So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Otabek Isroilov: "Neftchi"dek klub men uchun bitta" Yangiliklar

Otabek Isroilov: "Neftchi"dek klub men uchun bitta"

Farg'onaning "Neftchi" klubi hujumchisi Otabek Isroilov bir necha yillardan buyon oliy ligada faoliyat olib bormoqda. Muxlislarning talab va istagiga ko'ra Isroilov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- 1989 yilda Farg'ona shahrida tug'ilganman, - deb gap boshladi Otabek Isroilov. Yoshligimda ko'pchilik bolalar singari ko'chada to'p tepib katta bo'lganman. Futbolga juda kichikligimdan qiziqib qolgandim.

- Nechi yoshda futbolga qatnay boshlagansiz?

- Etti yoshda Yo'ldosh Ortiqov degan futbol murabbiyiga qatnay boshlaganman. 4-sinifni bitirgach Farg'ona futbol maktab internatiga hujjat topshirganman. Futbolga juda ham qiziqishim tufayli internatga o'qishga kirganman. SHundan so'ng futbol hayotimning ajralmas qismiga aylandi.

- Internatda qaysi mashhur futbolchilar bilan o'qigansiz?
- Islom To'xtaxo'jaev, SHerzod Karimov, Dilyorbek Ermatov, SHukur Jumaboev, Farrux Turdaliev, Doniyor Usmonov va Iqbol Boboxonov kabi futbolchilar bilan birga tahsil olganman. Umuman olganda bu dargohdan juda ko'plab kuchli futbolchilar etishib chiqqan.



- Maktab-internatni bitirgach nima bo'lgan?
- Bizning maktab "Neftchi" futbol klubiga qarashli hisoblanadi. SHu bois uni bitirganlar har yili "Neftchi" klubi o'rinbosarlari safida yig'inda ishtirok etadi. O'zini ko'rsatgan futbolchilar jamoada olib qolinadi va shartnoma tuziladi.

- Siz aynan qaysi murabbiy qo'l ostida ko'rikdan o'tgansiz?
- O'sha paytda o'rinbosalar jamoasida aka-uka Rustam Do'rmonov va Abdusamad Do'rmonov ishlardi. Yuriy Sarkisyan ham yangi futbolchilarni ko'zdan kechirardi.

- Sarkisyan siz uchun qanday murabbiy?
- Meni katta futbolda o'ynashka katta xissa qo'shgan inson. Futbolda nima ko'rgan bo'lsam hamma yaxshi narsa shu odam sababli bo'lgan. Juda yaxshi inson. Futbolchilardan faqat maydonga tushib yaxshi o'yin ko'rsatish talab etilardi xolos. Yuriy Vazgenovich barcha sharoitlarni qilib berardi.

- Yoshligingizda qaysi futbolchilariga havas qilar edingiz?
- "Neftchi" hujumchisi Anvar Berdievning o'yinlarini maza qilib tomosha qilardim. Keyinchalik u bilan bir jamoada o'ynashga ham erishdim. U yaxshi inson, yoshlarga qo'lidan kelganicha maslahatlar berardi.

- Nega hujumchi bo'lgansiz yoki qaysidir murabbiy talab qilganmi?
- Yo'q. Yoshligimdan hujumda o'ynash yoqardi. Hozirgacha shu chiziqda o'ynab kelayapman.

- Bir yil "Buxoro"da ham faoliyat olib bordingiz...

- Ha 2014 yil yozida "Buxoro"ga ko'chib o'tgandim. Bir yil davomida Buxoro shahri sharafini himoya qilganman. Bu jamoaga meni Edgar Gess taklif qilgandi. U juda mehnatkash murabbiy, futbolchilardan ham ko'p mehnat qilishini undardi.

- "Buxoro"dagi faoliyat siz uchun qanchalik foydali bo'ldi?
- Nolimayman. Lekin to'g'risi oldingdan oqqan suvning qadri yo'q deb bekorga aytishmas ekan. Boshqa jamoaga o'tganimdan keyingina bir narsani tushunib etdim. "Neftchi"dek klub men uchun bitta. Jamoada barcha bir biri bilan juda ham inoq. Bu bilan "Buxoro"ni yomon demoqchi emasman. SHunchaki har bir futbolchiga mos klub bo'lar ekan.



- Demak endi oliy liganing boshqa klubiga o'tmaysiz. SHundaymi?
- Hayotda hamma narsa bo'ladi. Ayniqsa futbolda. Hech kim ertaga nima bo'lishini bilmaydi. Lekin yaqin kelajakda "Neftchi"ni tark etmasam kerak.

- Hujumchisiz, lekin kam gol urasiz. Muxlislar tanqid qilishadimi?

- Muxlislar har doim sevimli klublari g'alaba qozonishini istashadi. O'sha klubdagi futbolchilar gol urishlarini xohlashadi. Men gol urmasamu jamoam g'alaba qozonsa xursand bo'laman. Kam gol urishimga kelsak Farg'onada futbol o'ynash juda qiyin. Bizda bosim kuchli. Ancha muncha futbolchi bu erda o'ynay olmaydi. Gol urishda omad ham katta rol o'ynaydi.

- "Neftchi" safida urgan eng muhim golingiz qaysi?
- Menimcha shu yil "Paxtakor"ga qarshi Toshkentda o'yinda urgan golim. Sababi "Neftchi" safarda "Paxtakor"ustidan 14 yillik tanaffusdan so'ng g'alaba qozondi.

- Eng alamli mag'lubiyatchi?
- Mag'lubyatlar ko'p bo'ladi. Ularni tezroq unutishga harakat qilaman. SHu bois alamli mag'lubiyatlarni eslab qolamayman ham.

- "Neftchi"bir necha karra O'zbekiston chempioni hisoblanadi. Biroq oxirgi yillarda jamoa kuchli beshlikka ham kira olmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?
- Oldin "Neftchi" O'zbekistonning eng kuchli klubi sanalar edi. Eng kuchli futbolchilar to'p tepishardi. So'nggi yillarda jamoada katta o'zgarishlar qilindi. Tarkib yoshartirildi, murabbiylar almashdi. O'zgarishlar tufayli ham natijalar pasaydi deb o'ylayman. Lekin jamoa yana avvalgi saviyasiga chiqishiga ishonaman.

- Bu yilgi maqsad qanday?
- "Neftchi"ning maqsadi har doim g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Biz har bir o'yinga xuddi oxirgi uchrashuvdek o'ynaymiz.

- Oliy ligada birinchi davra tugadi. Boshqa klublardagi qaysi futbolchilar kashfiyot bo'lishdi deb o'ylaysiz?
- Kashfiyotlar ko'p bo'ldi. Ular orasida "Obod" hujumchisi SHoxruz Norxonovni alohida takidlagan bo'lardim. Yana "Nasaf"ning yosh hujumchisi Bobur Abduxoliqov ham kashfiyot bo'ldi.

- Andrey Fyodorov qanday murabbiy?
- O'z vaqtida kuchli himoyachi bo'lgan. Hozirda esa murabbiylik faoliyatini boshladi. U barcha futbolchilarga imkon beradi. Barcha maydonga tushib, jamoa g'alabasiga xissa qo'shishini istaydi.



- Murod Ismoilovchi?
- Ular bir-birini juda yaxshi tushunishadi. Har doim jamoaning g'alabasi uchun yonib kuyishadi. Umuman olganda Fyodorovni ham, Ismoilovni ham kuchli mutaxassislar deb bilaman.

- Franciyada o'tayotgan Evropa chempionatini kuzatib borayapsizmi?
- Ha albatta. Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilayotgandim. Biroq jamoa guruhda qolib ketdi.

- Sizningcha kim chempion bo'ladi?
- Menimcha amaldagi Jahon chempioni Germaniya Evropa chempioni bo'lsa kerak.

- Qaysi jamoa kashfiyot bo'ldi?
- SHubhasiz Islandiya. Ular futbolda hamma narsa bo'lishini isbotlab qo'yishdi.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Ular bizni yaxshilab qo'llab quvvatlab turishsin. Xudo xohlasa chiroyli o'yinlar ko'rsatib doim g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика