So’nggi yangiliklar

08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  2 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  34 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  7 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  3 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2

Ota orzusini amalga oshirgan o'g'il taqdiri Yangiliklar

Ota orzusini amalga oshirgan o'g'il taqdiri

Ushbu transferga Mino Rayola ham sababchi bo'ldi.

Balotelli "Breshia" bilan shartnoma imzoladi. Aslini olganda, bir nechta klublar unga taklif bildirgandi: "Flamengo" va Rossiyaning talaygina klublari. Ammo braziliyaliklar Marioni o'zlariga qarata olmadilar, "Dinamo", "Krasnodar" va "Lokomotiv"ni Rayolaning shartlari qoniqtirmadi va ular o'yinchini sotib olishdan voz kechdilar (Balotelli yiliga 5 million evro so'radi, agenti ham yana xuddi shuncha talab qildi).

"La Gazzetta dello Sport" malumotlariga qaraganda, "Breshia" italiyalik uchun yagona — amalga oshadigan variant bo'lib qolgan. "GdS" esa Balotelli vataniga qaytishni istagani uchungina bu taklifga rozi bo'ldi deb xabar berdi.

Transferning o'ziga xos jihati yo'q: shunchaki o'yinchining butun oila azolari "Breshia"ga muxlislik qiladi

Balotelli Palermoda tavallud topgan (biroz vaqtdan so'ng oilasi Breshia shahriga ko'chib borgan). Mario bolaligida shifokorlar unga oshqozon yallig'lanishi kasalligi borligini aniqlashgan. Bolakay bir necha bor qimmat operaciyani boshdan o'tkazishi lozim edi, ammo biologik ota-onasining bunga qurbi etmasdi.

Ammo boshqa bir oilaning bunga qurbi etdi: Silviya va Franchesko Balotelli. O'sha payt ularning 3ta farzandi bor edi, lekin ular yana bir bolakayni o'z bag'rlariga bosishdan qochmadilar. Mario intervyularida Silviya va Franchesko haqida ko'p gapiradi: "Mening haqiqiy ota-onam Breshiada yashaydi. Bir kuni tutingan otam meni uyga — biologik ota-onam yoniga olib bordi. Ammo ular eshikni ochishni ham istashmadi. SHunday ekan, ular men uchun yo'q. Qachonlardir yonimga kelib, sog'indim deya aytishadi deb o'ylamayman ham".

Franchesko Balotelli butun umri davomida "Breshia"ga muxlislik qildi va o'g'lini shu klub safida ko'rishni istadi. Biroq bunga ikki narsa halal bergan. Birinchisi – Baloning faoliyati juda tez rivojlanib ketdi. Natijada top-klublar unga katta qiziqish bildira boshladi. Ikkinchisi – Balotelli "Liverpul"da o'ynayotgan kezlari, 2015 yilda Franchesko olamdan o'tgan.

Marioning so'zlariga qaraganda, Silviya, Baloning tutingan onasi o'g'li bolaligi o'tgan maskanga qaytayotganini eshitib rosa yig'lagan. "Otam? U "Breshia"ga muxlislik qilgan. Agar u hozir hayot bo'lganida, uning sevimli jamoasiga o'tganimni ko'rib boshi osmonga etgan bo'lardi", – deydi Balotelli Italiyaga qaytganidan so'ng.

Balotellini pul bilan rom qilganlariga qaramay, barchasiga jiddiy kirishgan ko'rinadi

Baloning aytishicha, u Angliyada to'p tepayotgan kezlari unga "Breshia"dan taklif bo'lgan ekan. O'shanda u klub prezidenti bilan uchrashgan, biroq hali top-klublarda o'ynashga ko'zi etgani uchun Italiya klubiga rad javobini bergan.

Oradan uch yil o'tdi. Balotellining transferiga Mino Rayola bosh-qosh bo'ldi. Mario esa yangi jamoada o'zini ko'rsatishga tayyorligini aytmoqda. "Hech qanday qiyinchilik yuzaga kelgani yo'q. Men hech narsadan qo'rqayotganim yo'q, hammasi joyida. Maqsadim — jamoa iloji boricha kuchli bo'lishi. Men klubdoshlarimni, ular esa meni qo'llab-quvvatlashlari shart. "Breshia" taklifini eshitganimda, boshqa narsalar haqida o'ylamay ham qo'ydim. Boshqa jamoalarga qaraganda, bu klubga ko'proq narsa bera olishimga ishonaman. Bu mening vatanim", – deydi o'yinchi.

Balotelli uchun eng oliy maqsad — Italiya termasi safida Evro-2020ga borish. Oldiga qo'ygan keyingi maqsadi esa — "Inter"da o'ynagan darajasiga oz bo'lsa-da yaqinlashish hamda A Seriyada muntazam ravishda gol urish. Balotelli "Breshia" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan (haqiqatdan ham, klub rasmiy saytida transfer tafsilotlari aniq ko'rsatilmagan). Biroq agar ish rejadagidek ketmasa, Balo o'zini sug'urta qildirib qo'ygan.

Aniqroq qilib aytsak: Janluka Di Marcioning xabar berishicha, agar "Breshia" 2019/20 yilgi mavsumdan keyin B Seriyaga tushib ketadigan bo'lsa, Balotelli shartnomani bekor qilishi mumkin. Boshqa tarafdan esa, hozirda uning maoshi yiliga 3,5 million evroni tashkil qilmoqda. Agar "Breshia" ketma-ket ikki mavsum elitada o'ynasa, futbolchining oyligi 4,5 mlngacha ko'tariladi. Di Marcioning yozishicha, "Breshia"da A Seriyadagi o'rnini saqlab qolsa, undan keyingi yillarda Marioning maoshi 3 million evroga oshib boradi.

Balotellining taqdimotidan so'ng, "Breshia" bosh murabbiyi Eudjenio Korini shunday dedi: "A Seriyaning boshqa jamoalari bilan qiyoslaganda, "Breshia" katta jamoa emas. Nom va moliyaviy tomondan bir qancha jamoalar bizdan ustun, buni tan olish kerak. SHuning uchun, biz kuchli, lekin arzon yoki erkin agentlarni safimizga qo'shib olishga harakat qilamiz. Balotelli – ajoyib o'yinchi. Bizga ana shunday dunyo taniydigan futbolchilar kerak. Markizio? Hozircha bir narsa deya olmayman, voqealar rivojini kuzatib boring".

Qiziqarli holat: Balotelli "Breshia" safida 5-tur, "Yuventus"ga qarshi bahsda debyut qiladi. O'tgan mavsum Liga 1 ning so'nggi — "Monpele"ga qarshi bahsda Balo o'yindan chetlashtirilgan hamda 4ta uchrashuvda maydonga tushishi taqiqlangan. SHu sababli, Balotelli bu jazoni A Seriyada o'taydigan bo'ldi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика