So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  0 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

Otabek Valijonov: "Taqvim "Andijon" uchun biroz noqulay kelgandi" Yangiliklar

Otabek Valijonov: "Taqvim "Andijon" uchun biroz noqulay kelgandi"

"Andijon" - "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvida mezbonlarning yagona goliga mualliflik qilgan Otabek Valijonov o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Paxtakor"dan mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng o'z uyimizda qanday bo'lmasin "Lokomotiv"dan ochko olishni o'ylagandik. SHunga monand jamoamizning xar biri azosi o'ziga yarasha tayyorgarlik ko'rgandi. "Temiryo'lchilar"ning o'tgan turda "Navbahor" bilan o'tkazgan uchrashuvini video tasvir orqali ko'rib chiqqandik. O'ylaymanki toshkentliklar bizga nisbatan ancha mazmunli va kuchli o'ynadi. Agarda Namanganda ko'rsatgan o'yinini bizga ham namoyish qilganida ishonch bilan ayta olamanki, kamida durang o'ynagan bo'lardik. 

- "Andijon"ga nima etishmadi? Menimcha hamma narsa etarli bo'ldi. Lekin tan olish kerak, raqib kuchlilik qildi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. "Andijon"ning tarkibi bu yil yangitdan tuzildi. SHaxsan meni jamoaga kelganimga endi bir oy bo'ldi. Futbolchilar bir-birini to'liq tushunib ketishlari uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. "Lokomotiv" esa 3-4 yildan beri asosan bir xil tarkib bilan o'ynab kelmoqda. SHu jihatiga ham etibor berish kerak. Nazarimda "Andijon" ham mamlakatimizning etakchi klubiga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi.

- Taqvim ham "Andijon" uchun biroz noqulay kelgandek. Bu bahona emas. Lekin dastlabki turlarda etakchi klublarga qarshi o'ynadik. Umid qilamanki, omadsizliklar ortda qoldi. Keyingi turlarda muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.

- Fursatdan foydalanib bugun jamoamizni ajoyib tarzda butun uchrashuv chog'ida qizg'in-qo'llab quvvatlab turgan ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman, - deydi Otabek Valijonov

"Andijon" matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика