So’nggi yangiliklar

19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  0 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  26 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   1 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  4 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   9 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  25 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  3 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  32 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5

Otabek Haydarov: “Bu yil 15ta gol uraman deb aytgandim” Yangiliklar

Otabek Haydarov: “Bu yil 15ta gol uraman deb aytgandim”

“Neftchi”ning iqtidorli hujumchisi Otabek Haydarov “Mashal”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol etdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Etiborlisi 24 yoshli futbolchi Qo'qonda kechgan “Navbahor”ga qarshi bahsda ham zaxiradan tushib gol urgandi. “Mashal” bilan o'yindan so'ng Haydarovni suhbatga chorladik.

- Otabek, avvalo qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida taassurotlaringiz qanday?
- Tabrik uchun rahmat. O'yin qiziqarli va shiddatga boy tarzda o'tdi. Raqib jamoa ham kuchli edi. Murabbiylarimiz “Mashal”ni bungacha bo'lgan o'yinlarini bizga video diskini qo'yib, kerakli ko'rsatmalarni bergandi. Mashg'ulotlarda ham astoydil ishladik. Natija ham shunga yarasha bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Nasib qilsa keyingi turlarda ham kerakli ochkolarni qo'lga kiritamiz.

- Zaxiradan tushayotganingizda gol urshingizga qanchalik ishongandingiz?
- Ichki xis-tuyg'u o'zimga bo'lgan ishonchni oshirgandi va gol urishimni sezgandim. Xudoga shukur bitta imkoniyatdan unumli foydalandim va niyatimga etdim. Albatta urgan golim bilan jamoamga uch ochko keltirganimdan mamnunman. Bu bilan to'xtab qolmasdan, kelgusi o'yinlarda ham gollarim sonini oshirib borishga intilaman.

- “Mashal”ning o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Muborakliklar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ayniqsa ular ikkinchi bo'limda 10 kishi bo'lib qolganida o'yinni yanada kuchaytirdi. Tan olish kerak, raqib jiddiy qarshilik ko'rsatdi. SHunday bo'lishini oldindan bilgandik.

- “Lokomotiv” bilan o'yinda jamoangiz foydasiga penalti ishladingiz. “Navbahor” va “Mashal”ga qarshi bahslarda esa zaxiradan maydonga tushib muhim gollarni kiritdingiz. Bu kabi o'yinchilarni odatda sexrli tayoqcha deyishadi...
- ... Bilmasam. Men o'z vazifamni bajaryapman. Munosib bahoni muxlislar va mutaxassislar bergani maqul.

- Garchi shunday bo'lsada, murabbiy hozircha sizni asosan zaxiradan maydonga tushirmoqda. Bunga qanday munosabatdasiz?
- Tarkibda mendan tashqari boshqa yana tajribali hujumchilar bor. Bosh murabbiy ko'proq boshlang'ich tarkibda maxorati yuqori bo'lganlarni tushurishni afzal bilmoqda. Men esa o'tgan yili birinchi ligada o'ynaganman. Elitada endi-endi o'ynay boshladim. Balki shuning uchun ham zaxiradan tushayotgan bo'lsam kerak. Har qanday xolatda ham murabbiyning qarorini hurmat qilaman.

- O'tgan yili “Qo'qon-1912” tarkibida o'ynab to'purarlik mahoratingizni namoyish etgandingiz. Sir bo'lmasa bu yil o'z oldingizga nechta gol urishni maqsad qilib qo'ygansiz?
- Yil boshida klubga kelganimda murabbiylar mendan nechta gol urishimni so'rashgandi. SHunda ularga bu yil 15ta gol uraman deb aytganman. Bu shashtimdan qaytmadim va mavsum davomida amalda shunday bo'lishi uchun astoydil xarakat qilaman.

- SHu kungacha bo'lgan qaysi o'yin jamoangiz uchun qiyin kechdi?
- Oliy ligada oson o'yinlarning o'zi yo'qligini tushunib etdim. Har bir bahsda o'ziga yarasha jang bo'ladi. SHaxsan men safarda “Lokomotiv”ga qarshi kechgan o'yinda qiynaldim. CHunki markaziy yarim himoya mening joyim emasdi. Lekin murabbiyning talabiga binoan o'ynashga majbur bo'ldim.

- Bu yil jamoangizni o'zgartirdingiz. Yangi muhitga moslashib ketish siz uchun aftidan qiyin bo'lmayotgandek. SHundaymi?
- Ha, “Neftchi” men uchun begona emas. Jamoadagilar bilan avvaldan tanish edim. Ayniqsa Baxtiyor Yoqubov, Mansur Saidov va SHukurali Po'latov bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ular ham moslashib ketishim uchun o'z yordamlarini ayamadi.

- “Neftchi” bugungi kunda turnir jadvalining 3-pog'onasidan o'rin egallab turibdi. Lekin mavsum so'nggiga qadar uni saqlab qolish oson bo'lmaydi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha. Mavsum avvalida futbolchilar va murabbiylar bu yil yuqori o'rinlarni egallashni va shu tariqa “Neftchi”ning avvalgi qaddini tiklashni maqsad qilganmiz. Buni ayni damdagi tarkib bilan uddalasa bo'ladi. Nasib qilsa kelasi yil OCHLda o'ynash huquqini beruvchi yo'llanmani qo'lga kiritamiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика