So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  3 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

Otabek Isroilov: “Neftchi”ga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman” Yangiliklar

Otabek Isroilov: “Neftchi”ga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman”

Farg'onalik hujumchi Otabek Isroilov “Buxoro”da malum muddat o'ynab, yana qadrdon jamoasiga qaytib keldi.

Kecha uni “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadze keng ommaga tanishtirdi. Fursatdan foydalanib, Otabekni suhbatga tortdik. 

- Buxoro”dan ketishingiz bu o'zingizni qaroringiz bo'ldimi yoki klubnimi?

- O'zim istadim. “Buxoro”da Aleksandr Mochinov ishlayotgan paytidayoq ketish haqida o'ylab yurgandim. Xatto Mochinovni oldiga kirib, bu borada undan ruhsat olmoqchi bo'lib, aytgandim. To'g'risi, yo'lning uzoqligi ham jismonan charchatib qo'ydi. 

- Davralar oralig'idi sizni keyin “Andijon” mashg'ulotlarida ham uchratgandik. Ammo u erda ham uzoq vaqt qolmadingiz. Bizningcha bu “Neftchi”dan taklif tushgani bilan bog'liq bo'lsa kerak. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Ha, andijonliklar bilan ham malum muddat shug'ullandim. Keyin esa Murod Ismoilov meni “Neftchi”ga qaytishimni so'radi va ishonch bildirayotganini takidladi. Oliy talim muassasasida tahsil olishim munosabati bilan imtihonlarim bor edi. SHu bois Farg'onada o'ynashga qaror qildim. Baribir “Neftchi”ga etmas ekan.


- Edgar Gess ham sizning imkoniyatingizni yaxshi biladi. Bizningcha u bilan munosabatingiz ham ko'ngildagidek edi. Murabbiy o'z jamoasida olib qolish uchun xarakat qilgandir. 

- Aytib o'tganimdek, imtihonlarim bor edi. SHu bois Edgar Yakovlevichga vaziyatni tushuntirdim va “Neftchi”ga qaytishga qaror qildim. Bundan hozir juda mamnunman. 

- Ayni paytdagi sport formangiz qay darajada?

-Juda zo'r deya olmayman. Lekin ideal xolatga chiqish uchun har kuni Murod Muzaffarovich bilan maxsus dastur asosida kuniga 2-3 mahaldan ishlayapmiz. Nasib qilsa qo'limdan kelganicha “Neftchi”ga yordam beraman. Bilasizmi futbolda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Yaratgan egam omadizi berib tursa, gollar o'zi kelaveradi. Buning uchun o'zim ham astoydil xarakat qilaman. 

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика