So’nggi yangiliklar

14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   0 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  10 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  15 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  2 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  1 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  15 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  8 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  16 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  10 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  12 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  13 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1

Otabek SHukurov: "Jurnalistlar Eronga qarshi durangni mag'lubiyatdek qabul qilmoqda. Iltimos, bizni qo'llab-quvvatlanglar va har bir ochkoni qadrlaylik" Yangiliklar

Otabek SHukurov: "Jurnalistlar Eronga qarshi durangni mag'lubiyatdek qabul qilmoqda. Iltimos, bizni qo'llab-quvvatlanglar va har bir ochkoni qadrlaylik"

BAA ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek SHukurov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Og'irroq o'yin bo'ldi. JCH saralashida oson o'yinning o'zi yo'q. Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Muxlislarga rahmat aytaman, bizni qo'llab-quvvatlashda davom etinglar. Biz Jahon chempionatiga chiqamiz", - dedi Otabek SHukurov.

- Terma jamoa biroz mazmunsiz o'yin namoyish etayotgandek. Murabbiy yo'qligi bunga sababmi? Bugungi uchrashuvda penalti bo'lmaganida durang qayd etgan bo'lardik, masalan.

- Murabbiy yo'qligi o'z so'zini aytmoqda, lekin penalti bo'lmaganida bunday bo'lar edi deyish noto'g'ri. Masalan, Eronga qarshi o'yinni olaylik. Forslar dunyo reytingida 20-o'rinda, biz esa 61-o'rindamiz. Ular bir kishi kam bo'lib qoldi to'g'ri, ammo bu Eron. O'yin so'ngida Eron penalti ishlagan bo'lishi mumkin, ammo ular qizil kartochkaga qadar ham darvozamizga gol ura olishmadi. Eron har doim mundialda ishtirok etgan jamoa. Biz ham vaziyatlar yaratdik, Eron ham so'nggi daqiqalarda xavfli vaziyatlarga ega bo'ldi. So'nggi uch uchrashuvda Eron bizni mag'lub eta oldimi? Hozirgi vaqtda bizni ko'pchilik "mazmunsiz" o'yin deb tanqid qilishmoqda, biroq biz avvallari juda qiziqarli va yorqin futbol namoyish etib, mundialsiz qolib ketganmiz. Futbolchi sifatida jurnalistlar terma jamoani faqatgina tanqid qilishayotgandek tuyulmoqda. Biz faqatgina natija uchun o'ynayapmiz. Mening faoliyatimdagi eng alamli o'yinlar bu mehmondagi Saudiyaga qarshi yirik hisobdagi mag'lub bo'lgan o'yinimiz va 2017 yildagi Janubiy Koreyaga qarshi golsiz durang. Ikki bahsdan so'ng ham biz Jahon chempionatisiz qolib ketgandek. Biz Eronni qochirib yubormayapmiz. Muhimi shu. Biz ayni vaqtda guruhda etakchimiz. Iltimos, ushbu natijalarimizni ham qadraylik.

- Tanqid rivojlanish "meva"si. Biz ham terma jamoamizni o'ylab bu gaplarni aytmoqdamiz. Eron hozirgi kunda biroz kuchsizlanib qolgandek...

- Eronni kuchsiz deb o'ylayotgandirsiz, ammo bu sizning fikringiz. FIFA reytingiga qarasak, biz qaerda va Eron qaerda ekanligini bilib olasiz. Nima bo'lgan taqdirda ham Eronni kuchsizlandi deya olmayman. CHetlatishdan so'ng forslar to'pni bizga berib qo'ydi va qarshi hujumlar orqali o'ynashdi. Biz uchun o'sha bir ochko ham juda qadrli. Jurnalistlar Eron bilan qayd etilgan durangni mag'lubiyatdek qabul qilishmoqda. Bu mag'lubiyat emas, biz Eronni qochirib yubormayapmiz. Penalti bo'lmaganida vaziyat o'zgarib ketishi mumkin edi deyapsiz to'g'ri, ammo penalti bo'lmaganida biz o'yindan gol urishimiz mumkin edi-ku.

- BAA ham bugun qizil kartochka oldi va chetlatishdan so'ng biz uch markaziy himoyachi bilan emas, aksincha 2ta markaziy himoyachi bilan o'ynashni boshladik. Bu oldindatayyorlanganan reja edimi?

- O'yindan 2-3 kun avval ham shunday o'yin uslubini mashq qilgandik. 5ta himoyachi emas, 4ta himoyachi bilan o'ynashga kelishib olgandik.  

- Jaloliddin Masharipov 11 metrlik jarima belgilangandan so'ng to'pni sizga olib keldi va sizga nimadir deb ketdi. O'sha vaziyatda Masharipov sizga nima dedi?

- Penalti belgilangan vaziyatda Jalol bilan kim zarba berishini kelishib olgandik va men zarbani amalga oshirishim kerak edi. Orada bosh hakam bilan biroz suhbatlashdik. Masharipov o'sha vaziyatda "urish kerak" deb ketgandir, menimcha(kuladi).

- Terma jamoamiz Eron bilan tengma-teng o'ynab, durang qayd etish normal holat ekanligiga o'rgatib qo'ydi. Penalti zarbasidan so'ng to'p dastlab to'singa tekkanida nimalarni his qildingiz?

- Ochig'ini aytaman, BAA darvozaboni mening do'stim. Men u bilan birga BAA chempionatida to'p tepganman. Men "SHarja"da u "Al-Ayn"da o'ynardi. Darvozabon men qaerga zarba berishimni bilardi, men chap tomonga kuchli zarba bermoqchi edim, biroq eng so'nggi soniyada darvozabon chap tomonga tashlanganini sezdim va shu sababli zarbani yo'nalishini o'ng tomonga o'zgartirdim. O'zim ham qo'rqib ketdim, to'g'risi(kuladi).


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика