Oskar: Kosta - fantastik hujumchi
13 jan 2015 21:53
Yangiliklar


Oskar: Kosta - fantastik hujumchi
CHelsining braziliyalik futbolchisi Oskar jamoadoshi Diego Kosta haqida gapirib o'tdi.
"U joriy mavsumda o'zining eng yaxshilardan biri ekanligini isbotlamoqda. Diego barchadan ko'p gol urgan va fantastik hujumchi ekanligini namoyish qilmoqda. U Angliya futboliga tez ko'nikib keta oldi.
O'yinimizni yanada kuchaytirishimiz zarur. CHunki, "Siti" bizni taqib qilib kelmoqda. Yaqin orada oradagi farqni ko'paytirishga imkoniyatimiz bo'ladi", - deydi Oskar.

Fikrlar