Osiyo Kubogida oltinchi marotaba qatnashamiz
19 noy 2013 19:42
Yangiliklar

Osiyo Kubogida oltinchi marotaba qatnashamiz
Bugun qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida oltinchi marotaba qita chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi.
MTJ OFKga o'tganidan buyon Osiyo Kubogi doirasidan o'rin olgan bironta musobaqani qoldirib yubormagan. Osiyo Kubogidagi ishtirokimiz 1996 yildan boshlangan. Eng yaxshi natijamizga 2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan turnirda erishganmiz. Dastlabki ikkita ishtirokimizda guruh o'yinlaridan ortga qaytganmiz. Keyingi ikkitasida chorak finallarda mag'lubiyatga uchradik.
Bu safar Osiyo Kubogiga yo'llanma olish oson bo'lgani yo'q. 3 yil avval musobaqa g'olibligi uchun kurash olib borgan terma jamoamiz, bugun safarda 10 kishi bo'lib qolgan Gonkongni arang mag'lubiyatga uchratdi.
Osiyo chempionatida ishtirok etish borasida Janubiy Koreyaning oldiga tushadigani yo'q. Koreyslar 13 marotaba qita chempionatida ishtirok etganlar. 1956 va 1960 yillarda chempionlikka erishganlar. Ulardan keyin BAA va Saudiya Arabistoni hisobida 9ta musobaqa mavjud. Yaponiya o'zi qatnashgan 8ta musobaqaning 4tasida bosh sovringa ega chiqqan.
Qizig'i shundaki, 1956 yili bo'lib o'tgan birinchi Osiyo Kubogida 4ta jamoa ishtirok etgan. Bular, J.Koreya, Vetnam, Gonkong va Isroil. Musobaqaga Gonkong mezbonlik qilgan. Gonkong esa bronza medallari bilan taqdirlangan.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!

Fikrlar