So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Osiyo Kubogi-2019da eng yomon natija qayd etgan KXDR Toshkentda mehmon Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019da eng yomon natija qayd etgan KXDR Toshkentda mehmon

Bugun, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Biz odatga ko'ra bo'lajak raqibimiz haqida malumot beramiz.

TARIX VA BUGUNGI KUN

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yoki qisqa qilib aytganda KXDR terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olgan Osiyoning dastlabki jamoasi hisoblanadi. 1966 yil Angliya mezbonlik qilgan mundialda KXDR debyut qilgan. Guruhda Sobiq Ittifoq terma jamoasiga yutqazgan, CHili bilan durang qayd etgan va Italiyani mag'lub etgan koreyslar ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l olishgan. KXDR xatto yarim finalga chiqishiga bir bahya qolgan. CHorak finalda Portugaliya bilan o'yinda dastlabki 25 daqiqada javobsiz uchta gol urgan SHimoliy Koreya yakunda 3:5 hisobida yutqazib qo'ygandi. Afsonaviy Eysebio pokerga erishgandi.

KXDR 2010 yil JARda bo'lgan Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Braziliyaga 1:2, Portugaliyaga 0:7 va Kot-D'Ivuarga 0:3 hisobida yutqazib qo'ygan jamoa guruhda so'nggi o'rinni band etgandi.

SHimolliklar OFK chaqiruv kubogida juda muvaffaqiyatli ishtirok etishgan. Uch marta o'tkazilgan musobaqaning birinchisida KXDR uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 2010 va 2012 yillarda ushbu jamoa chempion bo'lgandi.



KXDR shu yilning yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Yanayam aniqroq aytsak eng yomon jamoa bo'ldi. Sababi Kim Yong Jun boshchiligidagi koreyslar guruh bosqichidagi uchala o'yinda ham yirik hisobda mag'lub bo'lgan yagona jamoaga aylanishdi. Ilk turda Saudiya Arabistoniga 0:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Keyingi turda bo'lajak chempion Qatar KXDR darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi. Uchrashuvda musobaqa to'purari Almoez Ali poker qayd etgandi. Oxirgi turda shimolliklar Livanga 1:4 hisobida yutqazib sharmandali natija bilan ortga qaytishdi.

Etiborlisi mart oyida FIFA kunlari bo'ldi va ko'plab terma jamoalar o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi. Biroq KXDR yanvar oyidagi qita chempionatidan so'ng birinchi marta yig'ilmoqda. Qizig'i o'tgan yil oktyabr oyida ham ushbu jamoa uzoq tanaffusdan ilk o'yinni Toshkentda o'tkazgandi.

LEGIONERLARI
Osiyo Kubogida ishtirok etgan futbolchilar orasida besh nafari legioner edi. Kvang Ryong Pak Avstriyaning "Sankt Petlen" klubi azosi edi. 20 yoshli hujumchi Kvang Song Xan 2017 yil "Kalyari" safida Italiya A seriyasida faoliyat olib borgan edi. 2018 yilgi mavsumni esa B seriya ishtirokchisi bo'lgan "Perudja" tarkibda boshlagandi. Yarim himoyachi CHoy Song Xyok esa Italiyaning "Arecco" jamoasi azosi hisoblanadi.

SHuningdek, Kim Song Gi ("Fujieda", Yaponiya) va Ri Yong Jik ("Tokio Verdi", Yaponiya) kabi futbolchilar ham xorij klublarida o'ynashadi.




SHIMOLIY KOREYA TERMA JAMOASI
Laqabi -
"CHollima"
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Yun Jong Su (KXDR)
Sardor - Ri Myong Guk
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Ri Myong Guk (120)
Eng ko'p gol urgan - Jong Il Gvan (21)
FIFA kodi - PRK
FIFA reytingidagi o'rni - 121 (2019 yil 4 aprel)

Birinchi rasmiy o'yin
1956 yil 7 oktyabr
KXDR - Xitoy 1:0

Eng yirik g'alaba

2005 yil 11 mart
KXDR - Guam 21:0

Eng yirik mag'lubiyati
2010 yil 21 iyun
Portugaliya - KXDR 7:0

Jahon chempionatidagi ishtiroki -
2 marta (birinchisi 1966)
Eng yaxshi natijasi - chorak final (1966)

Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 5 marta (birinchisi 1980)
Eng yaxshi natijasi - to'rtinchi o'rin (1980)

Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroki - 1 marta (1976)
Eng yaxshi natijasi - CHorak final (1976)

Sovrinlari
OFK CHaqiruv kubogi
CHempion - 2010, 2012




O'ZARO O'YINLAR TARIXI
O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan shu kunga qadar 9 marta to'qnash kelishgan. Vakillarimiz olti marta g'alaba qozonishgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va bir marta koreyslar bizni taslim qilishgan.

Ushbu jamoa bilan ikk marta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushganmiz. 2008 yilning 28 avgustida Toshkentga KXDR terma jamoasiga tashrif buyurgan. Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'shanda durang qayd etgandi - 0:0. O'tgan yilning 13 oktyabr sanasida shimolliklar "Bunyodkor" stadionida 2:0 hisobida taslim etilgandi. O'shanda Marat Bikmaev dublga erishgandi.

SHimoliy koreyaliklar ikki bor Toshkentga rasmiy o'yinni o'tkazish uchun kelishgan. JCH-2014 va JCH-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarning ikkalasida ham (1:0 va 3:1) vakillarimiz zafar quchishgan.

Yagona mag'lubiyat 2015 yil yozida JCH-2018 saralashi doirasida safarda qayd etilgan. Pyongyangdagi stadionda o'tgan bahsda maydon egalari 4:2 hisobida g'alaba qozonishgan edi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика