Otabek Zokirov: "Muborakdan quruq qaytmoqchi emasmiz"
21 iyu 2016 14:56
Yangiliklar
Otabek Zokirov: "Muborakdan quruq qaytmoqchi emasmiz"
Bugun bo'lib o'tadigan “Mashal” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldin Qo'qonliklar yarim himoyachisi Otabek Zokirovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Muborakka uzoq yo'l bosib keldik. SHuncha yo'ldan kelib quruq qaytmoqchi emasmiz. “Mashal” tarkibida tajribali futbolchilar etarli. Avaz Agaliev, SHahboz Erkinov, Zafar To'raev kabi futbolchilarni to'xtata olsak g'alaba biz tomonda bo'ladi. Bugun har bir yaratilgan vaziyatdan unumli foydalanishimiz shart. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonyapman", - deydi Zokirov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
Fikrlar