So’nggi yangiliklar

17:28Титулдан сўнг: А Серия 34-тур превьюси, Шомуродов собиқ жамоасига гол урадими?  0 16:43"Where is Saudi Arabia?". Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 16:31Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум” (матнли трансляция)  0 16:30"Олмипик Мобиуз" - "Зомин" (онлайн натижа)  0 16:25Жасурбек Жалолиддинов: "Бугун майдонда қўрққан жамоа ютқазди"  2 15:42"Вест Хэм" - "Ливерпуль". Салоҳ, Нуньез ва Собослаи захирада  0 15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  3 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  1 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  25 14:55Умарали Раҳмоналиев: "Рақибнинг провокацияларига тайёр эдик"  3 14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  3 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  14 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  5 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  25 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  4

Osiyo Kubogi. O'zbekiston tarkibida nechta futbolchi musobaqada debyut qilishi mumkin? Yangiliklar

Osiyo Kubogi. O'zbekiston tarkibida nechta futbolchi musobaqada debyut qilishi mumkin?

Bugun O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi elon qilindi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi elon qilindi. Musobaqaga yo'l olgan tarkibdagi aksariyat futbolchilar uchun bu ilk Osiyo Kubogi hisoblanadi. Ayrim etakchilar uchun esa bu birinchisi emas. Ularda bu boradagi ko'nikma shakllangan. Xo'sh, etakchi futbolchilarimiz Osiyo Kubogida qachon debyut qilishgan?

Farruh Sayfiev

2019 yil. 28 yosh

O'zbekiston terma jamoasining chap qanot himoyachisi ilk bor 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo Kubogida tarkibga kiritilgan. Qiziq holat, Sayfiev "kengurular" yurtidagi turnirda birorta o'yin o'tkazmasdan sariq kartochka bilan jazolangan. Lekin debyuti 4 yil keyinga surilgan. 2019 yil Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz guruh bosqichining 3-turida Yaponiya bilan to'qnash keladi. SHu kuni tug'ilgan kunini nishonlagan Farruh Sayfiev Osiyo Kubogida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Tajribali himoyachi musobaqa davomida 2ta o'yinda maydonga tushgan. Avstraliya bilan kechgan nimchorak final uchrashuvida zaxiradan Oleg Zoteevning o'rniga qo'shilgan edi. BAAdagi Osiyo Kubogi uning uchun faoliyatidagi uchinchi qita turniri hisoblanadi. 

Aziz Turg'unboev

2019 yil. 24 yosh

Aziz Turg'unboev ham Farruh Sayfiev kabi 2019 yil Osiyo Kubogida Yaponiya bilan uchrashuvda debyutini amalga oshirgan. Bu paytda u 24 yoshda edi. Tezkor vinger musobaqada Avstraliya bilan o'yinda ham zaxiradan tushirilgan. 


Osiyo Kubogi-2019.
"F" guruhi, 3-tur.
YAPONIYA - O'ZBEKISTON 2:1
17 yanvar 2019. Al Ayn. "Halifa Bin Zayed" stadioni. (18:30 Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Muhammad Abdulla Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Al Hammadi va Hasan Al Mahri (ikkisi BAA)
Darvoza ortidagi hakamlar: Ammar Al Junaybi (BAA) va Ali Saboh Al Qaysi (Iroq)
Zaxira hakami: Xup Veyming (Xitoy)
Gollar: Eldor SHomurodov 40, - 0:1. Yoshinori Muto 43, - 1:1. Cukasa SHiotani 57, - 2:1.
Yaponiya (4-2-3-1): 23.Daniel SHmidt, 3.Sei Muroya, 20.Tomoaki Makino, 2.Genta Miura, 4.SHo Sasaki - 17.Toshixiro Aoyama, 18.Cukasa SHiotani - 14.Junya Ito, 11.Koya Kitagava (16.Takexiro Tomiyasu, 90+3), 10.Takashi Inui (8.Gengi Xaraguchi, 81) - 13.Yoshinori Muto (6.Vataru Endo, 85).
Zaxira: 1.Masaaki Xigashiguchi, 5.Yuto Nagatomo, 7.Gaku SHibasaki, 9.Takumi Minamino, 12.SHuichi Gonda, 15.Yuya Osako, 18.Tomiyasu Takexiro, 19.Xiroki Sakay, 21.Ritsu Doan, 22.Maya Yoshida
O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 15.Egor Krimec, 4.Farruh Sayfiev - 18.Fozil Musaev (7.Sardor Rashidov, 76), 19.Otabek SHukurov - 17.Dostonbek Hamdamov (16.Azizbek Turg'unboev, 65), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev - 14.Eldor SHomurodov (10.Marat Bikmaev, 69).
Zaxira:  21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 2.Akmal SHorahmedov, 13.Oleg Zoteev, 11.Jaloliddin Masharipov, 9.Odil Ahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 23.Odil Hamrobekov.


Otabek SHukurov

2019 yil. 22 yosh. 

Bugungi kunga kelib O'zbekiston terma jamoasining markazdagi asosiy figurasiga aylangan Otabek SHukurovning Osiyo Kubogidagi debyuti Ektor Kuper davriga to'g'ri keladi. Argentinalik 2019 yil BAAda kechgan musobaqaning ilk turidan o'rin olgan O'mon bilan bahsda SHukurovga ishonch bildirgan. Yarim himoyachi o'sha turnirda barcha 4ta o'yinda harakat qilgan. Hozirda avvalgi musobaqalardagidek Ahmedov, Kapadze, Haydarov, Jeparov kabi etakchilar yo'q. Endilikda bu rolni Otabek SHukurov bajaradi. O'ylaymizki, uning faoliyatidagi ikkinchi Osiyo Kubogi omadli chiqadi. 

Jaloliddin Masharipov

2019 yil. 25 yosh. 

Jaloliddin Masharipov ham bu turnirda terma jamoa etakchisi sifatida gavdalanadi. Futbolchi ilk bor 2019 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida maydonga tushgan. Masharipov 25 yoshda Osiyo Kubogida debyut qilgan. Debyut uchrashuvida vakillarimiz O'monni irodali tarzda mag'lub etgandi. 

Osiyo Kubogi-2019.
"F" guruhi, 1-tur.
O'ZBEKISTON - UMMON 2:1

SHarja shahri, "SHarja stadioni".
Hakamlar:
Ko Xyung Jin, Yun Kvang Yol, Park Sang Jun (Janubiy Koreya)
Darvoza ortidagi hakamlar: Kim Dong Jin (J.Koreya), Dilan Perera (SHri Lanka)
Zaxira hakami: Mohd Yusri Muhammad (Malayziya)
Gollar: Odil Ahmedov 33, - 1:0. Muhsin Al Gassani 78, - 1:1. Eldor SHomurodov 85, - 2:1.

O'zbekiston (4-2-3-1): 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal SHorahmedov, 15.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 9.Odil Ahmedov, 19.Otabek SHukurov - 7.Sardor Rashidov (17.Dostonbek Hamdamov, 59), 22.Javohir Sidiqov, 11.Jaloliddin Masharipov (8.Ikrom Aliboev, 79) - 10.Marat Bikmaev (14.Eldor SHomurodov, 82).
Zaxira: 21.O'tkir Yusupov, 12.Sanjar Quvvatov, 3.Doston Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 6.Davron Hoshimov, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 16.Aziz Turg'unboev.
Ummon (4-2-3-1): 18.Fayz Al Rushaydi - 11.Saad Al Muhayni, 13.Halid Al Brayki, 2.Muhammad Al Musallami, 17.Ali Al Busaydi - 12.Ahmad Kanu, 23.Habib Al Sadi - 15.Jamell Al Yahmadi (9.Muhammad Al Gassani, 88), 10.Muhsin Al Xaldi, 6.Raed Solih - 7.Halid Al Hajri (16.Muhsin Al Gassani, 67).
Zaxira: 1.Ammar Al Rushaidi, 22.Ahmad Al Ravahi, 19.Mahmud Al Mushaifri, 3.Muhammad Faraj, 5.Muhammad Al SHiba, 20.Salah Al Yahyoi, 21.Mataz Solih, 14.Ali Al Jabri, 8.Yasin Al SHeyadi, 4.Muhammad Hasib 

Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev

2015 yil. 21 yosh.

Bu ikki o'g'lon bir paytlar yoshgina yigitcha sifatida muxlislar qalbiga kirib borayotgandi. 2015 yilgi Osiyo Kubogi esa Iskanderov va Sergeev uchun debocha vazifasini o'tagan. 21 yoshda bo'lishiga qaramasdan Mirjalol Qosimov musobaqada 3tadan o'yida imkoniyat taqdim qilgan. Sergeev debyut uchrashuvidayoq KHDR darvozasiga g'alaba golini urgandi. Kechagidek esimda, maktab direktori kotibasining xonasidagi telefon orqali uyga qo'ng'iroq qilib o'yin natijasini eshitgandim. Qo'limdagi telefon internetga kirmas, o'yinlar kunduzi bo'lgani uchun telefon orqali yoki qorovul xonasidagi televizordan bilardim. Oradan 9 yil o'tib Iskanderov va Sergeev yana Osiyo Kubogida qatnashadigan tarkibdan joy oldi. 4 yildan so'ng ular 34 yoshni qarshilashini hisobga olsak, bu turnirda ular bor kuchlarini va nimalirga qodirligini ko'rsatishi kerak. Hujum chizig'ida SHomurodovning yo'qligi Sergeevda imkoniyatlarni yanada oshiradi. Istaymizmi yoki yo'q asosiy yuk unga tushadi. Igor Sergeevga katta umidlar bog'langan. 


O'zbekiston - KXDR 1:0
10 yanvar 2015. Sidney. "Avstraliya" stadioni
Bosh hakam: Navaf Abdulla G'oyat SHukrilla (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Yosif Halil Ibrohim Tulefat, Ibrohtim Muborak Sabt Musa (Bahrayn)
4-5 hakamlar: Amar Ali Ayudulla Jumaa Alnaibi (BAA), Azman bin Ismoil (Malayziya)
Nazoratchi: Ishiyama Noboru (Yaponiya)
Gol: Igor Sergeev 62, - 1:0.

O'zbekiston:12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Azizbek Haydarov, 8.Server Jeparov, 9.Odil Ahmedov (4.Sardor Rashidov, 71), 11.Igor Sergeev (6.Bahodir Nasimov, 87), 17.Sanjar Tursunov (10.Jamshid Iskanderov, 90+2), 18.Timur Kapadze, 19.Vitaliy Denisov, 23.Akmal SHorahmedov.
Zaxiradagilar: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Egor Krimec, 13.Lutfulla To'rev, 14.SHuhrat Muhammadiev, 15.Jasur Hasanov, 16.Vohid SHodiev, 21.Akbar To'raev, 22.Farruh Sayfiev.
KXDR: 1.Ri Myong Guk, 3.Jang Song Xyok, 4.Jon Kvang Ik, 8.Ryang Yong Gi, 9.Pak Song CHol, 10.Pak Kvang Ryong, 11.Jong Il Gvan, 15.Jang Kuk CHol, 16.CHa Jong Xyok, 17.So Xyon Uk (12.Om CHol Song, 64), 19.Ri Yong Jik.
Zaxiradagilar: 2.Ri CHang Xo, 5.Xan Song Xyok, 6.Ro Xak Su, 13.Sim Xyon Jin, 14.Kyo Song Xyok, 20.CHoe Von, 21.O Xyok CHol, 22.Ju Kvang Min.
Ogohlantirishlar: Ri Yong Jik 78, Akmal SHorahmedov 84


Qatardagi Osiyo Kubogida "oq bo'rilar" safida 20 nafar futbolchi debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin: O'tkir Yusupov (33 yosh), Abduvohid Nematov (22 yosh), Botirali Ergashev (28 yosh), Xojiakbar Alijonov (26 yosh), Rustam Ashurmatov (27 yosh), Umar Eshmurodov (31 yosh), Husniddin Aliqulov (24 yosh), SHerzod Nasrullaev (25 yosh), Abdulla Abdullaev (26 yosh), Abduqodir Husanov (19 yosh), Muhammadqodir Hamraliev (22 yosh), Zafarmurod Abdirahmatov (20 yosh), Odil Hamrobekov (27 yosh), Oston O'runov (23 yosh), Xojimat Erkinov (22 yosh), Abbosbek Fayzullaev (20 yosh), Jamshid Boltaboev (27 yosh), Diyor Xolmatov (21 yosh), Bobir Abdixoliqov (26 yosh), Aziz Amonov (26 yosh). 

Osiyo Kubogi-2023

Bosh murabbiy: Srechko Katanec

Terma jamoani o'rtacha yoshi: 26,39

Olimpiya terma jamoasi yoshidagi futbolchilar: 7 nafar - Abduvohid Nematov, Muhammadqodir Hamraliev, Zafarmurod Abdirahmatov, Abduqodir Husanov, Diyor Xolmatov, Abbosbek Fayzullaev, Xojimat Erkinov

Legionerlar: 9 nafar - Jaloliddin Masharipov ("Panserraikos", Greciya), Otabek SHukurov ("Karagyumruk"), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abdulla Abdullaev ("Xorfakkan" ), Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand), Bobir Abdiholiqov ("Ordabasi", Qozog'iston)  

Eng yoshi katta futbolchi: O'tkir Yusupov (33 yosh)

Eng yosh futbolchi: Abduqodir Husanov (19 yosh)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика