So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  2 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  12 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

Oston O'runov "Spartak"ni tark etishi to'g'risida yangiliklar tarqaldi. Bu xabarlar feykmi? Yangiliklar

Oston O'runov "Spartak"ni tark etishi to'g'risida yangiliklar tarqaldi. Bu xabarlar feykmi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik yarim himoyachi tez orada "Spartak"ni tark etishi to'g'risidagi xabarlar tarqaldi.

Go'yoki, Moskva klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko jamoaning yangi sport direktori Dmitriy Popovdan O'runovni ijaraga berib yuborishni so'ragan. Ostonga faqat RPL musobaqa jadvalining 2-qismidagi jamoalar va 2-divizion vakillari tomonidan qiziqish borligi aytilgan. Ijara varianti amalga oshmasa, "Spartak-2"da o'yin amaliyotiga ega bo'lib borishi mumkinligi haqida gapirilgan.

Rossiyalik taniqli insayder Ivan Karpov esa bu xabarlar feykligini asoslab berdi. U shunday yozadi:

"Oldin ham aytganman, yana bir bor takidlamoqchiman, O'runovga CSKA ko'proq pul taklif qilgan. "Rubin" ham o'zbekistonlik futbolchi uchun davogarlik qilgan (buni qozonliklar sport direktori Yarovinskiy tan olgan edi). Umuman olganda, ushbu futbolchiga talab har doim bo'lgan, hozir ham bor.

SHundan keyin ham 19 yoshli yarim himoyachi faoliyatini RPLning 2-to'lqin jamoalari yoki 2-divizion klublarida davom ettirishi haqida yozish kulgili. O'runovning "Spartak"dagi muvaffaqiyatsiz startiga qarmay, Rossiya futbol bozorida hamon talabgir hisoblanadi".

"Championat.asia" manbasining takidlashicha, Ostonning Moskvani tark etishi haqidagi barcha xabarlar asossiz, uning klubdagi kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика