So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  8 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Osiyo kubogi-2023. Qatar shubhali gol evaziga Tojikistonni minimal hisobda taslim etdi va guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish masalasini hal qildi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Qatar shubhali gol evaziga Tojikistonni minimal hisobda taslim etdi va guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish masalasini hal qildi

Osiyo kubogi "A" guruh bosqich 2-tur doirasidagi Tojikiston - Qatar o'yini bo'lib o'tdi.

Tojikiston — Qatar 0:1

Gol: Akram Afif (17)

Tojikiston: 1.Rustam Yatimov, 2.Zoir Jo'raboev, 5.Manuchehr Safarov, 6.Vahdat Hanonov, 7.Parvizjon Umarbaev, 9.Rustam Soirov, 10.Alisher Jalilov, 13.Amadoni Kamolov, 14.Alisher SHukurov, 17.Ehson Panshanbe, 19.Ahtam Nazarov.
Zaxira: 3.Tabriz Islomov, 4.Xolmurod Nazarov, 11.Muhammadjon Rahimov, 12.Sodiqjon Qurbonov, 15.SHervoni Mabatshoev, 16.Dalerjon Barotov, 18.Ruslan Hayloev, 20.Alijoni Burizod, 22.SHahrom Samiev, 23.Muhriddin Hasanov, 24.Daler Imomnazarov, 25.Nuriddin Hamroqulov.

Qatar: 22. Meshal Barsham, 4. Muhammad Vaad al-Bayati, 5. Tariq Salmon, 11. Akrom Afif, 12. Lukas Mendes, 15. Bassam Husham, 17. Ismoil Muhammad, 19. Almuoz Ali, 20. Ahmad Abdulla, 23. Mustafo Tariq, 24. Jassim Jobir.
Zaxira: 1. Saad al-SHib, 2. Pedro Korreya, 3. Ali Muhtor ad-Mahdi, 6. Abdulaziz Hatim, 7. Ahmad Alouddin, 8.Ali Asad, 10. Hasan al-Haydos, 16. Bualem Huhi, 18.Sulton Al Breyk, 21. Saloh Zakariya, 25. Ahmad al-Ganexi, 26.Xolid Muhammad Solih.

CHetlatish: Kamolov (81)


O'YIN YAKUNLANDI

90+10. Alijon ham sariq kartochka olmoqda. Zaxiradan tushgan o'yinchi raqibiga nisbatan qo'pol harakat qildi.

90+7. Qatar gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo mezbonlar undan foydalana olmadi.

90+1. SHukurov va Jalilov o'z o'rnini Alijon va Hamroqulovga bo'shatib berdi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shib berdi.

88. Qatarda o'zgarish: Pedro Korreya Aldulsallam Jassamni almashtirdi.

82. Tojikistonda ikki o'zgarish: Umarboev va Nazarov maydonni tark etdi, ularning o'rniga Islomov va Mabatshoev tushirildi.

81. Kamolov oyog'ining tag qismini bilib turib qatarlik o'yinchining boshiga yo'naltirgani uchun maydondan chetlatilmoqda. Hakam bu qarorga VAR yordamida keldi. 

78. Qatarlik o'yinchi maydonda yotibdi. Kamolov unga nisbatan o'ta qo'pol harakat qilgandi va hakam unga sariq kartochka berdi.

76. Ha, hozircha ikki darvoza oldida ham xavfli vaziyatlar sodir etilmayapti.

65. Qatarda yana bir o'zgarish: Bualem Huhi Ahmad Abdullani almashtirdi.

60. Muhammad Vaad al-Bayati raqibini ushlab qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

59. Qatar terma jamoasida sardor maydonga tushmoqda! Al Haydos Mustafo Tariqning o'rnini egalladi.

57. Almoez Ali bu safar qulay vaziyatni ko'kka sovurdi! Yatimov tojikistonliklarning joniga oro kirdi.

56. Zaxiradan maydonga tushgan Ahmad al-Ganexida hisobni oshirish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo uning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

53. Qo'shnilarimiz yaxshi harakat qilishmoqda va qatarliklarda to'pni maydondan chiqarib yuborishdan boshqa variant qolmayapti.

48. Tojikiston hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandi. Bu qatarlik o'yinchilarning qo'pol xatosidan so'ng sodir bo'lishi mumkin edi. Ammo, yakunda Jalilov maydondan chiqib ketayotgan to'pga eta olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Ikki jamoada ikkinchi taym boshida o'zgarish: Al Ganexi Muhammadni, Samiev Soirovni almashtirdi.



BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+9. Afifning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi ancha xavfli chiqdi, ammo noaniq.

45+4. Kamolov ikki o'yinchini aldab o'tib zarba berdi! Ammo, uning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

45+1. Qatarlik Ahmad Abdulla hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. U oyog'ining tag qismi bilan raqib oyog'iga zarba berib yuborgan edi.

45. Hakam birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berdi.

43. Uxxx! Yatimovning qo'pol xatosidan so'ng Almoez Ali jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilishi mumkin edi. Ammo, bu erda Zoir Jo'raboev deyarli chiziq ustidan to'pni olib chiqdi.

42. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik Qatarda: 46% - 54%

35. Hakam VAR monitorida ehtimoliy penaltini ko'rish uchun bordi, ammo hayriyatki bu vaziyatda xatoga yo'l qo'yamadi. Hech qanday penalti yo'q edi! Aksincha, Almoez Alining o'zi dastlab raqibini ushlagandi. 

32. Almoez Aliga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

- Afifning golini telegramdagi kanalimizda ko'rishingiz mumkin.

25. Coirov qatarlik futbolchining qo'pol xatosidan foydalanib ketishi mumkin edi, ammo uning uzatmasi Kamolovgacha etib bormadi.

17. GOOOOOOOLLL!!! Akram Afif birga-bir vaziyatda Yatimovni dog'da qoldirmoqda. Golgacha bo'lgan vaziyatda tojikistonlik o'yinchiga hakam halal bergandi, ammo yaponiyalik referi bu vaziyatni qayta ko'rib chiqmadi.

17. Qatar terma jamoasi kam sonli hujumlaridan birini uyushtirdi, ammo xavfli vaziyat sodir eta olmadi.

13. Rustam Soirov! "Lokomotiv" (Toshkent) hujumchisining zarbasini raqib posboni bartaraf etdi.

8. Hozircha qo'shnilarimiz faolroq harakat qilishmoqda. Ammo, o'yin umuman olganda markazda kechmoqda.

2. Tojikiston termasi standart vaziyatga ega bo'ldi. Uni ijro etgan Exsoni Panshanbening zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. O'yinga start berildi!

- Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Birozdan so'ng Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 2-tur doirasidagi Tojikiston — Qatar o'yini boshlanadi. Qo'shnilarimiz va mezbonlar o'rtasidagi bahsni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика