So’nggi yangiliklar

08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, saltochi Server Jeparov 38 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, saltochi Server Jeparov 38 yoshga to'ldi

Bugun 3 oktyabr, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni chempioni Server Jeparovning tug'ilgan kuni.

Bugun Server o'zining 38 yoshini nishonlayapti. Jeparov 1982 yilning 3 oktyabr kuni Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida dunyoga kelgan. 5 yoshidan gimnastika bilan shug'ullanishni boshlagan. Otasi gimnastika bo'yicha sport ustasi nomzodi bo'lgan. SHu bois, Serverning sportchi bo'lishini onasidan ko'ra otasi ko'proq xohlagan. Onasi esa farzandining musiqachi bo'lishni istagan. Bugungi qahramonimiz 9 yoshidan futbolga qatnay boshlagan. 

- CHirchiqdagi stadionda shug'ullanardim. Hozir uning o'rnida "Akva park" qad rostlagan. Asosan o'zimdan kattalar bilan o'ynaganman. O'zingdan kattalar bilan o'ynashning foydali tomonlari ko'p. Sababi ulardan ko'proq narsa o'rgansa bo'ladi. Lekin yoshligim qiyinchilik bilan o'tgan. Bazan uyda muzlatkichni ochganda faqat sariyog' bo'lardi. Kolbasani esa juda ham kam ko'rardik. Oilamiz shunday qiyinchilik davrini boshidan kechirgan. Birinchi maoshimni "Navbahor"dan olganman. Uni darhol otamga olib kelib berganim yodimda. Aleksey Rahmonov futboldagi birinchi murabbiyim hisoblanadi. Keyinchalik sobiq Titov, yani Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining futbol bo'limiga qabul qilinganman. Kunlarning birida biz Kosonsoyda mahalliy jamoaga qarshi ikkita o'yin o'tkazganmiz. Uchrashuvdan so'ng "Navbahor"ning o'sha paytdagi murabbiylari Viktor Jalilov va Amet Memet meni jamoaga taklif qilishgan. Men bilan birga Vadim Nichunaev, Otabek Rahmonqulov va Pasha Musalimov "lochinlar" safiga qabul qilinganmiz, - deydi Jeparov. 

"Navbahor"dagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng Server "Paxtakor" klubidan taklif oladi. 2002 yilda u "sherlar" bilan shartnoma imzolaydi va olti mavsum ichida qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqadi. SHundan so'ng "Bunyodkor"ga ko'chib o'tadi va "qaldirg'ochlar" safida ikki bor Osiyoning eng yaxshi futbolchisi (2008 va 2011) deb tan olinadi. "Bunyodkor"da Luis Felipe Skolari qo'l ostida, Rivaldo bilan esa elkama-elka to'p tepdi. 

Server Jeparov faoliyati davomida "Seul" tarkibida Janubiy Koreya, "Al SHabab" safida Saudiya Arabistoni chempioni, "Seongnam" bilan esa Koreya associaciyasi kubogi sohibiga aylandi. 2008 va 2010 yillarda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. To'qqiz marotaba O'zbekiston chempioni bo'lgan. "Paxtakor" safida 6, "Bunyodkor"da 2, "Lokomotiv"da esa bir marotaba chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan.     

- Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish men uchun katta sharaf edi. Birinchi marta o'sha tadbirga bormasligim ham mumkin edi. Ammo, do'stlarim agar bormasang, sovrin aniq senga berilmaydi deyishgandi. Oilaviy dam olishlardan voz kechib, bu tadbirga borgandim. Qitaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini topshirishganida, ajoyib hissiyotlar boshimdan o'tgan. Sovrinni topshirishlaridan oldin bu haqda menga umuman hech nima deyishmagan. Ikkinchi marta ancha tajribali bo'lib qolgandim (kuladi). Ikkinchisida bittagina raqobatchim bor edi. Birinchi sovrin baribir qadrliroq. Sovrinlarni uyda saqlayman. Uyimda kichik xonani sovrin va medallarim uchun ajratib qo'yganman, - deydi Server.


Jeparov bugungi kunda turmush o'rtog'i bilan birga Raul, Veronika va Miyalarni voyaga etkazishyapti. To'ng'ich farzandi Raul "Bunyodkor" akademiyasining 2007 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoasida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganyapti.

- O'g'lim kichik yoshligidan televizorda futbol ko'radi, Playstation da ham futbol o'ynaydi, ko'chada futbol o'ynaydi. Onasi bazida futbolga qo'yib yubormasa, xatto yig'lardi. 5 yoshidan buyon ingliz tili maktabida o'qidi. Nima uchun Raul deb ism qo'yganman? Sababi futbolga bog'liq bo'lgan ismni qo'yishni istagandim. Lekin Raul "Real" emas, "Barselona"ning muxlisi (kuladi), - deya so'zini davom ettirdi bugungi qahramonimiz.



Temur Kapadze, eng yaqin do'sti

"Server bilan 2002 yilda "Paxtakor" jamoasiga kelgan paytimizda tanishganmiz. Yillar o'tishi bilan eng yaqin do'stimga aylandi. O'ylashimcha, uning ham eng yaqin do'sti menman (kuladi). Do'stimga uzok umr, sog'lik-salomatlik tilayman. Ishlarida hamisha omad yor bo'lsin. O'zbek futbolida o'zining yorqin o'yinlari bilan har doim hammamizni xursand qilgan. Qolaversa, milliy terma jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan. Osiyoda ikki marta eng yaxshi futbolchi bo'lgan. Bir futbolchi orzusidagi sovrinlarni qo'lga kiritgan. Server erishgan yutuqlari bilan allaqashchon o'zbek futboli tarixidan joy olib ulgurdi. Endilikda murabiylik sohasida o'zini sinab ko'rmoqda. Unga bu oson bo'lmagan yo'lda muvaffaqiyat tilayman. Katta g'alabalar hamda ko'p sovrinlar yutishini istayman. O'zbek futboliga xizmat qilishdan hech qachon charchamasin!".

Server Jeparov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (2006 yilda tug'ilganlar) bosh murabbiyi hisoblanadi.  Server haqida uzoq gapirish mumkin. Ko'p gapirishga, maqtashga ham arzigulik futbolchi. 

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston milliy terma jamoasida eng ko'p (126 ta) o'yin o'tkazib, bu borada mutloq rekordchi bo'lib turgan Server Jeparovni bugungi tavallud ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Futbolchi sifatida jahon chempionatining final bosqichida ishtirok eta olmadi. Niyat qilaylik, yillar o'tib u terma jamoani bosh murabbiy sifatida mundialga olib borsin!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика