So’nggi yangiliklar

08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  16 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3

Osiyo kubogi-2023. Yaponiya, BAA va Eron ishtirokidagi o'yinlar prevyusi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Yaponiya, BAA va Eron ishtirokidagi o'yinlar prevyusi

Bugun Osiyo kubogi 1-tur bahslari davom ettiriladi.

Yaponiya — Vetnam

O'zaro o'yinlar tarixi

Jamoalar uzoq yillardan beri ko'plab uchrashuvlarni o'tkazgan, Osiyo kubogi doirasida esa ikki marotaba to'qnash kelgan va har ikkisida "samuraylar" ustunlikga erishgan. 2007 yil guruh bosqichida 4:1 hisobida g'alaba qozongan Yaponiya 2019 yilgi qita birinchiligi chorak finalida 1:0 hisobida zafar quchgan.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Yaponiya turnirda eng ko'p g'olib chiqqan mamlakat sanaladi, ularning muzeyida to'rtta kubok mavjud. To'qqiz marotaba musobaqada qatnashgan jamoa so'nggi marotaba finalchiga aylangan.

Vetnam esa dastlab Janubiy Vetnam, so'ngra hozirga nom ostida to'rt marotaba turnirda qatnashgan bo'lib, 1956 va 1960 yillar 4-o'rinni egallagan.

Saralash bosqichi

Yaponiya va Vetnam 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi raundiga yo'l olgani sababli avtomatik ravishda musobaqa ishtirokchisiga aylangandi.


Turnirga tayyorgarlik

So'nggi paytlarda dahshatli natijalar qayd etib, raqiblariga gollarini ayamayotgan Yaponiya turnir arafasida Tailandni 5:0, Iordaniyani 6:1 hisobida dog'da qoldirdi.

Vetnam esa nazorat uchrashuvida Qirg'iz Respublikasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Yaponiya terma jamoasini 318.4 million evro, Vetnam terma jamoasini esa 5.83 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Filipp Truse (Vetnam bosh murabbiyi): "Raqibga qarshi reaktiv bo'lish muhim sanaladi. Ammo bu to'laqonli ega bo'lmasligimizni anglatmaydi. Ko'p o'yinlarda to'pga atigi 10–20 foiz egalik qilgan holatda ham g'alaba qozonib ketish mumkinligiga guvoh bo'lganmiz. SHu bois, yuzaga kelgan vaziyatlarda o'z imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak."

Hajime Moriyasu (Yaponiya bosh murabbiyi): "Janob Truse yapon futbolini yaxshi biladi. Ishonchim komilki, u jamoamizni yaxshi tahlil qilgan, lekin biz ham raqibni o'rgandik. Murabbiylar shtabi bu borada qattiq mehnat qildi. O'yin ajoyib ruhda o'tadi, lekin muvozanatni saqlashimiz va raqib hujumlaridan ehtiyot bo'lishimiz lozim."

Imkoniyatlar: 45–30–25


BAA — Gongkong

O'zaro o'yinlar tarixi

Mazkur ikki jamoa ishtirokida kam sonli to'qnashuvlar bo'lgan. So'nggi marotaba 2013 yil Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida arablar o'z maydonida va mehmonda ham 4:0 hisobida g'alaba qozongan.


Osiyo kubogidagi ishtirok

BAA 10 marotaba Osiyo kubogida ishtirok etgan bo'lib, 1996 yil o'zi mezbonlik qilgan turnirda finalga qadar etib borgan va Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

Gongkong esa 1968 yildan beri 4-marta musobaqada qatnashish baxtiga muyassar bo'ldi. Jamoa 1956 yil 3-o'rin sohibiga aylangan.

Saralash bosqichi

BAA 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi raundiga yo'l olgani sababli avtomatik ravishda musobaqa ishtirokchisiga aylangandi.

Gongkong esa Hindiston, Afg'oniston va Kambodja joylashgan guruhda 2-o'rin bilan turnir ishtirokchisiga aylandi.

Turnirga tayyorgarlik

BAA Osiyo kubogi avvalida Qirg'iz Respublikasini 1:0 hisobida mag'lub etib, O'monga xuddi shu hisobda yutqazdi.

Gongkong esa yanvarda dastlab Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, keyinchalik Tojikiston (1:2) va Saudiya Arabistoni (0:2)ga imkoniyatni boy berdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali BAA terma jamoasini 32 million evro, Gongkong terma jamoasini esa 6.1 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Paulu Bentu (BAA bosh murabbiyi): "Biz raqiblarni hurmat qilamiz. Ular shiddatli o'yin namoyish etishadi hamda qanday hujum tashkillashtirish kerakligini bilishadi, shu bois o'yin uuman oson bo'lmaydi. Bizda yosh jamoa bor va bunday musobaqa ular uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi."

Yorn Andersen (Gongkong bosh murabbiyi): "Biz ellik yildan oshiq vaqt o'tgach, yana musobaqada ishtirok etpyamiz va yuqori darajadagi jamoalar bilan tafovutimizni yaxshi bilamiz. Lekin bu Gongkong futboli uchun ajoyib imkoniyat sanaladi."

Qiziqarli faktlar

- BAA 2015 va 2019 yilgi turnirlarning guruh bosqichidagi 6 o'yinda atigi bir marotaba mag'lubiyatga uchradi.

- Gongkong Osiyo kubogi tarixida uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni egallagan bo'lsa-da, hali birorta g'alabaga erishmagan.

Imkoniyatlar: 50–30–20


Eron — Falastin

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa, asosan, o'rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarida ishtirok etishgan va forslar unda raqibini yirik hisoblarda dog'da qoldirgan, biroq ikki jamoa Osiyo kubogida ilk marotaba to'qnash keladi.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Osiyo kubogida 14 marotaba ishtirok etgan Eron ketma-ket uch marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lib, eng so'nggi titulga 1976 yilda ega chiqqan.

Falastin esa ikki marta musobaqada qatnashib, guruh bosqichidayoq ortga qaytgan.

Saralash bosqichi

Eron 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining so'nggi raundiga yo'l olgani sababli avtomatik ravishda musobaqa ishtirokchisiga aylangandi.

Falastin esa uchinchi saralash bosqichida Filippin, Mo'g'uliston va Yamanni ortda qoldirdi.

Turnirga tayyorgarlik

Eron Osiyo kubogi arafasida Burkina-Faso (2:1) va Indoneziya (5:0)ni mag'lub etishga musharraf bo'ldi.

Falastin esa Jazoirning 23 yoshgacha futbolchilari bilan 1:1 hisobi qayd etib, keyinchalik O'zbekiston (0:1) va Saudiya Arabistoni (0:0)ga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkazdi.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Eron terma jamoasini 51.58 million evro, Falastin terma jamoasini esa 6.68 million evroga baholagan.


Murabbiylar fikri

Amir G'alinoi (Eron bosh murabbiyi): "Qatarda ekanimdan juda xursandman, bu erda ajib xotiralar qolgan. Men 40 yil muqaddam "Al Sadd"da o'ynaganman va bu erda esda qolarli voqealar sodir bo'lgan. O'ylaymanki,mazkur turnir eng yaxshilaridan biri bo'ladi, chunki Qatar jahon chempionati o'tkazgani sababli tashkiliy jihatdan yaxshi tajribaga ega. Osiyo futboli 2007 yildan buyon sezilarli darajada yaxshilandi, bu o'tgan jahon chempionatida ham sezildi, unda mintaqaning 3 jamoasi nimchorak finalga yo'l oldi. Birinchi o'yin juda muhim sanaladi. Raqibda kuchli o'yinchilar va yaxshi himoyalanadi. Qolaversa, oxirgi o'rtoqlik o'yinlarida yaxshi natijalarga erishdi. Bu erdagi har bir o'yin final kabi bo'ladi. Biz yaxshi holatdamiz, shu boi, yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz."

Makram Dabub (Falastin bosh murabbiyi): "Avvalo, Qatardagi birodarlarimizga mehmondo'stlk uchun minnatdorchilik bildiraman va ularni ko'zni qamashtiruvchi ochilish marosimi tashkil etgani bilan qutlayman. Eron qitaning eng yaxshi jamoalaridan biri sanaladi. Ularda ko'plab top darajadagi o'yinchilar bor. SHunga qaramay, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz."

Qiziqarli faktlar

- Falastin o'z tarixida Osiyo kubogida g'alaba qozonmagan.

- Eron Osiyo kubogi guruh bosqichidagi so'nggi 20 o'yinda mag'lub bo'lmagan.

- Forslar turnirning 1-turida so'nggi bor 1996 yil Iroqqa mag'lub bo'lgan va shundan beri oxirgi 6 uchrashuvda g'alaba qozongan.

Imkoniyatlar: 50–30–20

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика