So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Osiyo o'yinlarida futbol O'zbekiston uchun bugundan boshlanadi Yangiliklar

Osiyo o'yinlarida futbol O'zbekiston uchun bugundan boshlanadi

Aslida bugun Osiyo o'yinlarida sportning futbol turi bo'yicha chorak final bahslari bo'lib o'tadi.

Lekin musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi uchun haqiqiy futbol bugundan boshlanadi degan fikrdaman. To'g'risini aytish kerak, terma jamoamiz Indoneziyaga borib bungacha to'rtta o'yin o'tkazgan bo'lsa, boshqa ish bilan bo'lib birorta ham o'yinni to'liq ko'ra olmadim. Faqat gollarni hisobga olmaganda... 

Ikki hafta davomida "Odil Junior" bolalar futbol maktabi taklifiga binoan Italiyadan tashrif buyurgan murabbiylar bilan yurishga to'g'ri keldi. Ular bilan ishlab o'zim uchun ham ko'p yangiliklarni oldim va nasib qilsa tez orada bu haqda alohida maqola chiqarish niyatim bor. Qolaversa, vaqt o'tgan sari odam futbol ajratadigan bo'lib qolar ekan (balki sizlarda ham shundaydir). 

Masalan, men uchun O'zbekistonning Bangladesh, Qatar, Tailand va Gonkong bilan o'yinlari u qadar qiziq ko'rinmadi. CHunki qishda Osiyo chempioni bo'lgan jamoa sifatida bu raqiblar bizga cho't bo'lmasligi kerak. Raqiblar nomi ham u qadar jarangdor emas. Natijalar ko'rsatib turibdi: Ravshan Haydarov shogirdlari har to'rttala uchrashuvda g'alaba qozonishdi va shundan uchtasida yirik hisob qayd etildi. Umumiy to'plar nisbati - 13:0. 

Mana endi bugun haqiqiy futbol ko'ramiz. CHunki bungacha o'ynalgan to'rtta raqib qaerda-yu, bugungi raqib Janubiy Koreya qaerda. Futbolda har bir jamoa va futbolchilarning kuchi faqat kuchlilar bilan o'yindagina bilinadi. Biz kuchli raqib qarshisida qanday kuchga egamiz, nimalarga qodirmiz, buni bugungi bellashuv ko'rsatib beradi.

Qishda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag'lub etgandik. SHunday ekan, bugun ham yigitlardan g'alaba kutishga haqlimiz, garchi raqib tarkibida Son Xyong Min o'ynasa-da. Tan olish kerak, Son juda kuchli futbolchi, u bejizga "Tottenxem"da o'ynamayapti. Ammo biz ham jamoa sifatida koreyaliklardan qolishmasak kerak. Ravshan Haydarov Osiyo chempionatida taktik murabbiy ekanini ko'rsatib bergandi. Bugun ham bosh murabbiyimizning raqibga tayyorlab qo'ygan qandaydir sovg'asi bo'lsa ajab emas. 

SHu paytgacha bo'lib o'tgan to'rtta o'yindagi g'alaba uchun yigitlarga rahmat. Futbolchilarning mehnatini kamsitmagan holda shuni aytish mumkin, u o'yinlar chigalyozdi mashqlar edi. Haqiqiy futbol mana bugun bo'ladi. Bu jamoa 1994 yil Osiyo o'yinlaridagi qahramonlikni takrorlashga yaqin, buning uchun futbolchilarda salohiyat etarli. Bosh sovrin yo'lidagi ilk jiddiy raqib esa Janubiy Koreya bo'ladi. Nima ham derdik, terma jamoamizdagi barcha-barchaga bugungi muhim bellashuvda omad tilab qolamiz. G'alaba bardavom bo'lsin!

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика