So’nggi yangiliklar

21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  0 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  0 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  1 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  6 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  2 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  20 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2

Osiyo kubogi-2023. Saudiya Arabistoni Tailand bilan durang o'ynadi. O'zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi - Tailand Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Saudiya Arabistoni Tailand bilan durang o'ynadi. O'zbekistonning 1/8 finaldagi raqibi - Tailand

Osiyo kubogi "F" guruhi 3-tur doirasidagi Saudiya Arabistoni - Tailand o'yini bo'lib o'tdi.

Saudiya Arabistoni — Tailand 0:0

Saudiya Arabistoni: Al Najar, Al Skurk (Kanno, 79), Al Bulayxi, Al Saluli, Al Xaybari, Kadesh (Al Dosari, 64), Ali (Al SHexri, 87), Al Gamdi (Al Breyk, 64), Al Dosari, Garib, Radif (Xaji, 64).

Tailand: Anuin, Burirat, Txongsong, Praisuvan, CHanngom, Yuyen, CHarenrattanapirom (Promsrikaev, 88), Kanitsribampen (CHamratsami, 74), Kaman (Pompan, 65), Vonggorn (Pumchantik, 88), Poeipimai (Jayded, 74).

Ogohlantirish: Garib (35).


Saudi Arabia

Asian Cup Grp. F . 3-tur

25/01/2024, 19:00

0
:
0
Tugadi

Thailand

Stadion: Education City Stadium, 38773 tomoshabin

45'
90'
12'  Abdullah Hadi Radif
35'  Abdulrahman Ghareeb
64'  Hasan Kadesh (Nasser Al Dawsari)
64'  Abdullah Hadi Radif (Talal Haji)
64'  Faisel Al-Ghamdi (Mohammed Al Burayk)
79'  Fawaz Al Sagour (Mohamed Kanno)
87'  Mukhtar Ali (Saleh Al-Shehri)
65'  Kritsada Kaman (Weerathep Pomphan)
74'  Worachit Kanitsribampen (Peeradol Chamratsamee)
74'  Teerasak Poeiphimai (Supachai Jaided)
88'  Jaroensak Vongkorn (Rungrath Poomchantuek)
88'  Pathompol Charoenrattanapirom (Channarong Promsrikaew)


 

O'YIN YAKUNLANDI! SAUDIYA ARABISTONI 1/8 FINALDA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN, TAILAND ESA O'ZBEKISTON BILAN O'YNAYDI.

90+3. Saudiya Arabistoni hozirgi daqiqalargacha 2.62 xG (!) qayd etdi, ammo gol ura olmadi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi.

89. Talal Hojining darvozaga yaqin masofada bosh bilan bergan zarbasini Tailand posboni qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

88. O'zgarish navbati Tailandda: Rungrat Pumchantuek va CHannarong Promsrikaev Jaroensak Vongkorng va Patxompol CHaroenrattanapiromni almashtirdi.

87. Manchinidan so'nggi o'zgarish: Muhtor Alining o'rniga Solih al-SHehri tushirildi.

86. Tailand so'nggi daqiqalarda umuman hujumga o'tayotgani yo'q, Saudiya esa raqib darvozasiga yo'l topishga harakat qilmoqda.

79. Saudiya Arabistoni raqib jarima maydonchasi ichida darvoza tomon ko'plab zarbalar berdi, ammo vaziyat offsayd bilan yakunlandi.

79. O'zgarish navbati Saudiya Arabistonida: Muhammad Kanno Favaz al Yamini almashtirdi.

74. Tailandda ikki o'zgarish: Tirasak Poeimximai va Vorachit Kanitsribumpxen maydonni tark etdi, ularning o'rnini Supachai Jaided va Piradon CHamratsami to'ldirdi.

73. Nosir al Dovsariii! Zaxiradan tushgan futbolchi qulay vaziyatdan gol ura olmadi. Uning zarbasi darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi.

72. Al Dovsarining jarima maydonchasi ichida qulay poziciyadan bergan zarbasi kuchsizlik qildi va darvozabon to'pni qiyinchilik bilan egallab oldi.

69. Zaxiradan maydonga tushgan Talal Hoji bosh bilan raqib darvozasiga yo'l topishga urindi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

65. Tailandda ham o'zgarish: Viratip Pompxan Kritsada Kamanning o'rniga maydonga tushdi.

64. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini bir yo'la uch o'zgarishni amalga oshirdi: Hoji, Al Dovsari va Al Burayk, Kadesh, Radif va Al Gamdini almashtirdi.

62. Saudlar qarshi hujumdan foydalanib ketishlari mumkin edi. G'arib bir futbolchini aldab sherigiga to'pni uzatda, ammo tailandlik futbolchi qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

57. GOOOL! Saudiya Arabistoni hisobni ochdi. Nima? Yana offsayd-mi?! Abdulrahmon G'arib o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.

54. Saudiya Arabistonining navbatdagi hujumi ham besamar ketdi, markazga uzatilgan to'pni darvozabon osonlik bilan egallab oldi.

49. Tailandlik futbolchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo saudiyalik futbolchi bu vaziyatda yaxshi harakat qildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+7. Vorachit Kanitsribumpxen jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, ammo noaniq.

45. Hakam birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berdi.

43. Bu safar G'arib raqib darvozasi tomon zarba berdi. Ammo, darvozabon o'ziga kelgan to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi.

42. Saudiya so'nggi daqiqalarda to'pni raqibga bermayapti va oldinga intilmoqda.

36. GOOOL! Tailand hiso ochdi. Vorachit Kanitsribumpxen sherigining uzatmasidan so'ng to'pni aniq darvozaga yo'lladi. Bu safar ham offsayd.

35. O'yindagi ilk sariq kartochka G'aribga ko'rsatildi. U tailandlik Vongkorngni qarshi hujumda to'xtatib qolgandi.

31. Uxxx! G'arib jarima maydonchasi ichida Radifga to'pni uzatgandi, ammo hujumchining yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

27. Al Dovsari yana bir bor raqib darvozasini uzoqroq masofadan ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. Ammo bu safar ham Saranon Anuin o'z o'rnida

27. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik Saudiya Arabistoni tomonida: 60% - 40%.

24. Saudiyalik o'yinchi jarima maydonchasi ichida yiqildi. Ammo, hakam bu vaziyatda qo'pollik qayd etmadi.

19. Salim Al Dovsari ikki raqibini aldab jarima maydonchasi ostonasida zarba berib ko'rgandi. Ammo, bu vaziyatda tailandlik o'yinchilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

17. GOOL! Saudiya Arabistoni baribir birinchi bo'lib hisobni ochmoqda. Penaltini aniq ijro etolmagan Abdulloh Radif qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga aniq yo'naltirib yubordi. Yo'o'o'q! Bu vaziyatda ham offsayd qayd etildi.

15. GOOL! Tailand hisobni ochdi! Yo'q, yon hakam bu erda offsaydni qayd etmoqda. Tirasak Poeimximai raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.

12. Abdulloh Radifning 11 metrdan yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi! Hisob o'zgarishsiz qoldi.

11. Tailand darvozasi tomon penalti belgilandi. Hakam VAR yordamida shunday qarorga keldi.

10. Abdulrahmon G'aribga nisbatan qoida buzilgan bo'lishi mumkin. U maydonda yotibdi. Hakam esa VAR monitoriga qarab yo'l oldi.

8. Saudiyalik futbolchilarda gol urish uchun juda qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo, Salim Al Dovsari raqib darvozabonini alday olmadi.

7. Tirasak Poeimximai burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llagan edi, ammo uning zarbasi noaniq chiqdi.

7. Ha, hozirda kichik ustunlik tailandlik futbolchilar tomonida.

3. Ilk xavfli vaziyat tailandliklar tomonidan sodir etildi. Yon chiziqdan ajoyib uzatmadan so'ng janubiy-sharqiy osiyoliklar gol urish imkoniyatiga ega bo'lishgandi.

1. O'yinga start berildi!

- Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

- Assalomu aleykum. Birozdan so'ng Osiyo kubogi "F" guruhi 3-tur doirasidagi Saudiya Arabistoni — Tailand o'yini boshlanadi. O'zbekiston terma jamoasi raqibi malum bo'ladigan ushbu o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика