So’nggi yangiliklar

09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  3 08:40Ўртоқлик ўйинлари. "Интер" ва "Ювентус" ғалаба қозонди, "Рома" эса Саудия клуби билан дуранг ўйнади  0 08:27Sofascore. "Нол"га ўйнаган Алиқулов ва Ҳусанов, гол урган Ғаниев кечаги учрашувларда неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56Суперлига. Бугун яна 3 та учрашув бор  0 07:25МЛС. "Интер Майами" "Лос-Анжелес Гэлакси"ни мағлуб этди, Месси захирадан тушиб, гол ва ассист қайд этди  0 06:55Суперлига. "Навбаҳор" дербида ютқазди, "Насаф" ва "Динамо" эса ўз майдонларида ғалаба қозонишди  2 01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  5 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   51 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  1

Otabek SHukurov: “Xalqimizning ishonchini oqlashimiz lozim” Yangiliklar

Otabek SHukurov: “Xalqimizning ishonchini oqlashimiz lozim”

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi Otabek SHukurov “Futbol Ekspress” nashriga intrevyu berib, unda bo'lajak Jahon CHempionatiga tayyorgarlik borasida to'xtalib o'tdi.
“Birinchi marta 17 yoshlilar o'rtasidagi mundialda qatnashganimdan keyin jahon chempionatining qanday nufuzli musobaqa ekanini his qilganman”, deydi SHukurov. “O'shanda Gonduras terma jamoasiga mag'lub bo'lganimiz menga qattiq alam qilgan. O'tgan yili Osiyo CHempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan beri butun etiborimni Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan turnirga qaratganman. Tayyorgarlik jarayoniga jiddiy etibor beryapmiz. Oldimizda turgan Jahon CHempionatida avval erisha olmagan natijalarimizga erishishimizni istayman”.

“Ko'pchilik guruhimizda Germaniya favorit ekanini aytmoqda. Albatta, ular kuchli va chindan ham favorit. Ammo bunday musobaqada har qanday o'yin ham og'ir o'tadi. Jahon chempionatiga hamma boshqacha tayyorgarlik bilan keladi. Tailandda o'tgan musobaqada Gonduras olimpiya terma jamoamizni mag'lub etgandi. Fiji ham oddiy raqib emas. Yig'inlar davomida barcha jamoalarning o'yinlarini ko'rib, o'rganib boryapmiz. Hamma narsa o'z qo'limizda. O'ylagan maqsadimizga erishish uchun barcha imkoniyatlarimiz bor. Xalqimiz ishonchini oqlashimiz lozim”, deya Otabek raqiblar va Jahon CHempionatiga tayyorgarlik borasidagi fikrlarini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionati Yangi Zelandiyada, 30 may kuni start oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика