Osiyo kubogi va JCH saralashlarining birinchi bosqichi bitta bo'ladi
25 jan 2014 23:22
Yangiliklar

Osiyo kubogi va JCH saralashlarining birinchi bosqichi bitta bo'ladi
Bugun Ummon poytaxti Muskat shahrida OFK musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar ko'rib chiqildi.
Eng asosiy yangilik bu Osiyo kubogi va Jahon chempionati saralashlarining birinchi bosqichi birlashtirilishi bo'ldi. Deb xabar bermoqda OFK rasmiy sayti.
Endi 2019 yildan Osiyo kubogida hozirgidek 16ta emas 24ta jamoa ishtirok etadi.
Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralashlarining birinchi bosqichlari bitta bo'ladi. Bu bosqichda OFKning barcha azo mamlakatlari 8ta guruhga bo'linadi. Ushbu guruh g'oliblari va eng yaxshi ko'rsatkichga ikkinchi o'rinni olgan to'rtta jamoa (jami 12ta jamoa) Jahon chempionati saralashi final bosqichiga chiqadi.
8ta guruhda qolgan ikkinchi o'rinni band etgan to'rtta jamoa hamda uchinchi o'rinni egallagan 8ta jamoa esa yuqoridagi 12ta jamoaga qo'shilib Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanma olishadi. Osiyo kubogida har birida to'rttadan jamoa bo'lgan oltita guruh paydo bo'ladi. JCH saralashi final bosqichi va Osiyo kubogi musobaqalari alohida bo'lib o'tadi.

Fikrlar