Oston O'runov uchun "Ximki"dan boshqa yana bir RPL klubi davogarlik qilmoqda
01 iyu 2022 14:27
Yangiliklar
Oston O'runov uchun "Ximki"dan boshqa yana bir RPL klubi davogarlik qilmoqda
"SE"ga malum bo'lishicha, "Spartak"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O'runovning faoliyatini davom ettirishi uchun yana bir variant Moskvaning "Torpedo" klubidir.
Oldinroq, "CHempionat" "qizil-oqlar"ning "Ximki" bilan o'yinchining ijarasi yoki u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolash borasidagi muzokaralari haqida xabar qilgan edi. "Torpedo" ham O'runovning ijara variantini ko'rib chiqmoqda.
To'g'ridan-to'g'ri transferga o'zbekistonlikning yuqori maoshi eng katta qiyinchilik tug'diradi. OAV malumotiga ko'ra, u yiliga 600 ming evro oladi. RPLning hech bir klubi o'yinchini to'liq bunday maosh bilan taminlashni bo'yniga ololmaydi.
Fikrlar