Otalik baxti muborak, Narzulla!
16 iyu 2018 09:29
Yangiliklar
Otalik baxti muborak, Narzulla!
Yaratgan Egam ana shunday ulug' kunlarda, Iyd Ramazonning ikkinchi kunida bu oilaga farzand quvonchini ato etdi. Saytimiz “motori” Narzulla Saydullaev otalik baxtiga muyassar bo'ldi. Muborak tongda qizaloq dunyoga keldi. Buning uchun Allohga hamdu sanolar bo'lsin!
Saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan Saydullaevlarni yangi mehmon bilan muborakbod etamiz. Umri va rizqi bilan bergan bo'lsin! Ilohim, qoriya, fozila, oqila farzand bo'lib voyaga etsin.
Narzulla, yana bir bor otalik baxti bilan chin dildan tabriklaymiz! Qizaloqni buvijonu bobolari, ota-onasiga munosib farzand bo'lib, albatta baxtli-saodatli bo'lishini tilaymiz!
PS. Birinchi farzand muborak, Narzulla! Davomli bo'lsin ))) Lekin kecha Ronaldu xet-trik qildi... Hurmat va ehtirom ila championat.asia va olamsport.com saytlari birlashgan tahririyati!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar