So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Otabek G'ulomxo'jaev: "SHotlandiya kabi raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarining ko'proq bo'lishi foydali" Yangiliklar

Otabek G'ulomxo'jaev: "SHotlandiya kabi raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarining ko'proq bo'lishi foydali"

SHotlandiya yoshlariga qarshi bellashuvning dastlabki 20 daqiqasi qiyin kechdi. Bo'ydor evropalik futbolchilar bunda uchta yaxshi hujum tashkil qilishga erishdi. O'zbekiston termasi esa asosan himoyada o'ynadi.

Vaqt o'tgani sayin o'zbekistonlik futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch ortib bordi. Endi ular to'p bilan ko'proq muomalada bo'la boshladi. SHunga qaramay, hisob evropaliklar tomonidan ochildi. 32-daqiqada Natan Patterson jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi. Himoyachilarga tekkan to'p esa Etan Jeymsga kelib tushdi va futbolchi imkoniyatni yo'qqa chiqarmadi.

O'tkazib yuborilgan goldan keyin ustunlik O'zbekiston termasi tomoniga o'tdi. 38-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan yo'llangan kuchli zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi. 45-daqiqada esa shotlandlar darvozaboni ajoyib seyv namoyish qildi. Raqiblar bo'ydor bo'lishiga qaramay, Jasur Jaloliddinovning jarimadan etkazib bergan to'pini Diyor Ramazonov boshi bilan darvozaga yo'llashga erishgandi.  



Ikkinchi bo'limda Otabek G'ulomxo'jaev jamoasining o'ziga bo'lgan ishonchi yanada ortdi. 55-daqiqaga kelib murabbiy ketma-ket uch o'zgarishni amalga oshirdi. Maydonga tushgan futbolchilar ustunlikni yanada kuchaytirdi.

58-daqiqaga kelib Mironshoh Sattorov SHotlandiyaning uch futbolchisidan katta tezlikda o'tib ketdi. To'rtinchi himoyachi esa uni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdan o'zga chora topa olmadi. Yo'qsa Sattorovning qarshisida darvozabondan boshqa hech kim qolmayotgandi. Penaltini jamoadoshlaridan bir yosh kichikroq bo'lgan Jasur Jaloliddinov aniq amalga oshirdi va hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv yakuniga qadar O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari to'pni ushlab turish borasida o'z ustunliklarini namoyish eta olishdi. Bo'ydor Ross Endryu Sinkleyr darvozasi tomon bir qator zarbalar yo'llandi, biroq to'p darvozaga boshqa kirmadi. SHotlandiya terma jamoasi azolari ikkinchi 45 daqiqalikda 1 ta yaxshi qarshi hujum tashkil qila olishdi. Bunda darvozaga kirib ketayotgan to'pni Odil Abdumajidov qaytarib yuborishga erishdi.



SHOTLANDIYA U-18 — O'ZBEKISTON U-17 1:1

Gollar: 
Etan Jeyms, 32 (1:0). Jasur Jaloliddinov, 59-pen (1:1).  

O'zbekiston U-17: 1. Abduvohid Nematov — 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 4. Odil Abdumajidov, 14. Sunnat Hamidjonov, 23. Eldor Begimov (2. Saidazamat Mirsaidov, 55) — 11. Begzod SHamsiev (9. Mironshoh Sattorov, 33), 15. Diyor Ramazonov — 8. Ibrohim Ibrohimov (22. Muzaffar Olimjonov, 55) — 10. Jasur Jaloliddinov, 17. Hojimat Erkinov — 18. Ulug'bek Hoshimov (19. Ruslan Ro'ziev, 55).

SHotlandiya U-18: Ross Endryu Sinkleyr, Natan Patterson, Din Kempbell, Lyuk Robinson, Teylor Uilson, Mark Leonard, Etan Erxaxon, Entoni MakDonalds, Eidan Fitcpatrik, Jeymi Sempl, Etan Jeyms.

“Agar etibor qilgan bo'lsangiz, xalqaro maydonda bir necha bor ko'rinish bergan futbolchilar o'ziga bo'lgan ishonchi bilan ajralib turdi. Ilk bor safarda bo'lib turgan yigitlarda esa boshida hayajon sezildi. Nima demoqchiman, bunday raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarining ko'proq bo'lishi faqat va faqat foydalidir. O'sha SHotlandiya ham, boshqa termalar ham xuddi biz kabi futbol o'ynashini, bizdan ortiq joyi yo'qligini futbolchilar ongli ravishda tushunib olishlari kerak. SHuning uchun ham Ispaniya yig'inini tashkil qilib bergan O'FA rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi Otabek G'ulomxo'jaev o'yindan keyin.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining keyingi o'yini 13 oktyabr kuni Belgiya U18 ga qarshi bo'lib o'tadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика