Osiyo Kubogi-2019. Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi
23 jan 2019 16:19
Yangiliklar
Osiyo Kubogi-2019. Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqaradi
Avvalroq, hamyurtimiz Ravshan Ermatov 24 yanvar kuni Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan Xitoy - Eron uchrashuvida videotakrorlar bo'yicha referi assistenti sifatida ishlashi haqida xabar berib o'tgandik.
25 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Janubiy Koreya - Qatar uchrashuviga Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida tayinlandi, deya malumot berdi O'FA Matbuot xizmati. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. To'rtinchi hakam - Ma Ning (Xitoy).
VAR - Paolo Valeri (Italiya), Muhammad Taqi bin Jahariy (Singapur) va Fu Ming (Xitoy).
Janubiy Koreya - Qatar uchrashuvi 25 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar