Osiyo Kubogi-2019da o'zbekistonlik volontyorlar ishlashi mumkin
26 mar 2018 16:36
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019da o'zbekistonlik volontyorlar ishlashi mumkin
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Dubay shahrida BAA futbol associaciyasi Bosh kotibi Muhammad Hazzam Al-Daheriy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida 2019 yil BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasining tashkiliy masalalari muhokama qilindi hamda ushbu musobaqaga O'zbekistondan volontyorlar – ko'ngillilarni yuborib, bunday yirik musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish tajribasini o'rganish masalasi ko'rib chiqildi.
Bundan tashqari, O'zbekiston va BAA futbol associaciyalari o'rtasida imzolangan memorandum asosida har ikki mamlakat terma jamoalari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, almashuv asosida hakamlarni Kubok finallari va o'rtoqlik o'yinlariga jalb qilish bo'yicha ham suhbat olib borildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar