Osiyo Kubogi-2019. Qatarlik 5 nafar jurnalistni BAAga kiritishmadi
05 jan 2019 14:33
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. Qatarlik 5 nafar jurnalistni BAAga kiritishmadi
Kecha besh nafar qatarlik jurnalistni BAAga kirishga ruxsat berilmadi. Ular Dubay aeroporida 13 soat kutishdi va Doxaga qaytishga majbur bo'lishdi.
Jurnalistlar yo'lda jami 27 soatni o'tkazishdi. Doxadan Dubayga Kuvayt orqali uchib, qaytishda Dubay-Maskat-Doxa yo'nalishida uchib kelishdi.
OFK bu vaziyatda jurnalistlar huquqini himoya qila olmadi. Bunday holat nafaqat BAA futbol Associaciyasi, balki OFKning ham imijiga salbiy tasir qilishi aniq, — deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
Malumot uchun, ikki kun avval OFK vice-prezidenti, qatarlik Saud Al Muhannadini ham BAAga kiritishmagandi.
Ayni paytda BAA davlatining Qatar bilan munosabatlari juda tarang holatda. SHu sababli, ham Qatar fuqarosining BAAga kirishi juda qiyin kechmoqda.
Fikrlar