So’nggi yangiliklar

15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  0 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  0 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  11 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  18 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  6 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  5 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  1 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  38

Osiyo Kubogiga yana 28 kun! Yuzerlarga MUROJAAT, terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaylik! Yangiliklar

Osiyo Kubogiga yana 28 kun! Yuzerlarga MUROJAAT, terma jamoamizni qo'llab-quvvatlaylik!

Har bir o'tayotgan kun bizni Osiyo Kubogiga yaqinlashtiryapti. Terma jamoamiz allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborgan, ulardan biz ham qolishishni istamayapmiz, albatta.

Albatta, muxlislar terma jamoamizdan chiroyli o'yin kutishyapti. Bu borada tarkibimizni yomon deb aytmagan bo'lardim. Etakchi futbolchilarimiz eng kuchga to'lgan payti, ularning ortidan Iskanderov va Rashidov kabi futbolchilar ergashib kelishyapti. 

So'nggi paytlarda o'quvchilar tomonidan MTJ tomon ko'plab tanqidlar bo'lyapti. Saytimiz strategiyasini hammangiz yaxshi bilasiz. Har qanday musobaqadan avval va musobaqa davom etayotgan payt biz ularni qo'llab-quvvatlaymiz. Terma jamoaning mag'lubiyatini kutib yashash emas, ularga ruhiy tomondan ko'mak bo'lishga intilamiz. SHuning uchun ham o'quvchilar bilan bu borada jiddiy ishlab kelganmiz. Mana, Osiyo chempiontiga oz qolgan bir vaqtda aksar o'quvchilar murabbiy va futbolchilarni tanqid qilish bilan band. Bunga asosiy sabab, terma jamoamizni o'rtamiyona jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi bo'lyapti.

Keling, shu o'rinda bazi masalalarga oydinlik kiritib o'tsak. Dekabr oyida Evropada milliy chempionat davom etayotgan bo'ladi. Demakki, Evropaning eng past jamoasi bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishning imkoni yo'q. Xuddi shunday Janubiy Amerika vakillari bilan ham. Osiyo Kubogida qatnashayotgan hamma jamoalar ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishga rozi bo'lmaydi. Sababi oddiy, hech kim musobaqada o'r o'rniga ega terma jamoalarga qarshi o'yinda kartalarini ochishni istamaydi. Qolaversa, murabbiylar jarohatdan imkon qadar uzoqda bo'lish haqida ham o'ylaydilar. 

Bunday paytda murabbiy oldida klublarga qarshi o'yin va engil o'yin kerak bo'ladi. "Oukland" va Falastin terma jamoalari, endi mashg'ulotlarga kirishgan MTJ uchun ayni muddao. Ikkinchi yig'in jiddiy o'tadi. Men Iroqni hamisha kuchli jamoa deb bilganman. Bu terma jamoa bazi arab jamoalariga o'xshab suniy ravishda emas, o'z o'yinchilari evaziga Osiyoda nom qozongan. Iordaniyani ham kuchli jamoalar qatoriga qo'shish mumkin. Aslida bizning darajamizdagi jamoalar desak bo'ladi. Janubiy Koreya va Yaponiya futbolda har tomonlama o'tib ketishgan, shuning uchun ularga qarshilik qilish bizga oson kechmayapti. 

Yuqoridagi gapimga isbot tarzida, Yaponiya  terma jamoasining o'rtoqlik o'yinlariga etibor qaratishim mumkin. Yaponlar Saudiya Arabistoni va o'zlaridan ancha kuchsiz bo'lgan Tojikistonga qarshi bahs yuritishadi. Xitoy ham shu yo'lni tanlagan, Qirg'iziston, Falastin va Ummonga qarshi uchta o'yin.

Sal cho'zilsam, hafa bo'lmasangiz kerak. Jahon chempioni Germaniya, ha Germaniya! JCHdagi birinchi tur o'yini oldidan ARMANISTON terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqqan. Undan avval esa Kamerun bilan. Germaniya va bu ikki terma jamoa o'rtasidagi farq juda katta. Xuddi O'zbekiston va Falastin o'rtasidagi farq kabi.

Amaldagi JCH g'olibi sifatida Braziliyaga kelgan Ispaniya esa Salvador va Boliviya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan.

Bizning o'quvchilarga tanqid juda ham yoqadi, OAVga ham. Aslida voqeaga real qarashni esa hammamiz ham bilmaymiz. Bilsak ham tan olgimiz kelmaydi. Siz bildirayotgan fikrlar MTJning ruhiyatiga salbiy tasir qilishini men juda yaxshi bilaman. Agar shu Vatanni sevsak, shu yigitlarga ishonsak, shu kishilarni hurmat qilsak, hech yo'g'i Osiyo Kubogi yakuniga etmagunicha ularga ishonaylik. Incheon kabi men bu erda chempionlikni o'ylamayapman. To'g'risini aytgan maqul. Bugun biz futbolchi va murabbiylarning mehnati tufayligina bironta natijaga erishishimiz mumkin, xuddi 2011 yilda bo'lgani kabi. Keng masshtabda olib qarsak, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Xitoy kabi jamoalardan ustun emasmiz. Lekin bunda MTJ azolarining aybi yo'q, buni esa tushunishingiz kerak!

Yana bir narsani aytish lozim, 17 dekabrdan to musobaqa yakuniga qadar biz MTJ bilan birga bo'lamiz. Haqoratga ega, asossiz va dalilsiz "koment"lar orqali bizning ham ishimizga halaqit qilib qo'yishingiz mumkin. SHunday ekan, hammamiz ishonaylik. SHundoq ham qura bizga oson kelgani yo'q. Guruhdan to'g'ri Janubiy Koreya yoki Avstraliya qarshi chiqamiz. Maydonga tushib o'ynab bera olmaganimizga yarasha, MTJni ruhan qo'llab-quvvatlaylik!

Terma jamoaga ishonmaganlar esa, o'zlariga boshqa sayt topishlari mumkin. Dekabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlarida qanday natija qayd etilmasin, bu mashg'ulotdan boshqa narsa emas. SHunday ekan, bizning saytni mutaxassislar axborotlari uchungina emas, aqlli o'quvchilari uchun ham hurmat qilsinlar!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика