So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

O'smirligidayoq ota-onasiga uy olib bergan, hozirgacha 2 mln. dollar ishlab topgan o'zbekistonlik kibersportchi haqida Yangiliklar

O'smirligidayoq ota-onasiga uy olib bergan, hozirgacha 2 mln. dollar ishlab topgan o'zbekistonlik kibersportchi haqida

Bu maqolada "Arteezy" nomini yaxshilab eslab qolasiz.

Artur (Dota 2 o'yinidagi niki "Arteezy") Babaev uzoq vaqt dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb hisoblangan va hozirgacha faoliyati davomida deyarli 2 mln. dollar ishlab topgan (bu ko'rsatkich bo'yicha kibersport tarixidagi 26 o'rinda), ammo hech qachon The International (norasmiy jahon chempionati)da g'olib bo'lmagan. U shartnoma imzolagan jamoa Evil Genesius ikki yildirki yirik turnirlarda g'alaba qozonmayapti, biroq 5 marta 3-o'rinni egallashdi. Babaev Dota 2 muxlislarining sevimli kibersportchisi hisoblanadi.

Artur Babaev 1996 yil 1 iyul kuni Toshkentda dunyoga kelgan, ammo 2 yil o'tib Babaevlar oilasi Kanadaga ko'chib ketadi. Arteezy O'zbekistonda o'tkazgan vaqtini eslay olmaydi, biroq otasi oiladagilar baxtli bo'lishi uchun ko'p mehnat qilganini yaxshi biladi.

(Suratda o'ngdan birinchi)

Igor amaki (otasi) Arturni shaxmat o'ynashga o'rgatdi, ammo bo'lajak kibersportchi qoidalarga rioya qilishdan charchab, o'z qoidalarini o'ylab topardi. Oilada u bilan rus tilida gaplashishgan, Artur esa inglizchada javob berardi va natijada u rus tilini esidan chiqardi, ammo hamma narsani tushunadi.

(Igor va Elena Babaevalar, 2016 yil)

Yigitcha kuniga 10 soatlab kompyuter qarshisida o'tirardi, biroq uning ota-onasi Arturni bu uchun qattiq koyishmagan, chunki u maktabda juda yaxshi o'qirdi. Igor va Elena Babaevalar o'g'lini doktor qilishmoqchi edi. Arteezy 15 yoshida bor etiborini Dota o'yiniga qaratdi, bu o'yinning forumlarida vaqt o'tkazdi va eng kuchlilarni kurashga chorladi. Keyin o'yinlarni ko'rib, ularni tahlil qildi. Maktabdagi oxirgi yillarida o'yinga ko'proq vaqt ajratish uchun Artur xatto sevgan qizi bilan gaplashmay qo'ydi.

"Tonggi soat beshda turib, mashg'ulot o'tkazishimga to'g'ri kelardi. Otam erta turib, ishga ketardi va doimo nega vaqtli uyg'onganim hamda nima bilan shug'ullanayotganimni so'rardi".

U 17 yoshda hozirgi kunda grandlardan biri bo'lgan Evil Genesius bilan shartnoma imzolaydi. 2014 yilda u dunyoning eng yaxshi o'yinchisini birga-bir jangda mag'lub etadi va jamoasi bilan The International turnirida 3-o'rinni egallaydi. Uni o'zbek Dota ustalari va havaskorlari juda yaxshi tanishadi.

"Ota-onam The International musobaqasiga kelishganida, ular hayratdan yoqa ushlashgan. Ular minglab muxlislar o'tirgan arenanini ko'rishdi. Onamga musobaqa o'tadigan sahnani ko'rsatishga qaror qildim, eshik oldida esa odamlar oldimga kelib, suratga tushishdi. O'sha paytda ota-onam o'yin meni baxtli qilganini tushunishgan deb o'ylayman. Barcha otalar va onalar farzandining baxtini istashadi".

"Hozir otam ham Dota 2 muxlisiga aylangan. U bo'sh vaqtida ko'p o'yinlarni tomosha qiladi. Ertalab oltida turib, oshxonaga qahva tayyorlagani chiqsam, otam MDH jamoalarining o'yinini ko'rayotgan bo'ladi. U mendan biror jamoa nega bu ishni qilganini so'raydi. Bazida xatolarimni aytib hazillashadi, bazida esa nega bu strategiyani tanlaganimiz haqida qiziqadi".

Arteezy o'smirligidayoq ota-onasi uchun uy olib bergan. 22 yoshli yigit ayni damda xitoylik qiz bilan uchrashadi. U ham Dota 2ga aloqador (turnirlarda boshlovchi va sharhlovchilik qiladi).


Ismi: Artur Babaev

Nik: Arteezy

Jamoasi: Evil Geniuses

Faoliyati davomida ishlab topgan daromadi: $1,928,613


Ha, aytgancha, ayni damda u jamoasi bilan Moskvada o'tayotgan Epicenter nomli yirik turnirda ishtirok etmoqda. Avgust oyida esa u Xitoyda bo'ladigan norasmiy jahon chempionatida zafar quchishga urinib ko'radi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика