So’nggi yangiliklar

14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  37 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  4 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  2 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  3 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  9 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  1 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  17

Osiyo o'yinlari g'olibi SHuhrat Maqsudov 50 yoshga to'ldi Yangiliklar

Osiyo o'yinlari g'olibi SHuhrat Maqsudov 50 yoshga to'ldi

1994 yil, 16 oktyabr. Xirosima. Osiyo o'yinlari final uchrashuvi. O'zbekiston terma jamoasi ilk rasmiy katta turnirdayoq bosh sovrin uchun kurashda Xitoyni 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuv bosh hakami yaponiyalik Masayoshi Okada final hushtagini chaldi. O'zbekiston Osiyo o'yinlari g'olibi, barcha bir-birini qo'choqlamoqda, hamma xursand. SHu payt terma jamoa azolarining ichidan bir yigit O'zbekiston bayrog'ini baland hilpiratgancha stadion bo'ylab yugura ketdi.

Bayrog'imiz shu qadar mag'rur hilpiradiki bunday lahzalarni oltinga tenglashtirish mumkin edi. Mana shu yigit bugun 50 yoshni qarshi olmoqda. Bu siz-u, bizga tanish bo'lgan, “Paxtakor” va “Neftchi” jamoalarining suyukli o'yinchisi SHuhrat Maqsudov. 

SHuhrat Maqsudov 1970 yil 14 sentyabr kuni Toshkent shahar Sag'bon ko'chasida Mirusmon aka  va Zulhumor opalar oilasida tavallud topgan. Mirusmon aka o'z vaqtida jismoniy tarbiya sohasida respublikamizning etakchi o'qituvchilaridan biri bo'lib “O'zbekiston xalq talimi alochisi” nishoniga sazovor bo'lganlar. Zulhumor opa uzoq yillar mobaynida  Toshkent chinni zavodida fidokorona mehnat qilganlar. Qahramonimiz avvaliga Toshkent shahridagi 139, keyinchalik Toshkent tumanidagi 6-maktabda talim olgan. O'zDJTI hamda Toshkent xalq xo'jaligi insitutlarini yakunlagan. SHuhrat 10 yoshga qadam qo'yganida Mirusmon aka CHig'atoydagi futbol maktabiga olib bordi. Buni qarangki baxtga qarshi futbol maktabi rahbari Akmal Azizxo'jaev Mirusmon aka bilan bir maktabda o'qishgan ekan.

Buni SHuhrat Maqsudov quyidagicha eslaydi: “Rahmatli otam Qoraqamish dahasidagi “CHig'atoy” futbol maktabiga olib borgandilar. U erda meni taniqli yoshlar murabbiyi Yuriy Gospadarchuk qabul qilib olgandi. Bilasiz, bu mutaxassis do'stim Mirjalol Qosimovning ham birinchi murabbiyi hisoblanadi. Yuriy Gospadarchuk qo'l ostida futboldagi ilk qadamlarimni qo'yganman desam mubolag'a bo'lmaydi. 1987 yil 10 sinfni tamomlaganimdan so'ng “Paxtakor” jamoasining o'rinbosarlar tarkibiga taklif qilishgan. O'sha payt jamoada Birodar Abduraimov va Fyodor Novikovlar faoliyat olib borardi. Bolaligim “CHorsu” maydonidan teparoqda Sag'bon ko'chasida o'tgan. Uyimizning tomidan shundoqqina “Paxtakor” stadioni projektorlari ko'rinib turardi. Stadion tomonga qarab, "Qachonlardir menga ham o'sha erda o'ynash nasib qilarmikan?" deb orzu qilardim. Rahmatli otam futbolning ashaddiy ishqibozi bo'lganlar. "Bolam, "Paxtakor"da o'ynasang, orzuim ushalardi", deb duo qilardilar. SHu gaplari hamon qulog'im ostida jaranglab turibdi. SHukrki, otam ikkimizning orzularimiz ushaldi. Inson bir narsaga erishgandan keyin maqsadi yana kattalashib boraverar ekan. O'zbekiston milliy termasi tarkibida maydonga tushishni xohlagandim, niyatimga etdim. Bosh jamoamiz libosida o'ynadim, bayrog'imizni xalqaro maydonda ko'tarish nasib etdi. Bundan juda ham xursandman”.

Yigitlik burchini o'tash maqsadida armiya xizmatiga otlangan SHuhrat Maqsudov u erda ham futbolni tashlab qo'ymadi. Ikki yil Angrendagi ASK jamoasi tarkibida maydonga tushdi va 1990 yilda “Paxtakor”ga qaytdi. Mustaqillikning dastlabki yillari, jamoadagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab aksariyat futbolchilar o'zlariga boshqa jamoa topib ketish ilinjida yurardi. Ammo, mana shunday muammolarga qaramasdan SHuhrat “Paxtakor”ni og'ir damda tashlab ketgisi kelmadi. Respublikamizda 1992 yildan boshlab  mustaqil Oliy liga bahslari o'tkazila boshlandi. Aynan shu davrda uning o'yinida o'sish kuzatildi. SHu yili u 12ta to'pga mualliflik qildi. Keyingi mavsumda SHuhrat o'ziga hos rekord o'rnatdi, 16ta uchrashuvda 15ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

1994 yil ko'plab futbolchilar qatori SHuhrat Maqsudov uchun ham omadli keldi deyishimiz mumkin. O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etib oltin medallarga sazovor bo'ldi. Uning ayniqsa final uchrashuvida so'ngi daqiqada Xitoy darvozasini ishg'ol qilishi termamizga g'alabani tortiq qildi desak yanglishmaymiz. SHu kuni xitoylik futbolchilar ham munosib kurash taqdim qilgan, 80-daqiqada tabloda 3:2 hisobi turar, nihoyatda hayajonli onlar edi. Agarda Xitoy gol ursa hisob tenglashardi, shunday qiyin pallada katta sahnaga SHuhrat chiqib o'yinga nuqta qo'yuvchi golni uradi. 

Terma jamoadagi faoliyati haqida qahramonimiz shunday so'zlaydi: “Terma jamoadagi birinchi golimni Bishkek shahrida Qirg'iziston termasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida urganman. Keyin "Paxtakor" stadionida Gollandiyaning "Vitess", AEK klublariga qarshi kechgan o'yinlarda ham evropaliklar darvozasini ishg'ol qilganman. Terma jamoadagi eng yorqin faoliyatim 1994 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda biz Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan 12-Osiyo o'yinlarida g'olib bo'lganmiz. Aynan shu g'alaba milliy termamiz tarixida yagonaligini saqlab kelmoqda. O'shanda Turkmaniston termasiga qarshi bahsda ikkita to'p kiritganman. Faoliyatimdagi eng esda qoladigan golim esa finalda kiritilgani. Xitoyliklar bilan o'yindagi so'nggi to'rtinchi gol aynan mening hisobimga yozilgandi. Juda ham chiroyli, hujumkor ruhda o'tgan o'yinda 4:2 hisobida g'alaba qozonganmiz. Bizga chempionlikni    taqdim etgan Osiyo o'yinlarining so'nggi o'yinida urgan golim faoliyatimdagi eng yoqimlisidir".

1997 yil Yuriy Vazgenovich Sarkisyanning taklifiga binoan Farg'onaning “Neftchi” jamoasi safiga borib qo'shiladi. Futbolchining birinchi raqamli dushmani jarohatdir. Afsuski, jarohat SHuhratni ham chetlab o'tmadi. 2001 yilgi mavsumning birinchi yarimida og'ir jarohatdan so'ng bosh murabbiyning tavsiyasi bilan Moskvada jarrohlik amaliyotini o'tadi. Tizza jarohatidan so'ng tiklanish oson emasdi. Buni anglagan hujumchi yorqin o'tgan faoliyatiga yakun yasaydi. 

Etti yil davomida “Neftchi”da Yuriy Sarkisyanga yaqindan yordam berdi va 2008 yildan qadrdon “Neftchi” bilan xayrlashib Toshkent viloyatida yangi asos solingan “Olmaliq” jamoasiga yo'l oldi. U erda Igor SHkviringa ko'maklashdi. 2010 yil terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan Vadim Abramov SHuhrat Maqsudovni o'ziga yoramchi qilib oldi. Abramovdan so'ng Qosimov davrida ham milliy terma jamoadagi faoliyatini davom ettirdi. Milliy terma jamoadagi faoliyati davomida 2011 yil Qatar va 2015 yil Avstraliya mamlakatida o'tkazilgan Osiyo kubogida ishtirok etdi, JCH-2014 saralash bosqichi bahslarida qatnashdi. Orada bir muddat olimpiya terma jamoasini ham boshqardi. 2017 yilda “Bunyodkor” o'rinbosarlariga bosh murabbiy etib tayinlangan murabbiy qisqa fursatda ajoyib jamoani shakllantira oldi va shu yilning o'zida o'rinbosarlar ligasida chempionlikni tantana qildi. Mavsum yakunida taqdirlash marosimida SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi “Bunyodkor” o'rinbosarlar jamoasi yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi sifatida etirof etildi. 2019 yildan Abramov va Maqsudov juftligi “Bunyodkor”ni sovrindorlar qatoriga qaytardi. 

Saytimiz xodimlari nomidan SHuhrat Mirusmanovichni bugungi tavallud kuni bilan tabriklaymiz. Sog'lik va salomatlik, murabbiylik faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика