So’nggi yangiliklar

17:11ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар. Таркиблар маълум  30 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  3 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  1 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Vetnam - Yaponiya Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Vetnam - Yaponiya

Ertaga Osiyo Kubogida chorak final o'yinlari start oladi.

Biz bilan bitta guruhda bahs olib borib birinchi o'rinni qo'lga kiritgan va 1/8 finaldan qiynalmasdan o'tgan Yaponiya navbatdagi bosqichda yana bir kuchsiz jamoaga qarshi to'qnash keladi. Yaponiyaning 1/4 finaldagi raqibi Vetnam terma jamoasi bo'ladi. Ertangi uchrashuv Dubaydagi "Al Maktum" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.

Vetnam
Bu jamoaning shov-shuvli yurishi davom etadi. Vetnam guruh o'yinlarida Iroq va Eronga imkoniyatni boy bergach, hartugul oxirgi turda Yamanni 2:0 hisobida mag'lub etdi va 3-o'rinni olgan jamoalar ichida eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri sifatida keyingi bosqichga yo'l oldi. Lekin vetnamliklar 1/8 finalda kichik qahramonlik ko'rsata olishdi: ancha kuchli taxmin qilingan Iordaniya penaltilar seriyasida mag'lub etildi. Mana endi Vetnamni yana bir jiddiy raqib kutib turibdi.

Yaponiya
Musobaqada to'rtta o'yin o'tkazgan Yaponiya hammasida g'alabaga erishdi. Bu jamoa guruh uchrashuvlarida Turkmaniston, Ummon va O'zbekistonni, 1/8 finalda esa Saudiya Arabistonini mag'lub etdi. Aytish mumkinki, saudiyaliklar bilan kechgan bahsda Yaponiya ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. Ular bitta gol urib olgach bemalol shu hisobni saqlay olishdi. Ertaga "Kunchiqar yurt" terma jamoasi yana bir kuchsiz jamoaga qarshi bahs olib boradi.

O'yindan oldingi fikrlar

Park Xang Seo (Vetnam bosh murabbiyi): "Yaponiyaning o'yin uslubi umuman boshqacha, lekin biz Eron va Iroq singari kuchli jamoalar bilan bellashib o'ziga yarasha tajriba orttirdik. Agar bor kuchimizni berib o'ynasak, Yaponiyani mag'lub etishimizga ishonaman. Futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. SHu bois ertaga Vetnam musobaqani tark etadi deb hech kim ishonch bilan gapira olmaydi. Balki biz g'alaba qozonarmiz".

Xajime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): "Biz bu erga chempion bo'lish uchun kelganmiz va o'z maqsadimiz sari davom etyapmiz. Lekin bazi futbolchilarimga xalqaro tajriba etishmayotgani rost. Vetnam bilan o'yin oson bo'lmaydi, lekin g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz. Jamoamiz bu bellashuvga ruhiy va jismoniy tomondan tayyor. Biz Vetnamga nisbatan bir kun kam dam oldik, ammo bu reglament".

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика