Oston O'runov - Evropa ligasi maqsadi, Samvel Babayan, "Lokomotiv"da paydo bo'lgan odati va boshqalar haqida
06 iyu 2020 00:22
Yangiliklar
Oston O'runov - Evropa ligasi maqsadi, Samvel Babayan, "Lokomotiv"da paydo bo'lgan odati va boshqalar haqida
- Barchasi yaxshi. SHart-sharoitlar, hamma narsa meni qanoatlantiryapti. Jamoadoshlarim meni yaxshi qabul qilishdi. Bosh murabbiy ham juda yaxshi. Uning o'zi sobiq futbolchi bo'lgani uchun barchasini tushuntira oladi. Bu erda men eng yaxshi futbolchiga aylanmoqchiman.
- 20 kun davomida yig'inlar bo'ldi. SHunday katta tanaffusdan keyin Siz jismoniy yuklamalarni qabul qilishda qiynalmadingizmi?
- Ha, qiyin bo'ldi, biroq chidadik. CHunki hozir qiyin bo'lsa, keyinchalik rasmiy o'yinlarda ko'p narsalarda engillik sezamiz.
- Nima sababdan karantin davrida O'zbekistonga ketmasdan, bu erda qoldingiz?
- Uchib ketishga kechikdim. Keyinchalik yo'llar ham yopildi. SHundan keyin shu erda qolishga qaror qildim.
- Uyda o'tirish qiyin bo'lmadimi? Umuman olganda, nimalar bilan band bo'ldingiz?
- Juda ham zerikarli bo'ldi. O'zim mashg'ulot qilaman, qo'shiq eshitaman, "PlayStation" o'ynayman.
- O'zbekistonni sog'inyapsizmi? Telefon orqali kimlar bilan ko'proq gaplashib turibsiz?
- Ota-onam bilan har kuni gaplashaman. O'zbekistonda ham asosan ulardan uzoqda yashardim va bunga ko'nikib qolganman. Etti yil bo'ldi bunga.
- CHempionatning qolgan qismida bizni nimalar bilan xursand qilmoqchisiz?
- O'yinning ko'plab jihatlariga ko'ra, o'zimni ko'rsatish niyatim bor. To'g'risini aytsam, "Ufa" tarkibida Evropa ligasida o'ynamoqchiman. Xudo xohlasa, niyatimga erishaman.
- Endi kichik savollarga o'tamiz. Tezkor savol-javob!
- Boshladik!
- Yig'inlardagi xonadoshingiz.
- Yuriy Emelyanov.
- U bilan birga yashash qiyin emasmi?
- Yo'q, u yaxshi yigit va jamoadosh.
- Jamoadagi qaysi futbolchi bilan ko'proq muloqotda bo'lasiz?
- Barcha futbolchilar bilan deyarli bir xil. Ammo jamoaning legionerlari menga ko'p narsalarni o'rgatishmoqda.

- Koronavirusdan qo'rqasizmi?
- Yo'q. Bu umuman qo'rqinchli emas.
- Rossiya sovuqmi?
- Ha, sovuq.
- Hozir-chi?
- CHidasa bo'ladi.
- O'zbekistonda havo qanday?
- U erda 40 daraja issiq.
- SHu 40 darajani normal holatda qabul qilasizmi?
- Yo'q, bu juda ham issiq.
- CSKAga qarshi o'yin vaqtida juda ham sovuq bo'lgandi.
- O'yinda muzlab qolganman desam ham bo'ladi.
- Isinish uchun nima qildingiz?
- Sovuqligidan hech nima qila olmadim.
- Eng sevimli o'zbek taomi.
- Palov.
- Ufada ushbu taomni eb ko'rdingizmi?
- Ha, lekin unchalik yoqmadi. Biroq bir do'stim bor, u osh qilishni qoyillatadi.
- Sirlaringiz bormi?
- Qanday?
- Masalan, osh qilishda.
- To'g'risi, osh qilishni bilmayman.
- O'zbek tilidagi eng chiroyli so'z qaysi?
- Bunday so'zlar ko'p. Ammo biz "ajoyib" so'zini ko'p ishlatamiz.
- Maydonda jamoadoshlaringiz sizga qarata "ajoyib" so'zini ishlatishadimi?
- Albatta. Agarda biz bir raqibni aldasak yoki chiroyli xatti-harakatlarni amalga oshirsak, shu paytda beixtiyor "ajoyib" so'zi tilimizdan chiqib ketadi. Bu odat "Lokomotiv"ga o'tganimda paydo bo'ldi desam adashmagan bo'laman.

- O'zingizning eng yaxshi futbol sifatingiz haqida nima deya olasiz?
- Atrofimdagilar menga driblingim yaxshi ekanligini aytishadi.
- "Krasnodar"ga qarshi o'yinda Zidan uslubidagi fintingizni ko'rdik. Buyog'iga bundan ortig'ini kutsak bo'ladimi?
- Hozirda fintlar borasida ham ishlayapman. Buning samarasini o'yinda ko'rsataman.
- Rus tilida unchalik yomon gapirmayapsiz. Rus tilini shu erga kelib o'rgandingizmi yoki O'zbekistonda gaplashib yurarmidingiz?
- Ha, maktabda rus tilini o'qiganman. SHuningdek, murabbiyim ham rus bo'lgan. Kanchelskis, Samvel Babayan bilan ham birga ishladim.
- Samvel Babayan qanday murabbiy?
- Yaxshi murabbiy, psixolog. Futboldagi hamma narsani yaxshi tushunadi. Barchaga birdek yordam beradi. "Lokomotiv"da ham menga katta dalda berib turgandi. Odamning ko'ziga qarab, bittada nimalar kerakligini bilib oladi.

- Hozir u qaerda ishlayapti?
- Xitoyda "CHanchun Yatay" boshqaruvini o'z qo'liga olgan.
- Ajoyib, bu uning murabbiyligidagi o'sish bo'lsa kerak.
- Ha, uning oldiga katta maqsadlar qo'yilgan. U jamoani yuqori ligaga olib chiqishi kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar