So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Osiyo Kubogi. Vaziyat qiyin edi, lekin uddaladik Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Vaziyat qiyin edi, lekin uddaladik

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini davom ettiradi.
To'g'risi, bunday jumlani yozish yoki gapirish juda yoqimli. 14 yanvar kuni Xitoy bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyingi holatni bir eslang-a. 1:2 hisobida yutqazib qo'yganimiz bois hamma o'ta tushkun kayfiyat va g'azabda edi. Guruhdan chiqishimiz uchun vaziyat chigallashib ketgandi. Bizni oxirgi uchrashuvda g'alabadan boshqasi qoniqtirmasdi, raqibimiz Saudiya Arabistoniga esa durang ham kifoya qilardi. Ammo terma jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan dastlabki vazifani uddaladi: BIZ CHORAK FINALDAMIZ!



14 yanvar kungi Xitoyga qarshi bahs Brisbenda bo'lib o'tdi. Ertasi kuni esa Melburnga uchdik. Ikki soat deganda Melburnga etib keldik. Albatta, boshqa davlatda shahardan shaharga yurar ekansan, dastlabki qiladigan ishing mehmonxonaga joylashib olish bo'ladi. Bu erga kelganimizdan so'ng birinchi kun terma jamoaning mashg'ulotiga bora olmadik, vaqt ham kech bo'lib qolgandi. Ertasi kundan boshlab yana ishga kirishdik. Birinchi bo'lib to'g'ri “Melburn Rektangular” stadioniga yo'l oldik. Nega aynan “Rektangular”? Gap shundaki, “Rectangle” so'zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “To'g'ri to'rtburchak” manosini beradi. Stadion usti aynan to'g'ri to'rtburchakka o'xshatib bezab chiqilgan.

Bilasiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvini Sidneyda o'tkazdi, ikkinchi turdagi raqibimiz birinchi o'yinini Brisbenda o'tkazdi. Biz Sidneydan Brisbenga yo'lga chiqqanimizda Xitoy u yoqda bizni kutib turgandi. Ular bilan o'ynab mag'lubiyatga uchradik. Undan keyin Melburnga yo'l oldik. 2-turni Melburnda o'tkazgan Saudiya Arabistoni ham bizni shu erda kutib turgandi. Ko'ryapsizmi, biz har bir o'yindan keyin u shahardan bunisiga ko'chib yurdik, raqiblarimiz esa o'sha shaharda bizni kutib olishdi. Avstraliya katta mamlakat bo'lgani uchun bu erda bir shahardan ikkinchisiga etib borish ko'p vaqtni oladi. SHuning uchun ham samolyotda uchgan maqul.

Xitoydan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hech kimda kayfiyat yo'q edi. Melburnga kelgach, ertasi kun avval stadionga kelib keyin mashg'ulot maydoniga ketdik. Mashg'ulot odatdagidek o'tdi. Yigitlar alamli mag'lubiyatni unutib, etiborni faqat keyingi bellashuvga qaratishga harakat qilishdi. Bu orada tanqidlar borgan sari kuchayib borayotgandi. Internetdagi turli tarmoqlarda terma jamoa bosh mavzuga chiqdi. Mirjalol Qosimovning ketma-ket ikki o'yinda bir xil tarkibni maydonga tushirgani keng muhokama qilindi. Hatto murabbiyning g'azabiga teguvchi karikatura suratlar ko'payib ketdi.

Lekin futbolchilarimiz ham, murabbiylar ham hammasiga chidashdi. Barcha Saudiya Arabistoni bilan bo'ladigan hal qiluvchi o'yinni kutdi. Guruhdan chiqishimiz yoki uyga qaytishimiz aynan shu o'yinga bog'liq edi. Xayriyat, hammasi biz xohlagandek bo'lib chiqdi va Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan birini 3:1 hisobida mag'lub etdik. O'yin to'g'risida nima deyish mumkin? Ikkita gol urgan Sardor Rashidov o'zini ko'rsata oldi, shuningdek, avvalgi bahsda ko'p xatolarga yo'l qo'ygan SHavkat Mullajonov ham bor kuchi bilan harakat qildi. Agar tanqidlardan to'g'ri xulosa chiqarilmaganida o'ylaymizki, bu g'alaba qo'lga kiritilmasdi. CHunki terma jamoamiz kuchli bosim ostida qolgandi, biz shu erda yurib buni yaqindan his qilib turgandik.



Endi chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushamiz. Endi biz shaharma-shahar yurmaymiz, balki shu erda qolib koreyaliklarning kelishini kutamiz. Albatta, Janubiy Koreyaga qarshi oson bo'lmaydi. Lekin Saudiya Arabistoni bilan bo'lgani kabi chiroyli o'yin ko'rsatsak, ajab emas Koreyani ham mag'lub etsak. Maqolamiz so'nggida esa Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoadan mana shunday yorqin o'yinlar ko'p bo'lishini kutib qolamiz.

Xayrulla Xoliqov
Melburn, Avstraliya.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика