So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Otabek Narzullaev: "G'alabadan so'ng ramziy terma jamoadan o'rin olish yanada yoqimli bo'ldi" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "G'alabadan so'ng ramziy terma jamoadan o'rin olish yanada yoqimli bo'ldi"

Oliy liga 10-turida "SHo'rtan" o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etgandi.

G'uzorliklarning ikki vakili Umar Eshmurodov va Otabek Narzullaev ushbu tur ramziy terma jamoadan o'rin olishgandi. Biz Otabek Narzullaevdan bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Otabek championat.asia talqiniga ko'ra siz va jamoadoshingiz Umar Eshmurodov 10-tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldingiz. Buni qanday qarshi oldingiz?

- Albatta xursand bo'ldim. Har bir futbolchi ramziy jamoaga tushishni xohlaydi.

- Matbuotni kuzatib borasizmi?
- Bo'lmasamchi, hozirgi vaqtda internet futbol saytlarini tezkorlik bilan rivojlanishi kishini quvontiradi. Kunlik tezkor futbol yangiliklarini muntazam kuzataman. Ayniqsa, oliy ligamiz haqidagi turli malumotlar biz futbolchilarga manzur bo'layapti.

- Ramziy jamoaga tushish qanchalik yoqimli?
- Ommani etiboriga tushish yoqimli, sayt ijodkorlari ushbu ruknni tashkil qilganiga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Rosti aytsam ramziy jamoa safida joy olishimni kutmagandim. G'alabadan so'ng ushbu xabarni eshitib  yana ham xursand bo'ldim.

Fahriddin CHoriev suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика