Osiyo xabari: Pablo Batalya “Beyjing”ga o'tdi
21 fev 2014 15:43
Yangiliklar

Osiyo xabari: Pablo Batalya “Beyjing”ga o'tdi
Argentinalik yarim himoyachi Pablo Batalya Xitoyning “Beyjing Guan” klubi bilan shartnoma tuzdi. 30 yoshli futbolchi xitoyliklar safiga Turkiyaning “Bursaspor” klubidan kelib qo'shildi va “Beyjing” bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi.
Pablo Batalya 2010-2011 yilgi mavsumda Evropa chempionlar ligasida maydonga tushib, “Bursaspor” tarkibida o'zini ko'rsatgandi. U Turkiya chempionatida 15ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Xitoyliklar shubhasiz, ajoyib xaridni amalga oshirishdi. Endi Batalyaning Osiyo chempionlar ligasida yangi jamoasiga yordam berishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, “Beyjing Guan” OCHLning “F” guruhida “Seul” (J.Koreya), “Sanfrechche Xirosima” (Yaponiya) va “Sentral Kost Mariners” (Avstraliya) bilan kurash olib boradi.

Fikrlar