg"ga Rossiyadan kelgan: u 2021 yilning yozidan 2023 yilning yanvariga qadar MFLdagi "Veles" klubida (30ta o'yin, 1ta gol) harakat qilgan. Serbiyalik himoyachi atigi beshta o'yinda to'p tepgan holda Bekobodda o'z o'rniga ega bo'lolmadi. Stamenkovich "Metallurg"dan ketganidan so'ng yarim yil klubsiz yurdi. U 2024 yilning starti oldidan Qarag'andaning "SHaxtyor" klubi bilan shartnoma imzoladi. Stamenkovich joriy mavsum 11ta o'yinda maydonga tushdi, u yangi jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi.


"Surxon": Gasanov, Bobomurodov

O'tgan yilgi "Surxon"da qiziqarli "to'da" yig'ilgandi. Muvaffaqiyatli transferlar ham bo'lgan: Potapov mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi, Sokol mudofaa chizig'ining muhim o'yinchisi bo'ldi, Nimeli esa "gol+pas" tizimi bo'yicha Superligada eng yaxshi bo'ldi. Ammo, muvaffaqiyatsiz transferlar ham yo'q emasdi.

Himoyachi SHamil Gasanov "Surxon"ga o'tguniga qadar Rossiyada RPL va MFL klublarida ko'p o'ynagan. Ammo, u O'zbekistonga jarohat bilan keldi va uzoq vaqt tiklandi. Gasanov "Surxon" tarkibida jami barcha musobaqalarda to'rtta o'yinda harakat qildi. SHamilning klubdan ketishi esa mojaroli bo'ldi.

Gasanovni 2023 yilning iyunida Moskvada narkotiklar bilan qo'lga olishdi. U shundan so'ng O'zbekistonga qaytishga ulgurdi, ammo "Surxon" safida ortiq o'ynamadi. U bir yarim oydan so'ng klubni tark etdi. Gasanov hozirda o'zi uchun jonajon bo'lgan Dog'istonning "Legion" klubida to'p tepmoqda. Jamoa Rossiyaning Ikkinchi ligasidagi B Divizionda (mamlakatda kuch jihatidan to'rtinchi liga) harakat qiladi.

Termiz klubining yana bir "topilmasi" – Nodirbek Bobomurodov. O'zbekistonda tug'ilgan o'yinchi futboldagi yo'lini Angliya maydonlarida boshlagan. Bobomurodovning eng yuqori natijasi – Angliya Milliy ligasidagi (Janub hududi) "Xangerford" va "Uorting" klublarida o'ynash. Bu yarim professional deb tariflanadigan Angliyaning kuch jihatidan oltinchi divizioni. Nodirbek "Surxon" safida to'rtta o'yinda harakat qildi va samarali harakat qayd etmadi. Bobomurodov hozirda "Littlxempton" deb nomlanadigan Angliyaning havaskor klubida o'ynamoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика