So’nggi yangiliklar

10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  1 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  1 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  27 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9

Osiyo kubogi-2023. Turnirning ochilish uchrashuviga prevyu Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Turnirning ochilish uchrashuviga prevyu

Bugun Markes Lopes boshchiligidagi Qatar terma jamoasi "Lusayl" stadionida amaldagi titulni himoya qilish yo'lidagi ilk uchrashuvini Livanga qarshi o'tkazadi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Mazkur jamoalar hozirga qadar 11 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ularning 10 tasida Qatar zafar quchgan, yana bir o'yinda kuchlar teng kelgan. 

Qiziq tomoni, mazkur jamoalar 2019 yilgi qita birinchiligida ham aynan guruh bosqichining 1-turida bir-biriga ro'baro' kelishgandi. O'shanda qatarliklar 2:0 hisobida ustun kelgandi.

Osiyo kubogidagi ishtirok

Qatar 11-marta ushbu turnirda ishtirok etmoqda. Jamoa 2019 yil Birlashgan Arab Amirliklari yashil maydonlarida o'tgan qita birinchiligida bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. Endilikda Qatar sovrinni o'z mamlakatida olib qolishga harakat qiladi.

Livan esa 3-marotaba ushbu nomdagi musobaqaga tashrif buyurmoqda. Jamoa ilk bor 2000 yil turnirga mezbonlik qilgan bo'lsa, oxirgi Osiyo kubogida ham final bosqichiga yo'l olgan. Biroq Livan har ikki safar guruh bosqichidan ortga qaytgan.

Saralash bosqichi

Qatar mezbon sifatida avtomatik ravishda ishtirokchiga aylandi. Livan esa Janubiy Koreya, Turkmaniston, SHri Lanka bilan kurash olib bordi va 2-o'rin bilan turnir qatnashchilari safiga qo'shildi.

Turnirga tayyorgarlik

Qatar musobaqa avvalida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab Kambodja 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, Lopes shogirdlari keyinchalik Iordaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Livan esa aynan Iordaniyani xuddi shu hisobda (2:1) mag'lub etishning uddasidan chiqdi va bir necha kun ilgari Saudiya Arabistoniga 0:1 hisobida yutqazdi.

Tarkib

Nufuzli Transfermarkt portali Qatar terma jamoasini 15.9 million evro, Livan terma jamoasini esa 7.4 million evroga baholagan.


Qatar terma jamoasi tarkibi: 1. Saad al SHib ("Al Sadd"), 2. Ro-Ro Al Sadd ("Al Sadd"), 3. Al Mahdi Ali Muxtor ("Al Vakra"), 4. Muhammad Vaad ("Al Sadd"), 5. Tariq Salmon ("Al Sadd"), 6. Abdulaziz Hotam ("Al Rayyan"), 7. Ahmad Alovuddin ("Al Garafa"), 8. Ali Asadulla ("Al Sadd"), 9. Yusuf Abdurisag ("Al Sadd"), 10. Hasan Al Haydos ("Al Sadd"), 11. Akram Afif ("Al Sadd"), 12. Lukas Mendes ("Al Vakra"), 13. Xolid Munir ("Al Vakra"), 14. Homam Ahmad ("Al Garafa"), 15. Basam ar Ravi ("Al Rayyan"), 16. Bualem Xuxi ("Al Sadd"), 17. Ismoil Muhammad ("Al Duhayl"), 18. Sulton Al Breyk ("Al Duhayl"), 19. Almoez Ali ("Al Duhayl"), 20. Ahmad Fotihi ("Al Arabi"), 21. Saloh Zakariya ("Al Duhayl"), 22. Meshel Barsham ("Al Sadd"), 23. Mustafo Mashal ("Al Sadd"), 24. Jassem G'obir ("Al Arabi"), 25. Ahmad Al Ganexi ("Al Garafa"), 26. Xolid Muhammad ("Al Duhayl").

Livan terma jamoasi tarkibi: 1. Mehdi Xalil ("Al Faysali"), 2. Yahyo Al Hindi ("Al Ansor"), 3. Maher Sabra ("Nejmeh"), 4. Nur Mansur ("Al Ahed"), 5. Nassar Nassar ("Al Ansor"), 6. Husayn Zeyn ("Al Ahed"), 7. Hasan Maatuk ("Al Ahed"), 8. Suni Saad ("Penang", Malayziya), 9. Hilol Al Xelve ("Burj"), 10. Muhammad Haydar ("Al Ahed"), 11. Omar CHaaban ("Uembldon", Angliya), 12. Robert Aleksandr Melki ("Al Ansor"), 13. Xalil Xamis ("Al Ahed"), 14. Muhammad Ali Dxayni ("Al Ansor"), 15. Jixad Ayub ("PSS Sleman", Indoneziya), 16. Valid SHur ("Al Ahed"), 17. Ali Al Xaj ("Al Ahed"), 18. Qosim Al Zeyn ("Nejmeh"), 19. Daniel Kuri ("Atlante", Meksika), 20. Ali Tneyx ("Al Ansor"), 21. Mustafo Matar ("Al Ahed"), 22. Bassel Jradi ("Bangkok Yunayted", Tailand), 23. Ali Sabe ("Nejmeh"), 24. Gabriel Bitar ("Vankuver", Kanada), 25. Hasan Srur ("Al Ahed"), 26. Hasan CHaytu ("Safa").

Murabbiylar fikri

2019 yilgi Osiyo kubogi finalida to'rt karra qita chempioni hisoblangan Yaponiyani 3:1 hisobida taslim etgan Qatar chempionlik kubogini o'z yashil maydonlarida o'tkaziladigan musobaqada himoya qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Markes Lopes o'z shogirdlarining Livanga qarshi uchrashuvga tayyor ekanligini takidladi.

Guruhimizdagi terma jamoalar bir biriga juda yaqin darajada. Biz o'xshash raqiblarga qarshi maydonga tushamiz. Albatta, keyingi bosqichga chiqish imkonitimiz boshqalarga qaraganda yaxshiroq. 

Mening maqsadim Qatar terma jamoasini finalga olib chiqish. Murabbiylik tajribam menga guruh bosqichiga ijobiy yondashishga imkon beradi. 

Jamoamizda jahon chempionati va avvalgi Osiyo kubogida ishtirok etgan tajribali o'yinchilar bor. Bu Qatar terma jamoasining eng katta ustunligi", — deya takidladi Lopes.

Livan terma jamoasini Qatarga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi, jamoa so'nggi olti uchrashuvda atigi bir marotaba g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi.

"Tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo'ldi, ammo biz tayyormiz. Juda yaxshi formadamiz va bor kuchimizni ishga solamiz. Bu terma jamoada avval ham faoliyat olib borganman. Tajribali futbolchilarimizning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Bizda juda kuchli yosh avlod shakllangan. Men terma jamoamdan ko'p narsa kutyapman. Men biroz tashvishga solgan narsa bu jarohatlar. Ertaga yaxshi natija qayd etishimizga ishonyapman. Qatar musobaqa favoriti, ammo biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz", — deya fikr bildirdi jamoa bosh murabbiyi Miodrag Radulovich.

2019 yilgi Osiyo kubogida ham Livan bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan Radulovich ushbu mamlakatning ilk marotaba pley-off bosqichiga yo'l olishi uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligini aytib o'tdi.

"Oson o'yinning o'zi yo'q, lekin biz barcha jamoani tahlil qildik. Biz har qanday jamoaga ro'baro' kelishga tayyormiz."

Qiziqarli faktlar

- Yuqorida takidlaganimizdek, Qatar Livan uchun boshog'riq jamoa hisoblanadi. Livanliklar o'zaro o'yinlarda g'alaba qozonishni uddalay olmagan va faqatgina bitta durangga imzo chekkan.

- Qatar 2019 yilgi Osiyo kubogi doirasida etti o'yinning barchasida g'alaba qozonib, chempionlikka erishdi. Vaholanki, Qatar turnir tarixida ushbu seriyadan avval o'tkazilgan 32 o'yinda bundan kamroq g'alaba qo'lga kiritgandi (6 g'alaba, 11 durang, 15 mag'lubiyat).

- Livan 2019 yilgi turnirda SHimoliy Koreya ustidan g'alaba qozongunga qadar birorta g'alabaga erishmagandi.

- Qatar futbolchisi Akrom Afif 2019 yilgi musobaqada 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, bu boshqa futbolchilarga qaraganda ikki baravar ko'p sanaladi.

- Qatarlik Almoez Ali 2019 yilgi turnirda 9 ta gol urib, bitta musobaqada gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.

Imkoniyatlar (Qatar g'alabasi-durang-Livan g'alabasi): 45%-30%-25%

Osiyo kubogi-2023. Eng, eng, eng...


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика