So’nggi yangiliklar

00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  1 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  0 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  4 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  21 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1

Otabek Haydarov: "Golim muxlislarimizga bayram sovg'asi bo'lsin" Yangiliklar

Otabek Haydarov: "Golim muxlislarimizga bayram sovg'asi bo'lsin"

“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'yinidan so'ng qo'qonliklarning yagona goli muallifi , hujumchi Otabek Haydarovning o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

- Bugun juda qiyin uchrashuv bo'lishin oldindan kutgan edik. CHunki “Qizilqum” jamoasi bu yil har yilgidan ancha kuchli o'yin namoyish qilmoqda.  Biz uchun esa bundan buyog'iga har bir ochko muhim hisoblanadi. SHuning uchun murabbiylarimiz bizni oldimizga g'alaba qozonishni maqsad qilib bergan edilar . Agar bugun yaratilgan vaziyatlardan foydalanganimizda Navoiydan uch ochko bilan qaytgan bo'lar edik.

O'zimni o'yinimga esa muxlis va mutaxasislar baho bergani maqul. Ancha muddat maydonga tushmay , katta futbolni sog'ingan edim. SHu o'rinda  bosh murabbiyimiz No'mon Xasanovga ishonch bildirganlari uchun rahmat aytmoqchiman.

Bugungi natijada barcha jamoadoshlarimning hissalari birdek bo'ldi. Biz bugun mezbonlardan ko'ra ko'proq ishtiyoq bilan maydonga chiqdik. “Qizilqum” darvozasiga urgan golim muxlislarimizga hayit bayramiga sovg'a bo'lsin - deydi Otabek Haydarov.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика