So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Osiyo o'yinlari. PREVYU. O'zbekiston - Afg'oniston Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. PREVYU. O'zbekiston - Afg'oniston

Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini davom ettirayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun guruhdagi uchinchi o'yinini o'tkazadi.
Futbolchilarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:00da Afg'onistonga qarshi maydonga tushishadi. Ayni paytda vakkillarimiz 4 ochko jamg'argan holda guruhda birinchi o'rinda borishmoqda. Afg'oniston hisobida esa hozircha ochko yo'q va ular oxirgi o'rinni egallab turishibdi.

Bizdan keyingi o'rinda kelayotgan Gonkong hisobida ham to'rt ochko borligini inobatga olsak, bugungi bahsda bizga faqat g'alaba kerak bo'ladi. CHunki A guruhida kutilganidek Janubiy Koreya birinchi bo'ldi, shunday ekan, keyingi bosqichda mezbonlarga emas, balki Saudiya Arabistoniga ro'baro' kelganimiz maqul.



Bugungi o'yinda futbolchilarimizning g'alaba qozonishiga ko'pchilik ishonmoqda. Negaki biz Afg'onistondan ancha balanddamiz va buni yigitlar o'z o'yinlari bilan isbotlay olishadi. Lekin shu narsani unutmaslik lozim, Afg'oniston avvalgi ikki uchrashuvda imkoniyatni boy bergani bilan yaxshi o'yin ko'rsatdi. Muhimi, ular ham futbol o'ynay olishlarini namoyish etishdi.

Afg'oniston ustidan Bangladesh ham, Gonkong ham bitta to'p farqi bilan g'alaba qozondi. Bu esa raqibning oddiy emasligini ko'rsatmoqda. Futbolchilarimiz dastlab Gonkong bilan durang qayd etishdi, keyin esa Bangladesh darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi. SHu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari ochkolar sonini to'rttaga etkazib olishdi.



Bugungi raqib haqida nima deyishimiz mumkin? Afg'onistonda futbol endi-endi rivojlanmoqda. Ularda milliy chempionat yo'lga qo'yilgan va Roshan Afg'on Premer-ligasi deb nomlanadi. Mamlakat birinchiligida sakkizta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda o'zaro kurash olib boradi. Milliy chempionat o'yinlari va voqealarini yoritib boruvchi sayt (www.afghanpremierleague.com) juda yaxshi ishlaydi. O'yinlar natijasi fotosuratlar hamda o'yinda kiritilgan gollar videosi bilan birgalikda berib boriladi. Aytish lozimki, ularda matbuotning ishlashi bizdagi bazi saytlardan ming chandon zo'r. Bundan tashqari, ularda deyarli barcha klublarni hummel sport firmasi liboslar (ekipirovka) bilan taminlaydi.  



Afg'oniston terma jamoasi tarkibida legionerlar ham bor. Masalan, 28 yoshli darvozabon Mansur Faqiryar Germaniyaning Oldenburg klubida o'ynaydi. 23 yoshli himoyachi Abbosin Alixil ham Germaniyada to'p tepadi. Uning klubi - Ayntraxt Frankfurt-2. SHuningdek, ikki nafar futbolchisi Hindistonda faoliyat olib bormoqda. Yana bir himoyachisi Norvegiyada, boshqasi esa Tailandda o'ynayapti. Albatta, afg'onlar boshqa chempionatlarning asosan quyi ligalarida faoliyat olib borishmoqda, lekin shu ko'rsatkich ham bir kun kelib mamlakatda futbolning rivojiga o'z hissasini qo'shsa ajab emas.



Afg'oniston terma jamoasi bosh murabbiyi Muhammad Yusef Kargar. Internetdagi malumotlarga ko'ra, Muhammad Yusef bolaligidan chang'i sport turiga qiziqqan va hatto 16 yoshida mamlakat chempioni bo'lgan. Lekin keyinchalik mamlakatda yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli chang'i uchishdan voz kechadi va o'zini futbolda sinab ko'radi. Futbolni tugatganidan beri shu sohada murabbiylik qilib kelmoqda.

Afg'oniston termasi va futboli haqida hozircha bilganlarimiz shu. O'ylaymizki, bizning yigitlar bugungi o'yinga shay va navbatdagi g'alabani qo'lga kiritib, guruhda birinchi bo'lishni eplay olishadi. Garchi uchrashuv Sport telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatilmasa-da, saytimizdan uzoqlashmang va o'yin tafsilotlarini CHAMPIONAT.ASIAda kuzatib boring.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика