So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon yanada ko'prog'ini xohlayapti Yangiliklar

Osiyo Kubogidagi raqibimiz Ummon yanada ko'prog'ini xohlayapti

Boshlanishiga juda kam vaqt qolayotgan Osiyo Kubogida Ummon terma jamoasi biz bilan bitta guruhda kurash olib boradi.

Boshqalar qatori bu jamoa ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Malumot uchun, Ummon termasi o'tgan yil Quvaytda o'tkazilgan "Ko'rfaz Kubogi"da g'oliblikni qo'lga kiritgan. Ummonliklar finalda BAAni penaltilar seriyasiga ko'ra 5:4 hisobida mag'lub etishgandi.

Endilikda gollandiyalik murabbiy Pim Verbek boshqaruvchidagi jamoa yanada ko'prog'ini xohlayapti. Yani, Ummon terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019da ham o'zini ko'rsatmoqchi.

"O'tgan mavsum "Ko'rfaz Kubogi"dagi g'alabaga bizga yanada ishonch berdi. Ko'rinib turibdiki, biz hatto kuchli jamoalarni ham mag'lub eta olamiz. To'g'risini aytsam, Osiyo Kubogiga katta umid bilan qarayapman", - deydi Pim Verbek OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Gollandiyalik murabbiy o'z fikrida davom etar ekan yana shunday dedi: "Biz G'arbiy Osiyodagi barcha jamoalar bilan tengma-teng kurasha olamiz. Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida Iordaniya, Suriya, Bahrayn, Ekvador kabi jamoalarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik va bu o'yinlarning birortasida mag'lub bo'lmadik. Biz 2018 yil hisobidan 7-8ta o'yin o'tkazib, umuman yutqazmadik. Mana shuning o'ziyoq jamoa kuchidan darak beradi".

"Mamlakatda futbolga qiziqish nihoyatda yuqori. Terma jamoaga hamma ishonch bilan qarayapti. Bu esa muhim ahamiyat kasb etadi. Biz buyog'iga ruhiy tomonlama o'sishimiz kerak. "Ko'rfaz Kubogi"ga katta maqsadlarsiz borgandik, ammo g'olib chiqqanimizdan so'ng odamlar bizga boshqacha qaray boshlashdi. Bu esa yanada masuliyatli bo'lishimiz kerakligini anglatadi. "

Pim Verbek o'z intervyusida guruhdagi raqiblarga ham to'xtalib o'tdi: "Biz baribir kuchli guruhda bo'lishimizni bilardik, chunki qura jarayonida 3-savatchadan joy olgandik. 1-savatchadan Yaponiya, 2-savatchadan O'zbekiston tushdi. Menga Yaponiyaning o'yin uslubi yoqadi. Ular eng kuchli jamoalardan biri, ularda kombinacion futbol yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. O'ylaymanki, juda qiziq bahs bo'ladi".

"O'zbekiston terma jamoasi ham yaxshi shakllangan, ular jismonan kuchli va katta tajribaga ega. O'zbekiston doim jahon chempionati saralash bahslarida oxirigacha kurashadi. To'g'ri, ularda tajriba bizga qaraganda ko'p, lekin hammasini maydonda ko'ramiz. Tukrmaniston haqida gapiradigan bo'lsam, to'g'risi bu jamoa haqida ko'p narsa bilmayman. Ammo bu o'yin ham qiziq o'tadi deb o'ylayman. Biz Osiyo Kubogiga uzoq va jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Navbatdagi musobaqadan yanada ko'prog'ini kutyapmiz. Asosiy etibor esa 9 yanvar kuni bo'ladigan O'zbekiston bilan birinchi o'yinga qaratiladi".

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика