So’nggi yangiliklar

08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  0 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  1 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21

Osiyo Kubogi - 2019. Qatar chorak finalda! Yangiliklar

Osiyo Kubogi - 2019. Qatar chorak finalda!

Nimchorak finalning so'nggi uchrashuvida Qatar g'alaba qozondi.

Uchrashuvning muhim vaziyatlarini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.


Qatar

Bassam Al-Rawi - 62'

Asian Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

22/01/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Iraq

Stadion: Al Nahyan Stadium, 14701 tomoshabin

Bosh hakam: Muhammad Bin Jahari

45'
90'
11'  Assim Madibo
62'  Bassam Al-Rawi
84'  Abdelkarim Hasan Fadlalla
90'  Hassan Al Haidos (Karim Boudiaf)
90'  Bassam Al-Rawi
24'  Mohanad Ali
36'  Humam Tariq (Ali Husni)
39'  Ahmad Ibrahim Al-Qafaje
66'  Ali Husni (Mohammed Dawood)
71'  Alaa Ali Mhawi (Rebin Sulaka)
73'  Amjad Attwan
86'  Safa Hadi


                      YANGILASH

O'yin yakuniga etdi. Qatar chorak finalda!

90+3. Sariq kartochka. Bassam Al Ravi.

90+2. UXXXXXXXX. Moxanad Ali to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. Aks holda, katta ehtimol bilan hisob tenglashardi.

90. O'zgarish. Hasan  Al Xaydos o'rniga Karim Al Budiya maydonga tushdi.

86. Afif qarshi hujumga qochib ketayotgandi. Safo Xadi qo'pollik evaziga uni to'xtatib qoldi. Sariq kartochka

85. Akrom Afif Ali Adnan tomonidan berilgan og'ir zarbani qaytardi.

84. Sariq kartochka. Abdulkarim Xassan. Agar Qatar keyinga bosqichga chiqsa maydonga tushmaydi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Bassam Al Ravi asli iroqlik futbolchi. Xatto uning otasi Iroq terma jamoasi safida o'ynagan. Bugun uning o'g'li Iroq termasiga gol urdi.

78. ZARBA! Ali Adnan jarima zarbasidan yuqori burchakni nishonga olgan edi. Biroz noaniq.

Iroqning uchala o'zgarishi ham jarohat olgan futbolchilarni almashtirish uchun bo'ldi.

68. O'zgarish. Reben Solaka Alo Ali Mxavi o'rniga maydonga tushdi.

67. ZARBAAAAAA! Abdulkarim Xassan! Ajoyib futbolchi!

66. O'zgarish. Al Xusni Faysal o'rniga Muhammad Davud tushdi.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bassam Al Ravi. SUPER GOL jarima zarbasidan! Pirlo uslubida!


Mazkur bellashuvda zafar quchgan terma jamoa Son Xyon Minga qarshi o'ynaydi.

Sloveniya va Ispaniyalik mutaxassislar jangi juda qizg'in va shiddatli kechmoqda.

53. Qatar bu hujumga hujum bilan javob berdi. Afif birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan pallada to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

50. Ikkinchi bo'limni Iroq termasi faolroq boshladi. Ali Adnan uzoq masofadan zarba berishga ham ulguardi. Noaniq.

3. Abdulkarim Xassan

45+3. Abdulkarim Xassanning uzatmasi "rekashet" orqali darvoza to'singa tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Bu birinchi bo'limdagi oxirgi xavfli vaziyat edi. TANAFFUS.

45. Birinchi bo'limga Muxammad Taqi 3 daqiqa qo'shib berdi.

Norasmiy malumotlarga qaraganda, Iroq terma jamoasi azosi Moxanad Aliga "Napoli", "Borussiya D" kabi jamoalar qiziqishmoqda. 2000 yilda tavallud topgan iroqlik forvard Osiyo Kubogida 2 marotaba ismini tabloga yozdirib qo'yishga ulgurdi.

39. Sariq kartochka. Ahmad Ibrohim. Iroq chorak finalga yo'l olsa, Ahmad Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Sarik kartochkalar sababli.

34. O'zgarish. Xumam Tariq o'rniga Al Xusni Faysal maydonga tushdi. 11-raqamdagi Tariqni zambilda olib chiqib ketishdi. Xumam bugun jamoasiga juda yordam bergisi kelgandi. To'xtovsiz ko'z yoshlar... Ha, jarohatlar futbolning ajralmas bir qismi hisoblanadi.

32. Xumam Tariq yig'layapti. Iroqlik Messi jarohat oldi va murabbiydan almashtirishlarini so'radi.

30. Sirechko Katanec shogirdlari ancha faol. Qarshi hujumda ular Qatarni qiynab qo'yishayotgani Iroqning o'yinga qo'shayotganidan dalolat beradi.

Qoidalar buzish: 3:5. Iroq terma jamoasi raqibiga nisbatan biroz qo'pol o'ynamoqda.

25. Moxanad Ali bilan to'qnashib ketgan qatarlik kiper Saad Al SHibga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

24. Sariq kartochka. Moxanad Ali. Iroq. 

Akrom Afif Qatarning asosiy yulduzi  hisoblanadi. Musobaqa davomida 4 marotaba golli uzatma amalga oshirdi.

19. Moxanad Alidan bosh bilan berilgan zarba. Noaniq. Himoyachilar uni jiddiy qo'riqlashmoqda.

11. Sariq kartochka. Qatar. Assimo Madibo

Hozirda Al Muazali (Qatar) hisobida 7ta gol bor va u to'purarlar ro'yxatini boshqarib kelyapti.

7. Musobaqa to'purari Al Muazali Iroq jarima maydoni ichida penalti ishlash uchun harakat qildi va simulyaciya ishlatdi. Iroqliklar hujumchining bu ishi uchun sari kartochka talab qilishmoqda.

4. ZARRBAAAAAAAAA! Abdulkarim Hassan! Uning jarima maydonchasida havodan kelayotgan to'pni o'ng oyog'i bilan to'xtatmasdan bergan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum! Nimchorak final so'nggi uchrashuvi boshlanishiga oz qolmoqda.

Osiyo Kubogi - 2019.
QATAR - IROQ 1:0 LIVE
Abu Dabi, "Al-Naxyan" stadioni.

Bosh hakam: Muhammad Taqi Al-Jaafari (Singapur)

Gol: Bassam Al Ravi (62, 1:0).

Qatar - 1. Saad Al SHib, 2. Pedro Korrea, 3. Abdulkarim Xassan, 4. Tariq Salmon, 6. Abdulaziz Xatim, 10. Hasan  Al Xaydos (Karim Al Budiya, 90), 11. Akrom Afif, 15. Bassam Al Ravi, 16. Bulam Xukxi, 19. Almuoz Ali , 23. Omar Madibo.
Iroq – 1. Jalol Hassan, 2. Ahmad Ibrohim, 5. Alifayoz Atiyax 6. Ali Adnan, 7. Safo Xadi, 10. Mohanad Ali, 11. Humam Tariq (Al Xusni Faysal, 34), (Muhammad Davud, 66), 13. Bashar Bonyan, 14. Amjid Kadim, 16. Husayn al-Saidi, 17. Alo Ali Mxavi (Reben Solaka, 68).

Ogohlantirishlar: Assimo Madibo (11), Moxanad Ali (24), Ahmad Ibrohim (39), Abdulkarim Xassan (84), Safo Xadi (86), Bassam Al Ravi (90+3).

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика