Osiyoda qaerda muxlislar ko'proq?
28 avg 2014 16:00
Yangiliklar

Osiyoda qaerda muxlislar ko'proq?
Osiyodagi chempionatlarning hozir davom etayotgan yoki oldingi yildagi holatga ko'ra, oliy ligamiz muxlislar tashrifi borasida qanday o'rinda ekanligini ko'rib o'tamiz.
SHuningdek, jahonda eng ko'p ishqiboz kelayotgan 25 liga haqida malumotga ega bo'lasiz.
Osiyodagi malumotlarni oxirgi malumotlar asosida tayyorladik. CHempionati davom etayotgan ligalarning joriy holati, boshqalarni esa avvalgi mavsumdagi natijasi olingan. Har holda, bu to'g'ri xulosa chiqarishga xalal bermaydi. O'zbekiston chempionati 6048 nafar muxlis tashrifi bilan hozirda Osiyoda 10-o'rinni qayd etgan.
Birinchi o'rinda Xitoy superligasi borayotgani ajablanarli emas. Ushbu mavsumda Xitoy chempionati bahslarini o'rtacha 19427 nafar muxlis kuzatib bormoqda. Yaqin orada xitoyliklarda bu borada jahonda kuchli beshlikka ko'tarilib olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Yaponiyada esa 17300 nafar muxlis uchrashuvlarga tashrif buyurmoqda. Bu ham juda yaxshi natija. Eng ajoyib holat Avstraliyada ro'y beryapti. Yildan-yilga bu mamlakatda mahalliy ligaga qiziqish ortib bormoqda.
Mavsum yakunidagi natija Avstraliyada ancha yaxshi bo'ladi. CHunki so'nggi final bellashuvlarini 40-70 ming tomoshabin stadionlardan kuzatadi. Hozircha o'rtacha 13041 nafardan muxlis o'yinlarga kelmoqda. 4-o'rinda esa Malayziya! Bu erda chempionat bahslarini o'rtacha 10219 tomoshabin kuzatib boryapti. Biz ushbu davlat futbolini mensimasmiz, lekin muxlislar tashrifi va asta-sekinlik bilan mashhur futbolchilarni taklif etishda Malayziya klublari bizning jamoalardan o'zib ketmoqda. Keyingi ko'rsatkich Vetnamga tegishli. Hayron bo'lmang. Vetnamda ham futbolni yaxshi o'ynashmas, klublari tuzukroq natija qayd etmas, lekin milliy ligaga qiziqish bizdagidan 1,5 baravar kuchliroq. 9944 muxlis bir o'yin yomon ko'rsatkich emas.
Keyingi pog'onalarda Eron, Indoneziya, Koreya va Tailandga tegishli. Koreyada bu yil tomoshabinlar tashrifi unchalik emas. O'zbekiston esa 6048 nafar muxlis bilan 10-pog'onaga joylashgan. Bizdan keyingi o'rinda Hindiston bor. BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar singari mamlakatlar bizdan keyin o'rin olishgan.
Osiyoda ham barcha davlatlarda futbol, milliy chempionat saviyasi o'sib bormoqda. Bizda klublar futbl muxlislar uchun o'ynalishini tushunib etmas ekan, ishqibozlarning stadionga ko'proq kelishini kutish mo'jizadek gap. Stadionda sharoitlar yaratish va boshqa qulayliklar esa keyingi masala.
1.Xitoy 19427
2. Yaponiya 17300
3. Avstraliya 13041
4. Malayziya 10219
5. Vetnam 9944
6. Eron 9468
7. Indoneziya 9368
8. Koreya 8104
9. Tailand 6095
10. O'zbekiston 6048
11. Hindiston 5618
12. Saudiya Arabistoni 3958
Jahondagi vaziyatga nazar tashlasak, Germaniya bundesligasi boshqalardan katta farq bilan ilgarilab ketgan. Har bir o'yinni o'rtacha 43 mingdan ortiq ishqibozning kuzatib borishi shunchaki ajoyib. Bizda bazida butun turga shuncha muxlis kelmaydi. Ikkinchi pog'onadagi Angliya o'z navbatida Ispaniya va Italiyadan ancha oldinda. Meksika chempionati kuchli beshlikka yorib kirishga erishdi. Franciya chempionati 6-pog'onada turibdi. Keyingi o'rinlardagi Argentina va Gollandiya chempionatlarida Franciyaga etib olish imkoniyati mavjud. Kuchli o'nlikni AQSH va Xitoy birinchiliklari to'ldirgan. Xitoy qisqa fursat ichida ushbu o'nlikka qadam qo'ydi. SHu mavsumning o'zida superligada 6-pog'onagacha ko'tarilish potenciali mavjud.
Germaniya ikkinchi bundesligasi (bizdagi 1-liga kabi) 17491 nafar ishqibozlarni har bir uchrashuvga jalb etmoqda. Angliya chempionshipida o'rtacha bir bahsda 16438 tomoshabin bo'ladi. Yaponiya chempionati ushbu ligalar orasida joylashgan. Avstraliya chempionati esa yaqin orada Braziliya chempionatidan o'zib ketishi mumkin. “Yashil qita” vakillari deyarli 15 minglik ko'rsatkichni quvib etishdi.
Kuchli yigirma beshtalikda qitamizdan Eronni ham ko'rish mumkin. Evropaning o'rtamiyona chempionatlaridan Rossiya, Ukraina, SHveycariya, SHotlandiya, Polsha va Daniya ro'yxatdan o'rin egallagan. Ushbu ro'yxatning dastlabki 20 pog'onasiga etiroz yo'q, lekin keyingi o'rinlarda Vetnam va Indoneziyaga joy topilishi lozim edi. SHuningdek, kelasi yil Malayziya ham shu qatorga qo'shilib qolsa ajab emas.
1. Germaniya 43173
2. Angliya 36589
3. Ispaniya 26867
4. Italiya 23365
5. Meksika 22939
6. Franciya 20693
7. Argentina 20599
8. Gollandiya 19289
9. AQSH 18743
10. Xitoy 18571
11. Germaniya (1-liga) 17491
12. Yaponiya 17160
13. Angliya (1-liga) 16438
14. Turkiya 15014
15. Braziliya 14951
16. Avstraliya 14294
17. Belgiya 11836
18. Rossiya 11797
19. Ukraina 10930
20. SHveycariya 10772
21. SHotlandiya 10228
22. Portugaliya 10217
23. Eron 9007
24. Polsha 8277
25. Daniya 7671
Behzod NAZAROV.

Fikrlar