Osiyo Kubogi-2019. Eron yarim finalda Yaponiyadan uchta gol qabul qilib oldi
28 jan 2019 20:54
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019. Eron yarim finalda Yaponiyadan uchta gol qabul qilib oldi
Bahsning 57-daqiqasida yaponiyaliklar hisobni ochishdi. Takumi Minamino oldinga o'tib yiqitildi, eronlik himoyachilar hakamga etiroz bildirishni boshlashganda Minamino o'rnidan turib to'pga etib oldi va jarima maydoniga oshirdi. Yuya Osako boshi bilan Eron darvozasini ishg'ol qildi - 0:1. Forslar 2019 yilgi Osiyo Kubogida birinchi marta gol o'tkazishdi. VIDEONI KO'RISH
67-daqiqada Yaponiyaning hujumi vaqtida to'p eronlik himoyachining qo'liga tegdi. Bosh hakam penalti belgiladi. So'ngra VAR'dagi sheriklari unga nimalardir dedi. Oxiri o'zi VAR'ni borib ko'rdi va baribir penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pidan Yuya Osako unumli foydalandi - 0:2. VIDEONI KO'RISH
90-daqiqada Genki Xaraguchi Eron darvozasini uchinchi bor ishg'ol qildi va hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi - 0:3.
SHu tariqa Yaponiya yirik hisobda g'alaba qozonib Osiyo Kubogi finaliga chiqdi. Eron esa bronza medaliga ega chiqib uyiga ketadi. Uchinchi o'rin uchun bahs bo'lmaydi. Ertaga ikkinchi yarim finalda Qatar va BAA jamoalari to'qnash kelishadi.
Iran |
Asian Cup Semi Finals . 1/2-tur 28/01/2019, 19:00 3
:
0
Tugadi
|
Japan Yuya Osako - 56', Yuya Osako - 67', Genki Haraguchi - 90' |
Stadion: Hazza Bin Zayed Stadium, 23262 tomoshabin
Bosh hakam: Chris Beath
Eron - Yaponiya 0:3
Gollar: Yuya Osako 57, - 0:1. Yuya Osako 67 penalti, - 0:2. Genki Xaraguchi 90, - 0:3.
Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 3.Ehson Xojisafi, 5.Milad Muhammadikeshmarzi, 8.Murtazo Puraliganji, 9.Omid Ibrohimi Zarandini, 11.Vohid Amiri (10.Karim Ansarifard, 58), 13.Muhammadhussayn Kanani, 18.Alirizo Jahonbahsh (16.Mahdi Torabi, 72), 20.Sardor Azmun, 21.Ashkan Dejaga (14.Seyed Saman Goddos, 72), 23.Ramin Rizoisemeskandi.
Zaxira: 12.Amir Obidzoda, 22.Seyedpayam Niozmanqodir, 2.Vorya G'ofuri, 4.Ruzbeh CHashmi, 6.Ahmad Nurullohi, 7.Masud SHojai, 15.Pejman Muntazori, 19.Seyedmajid Hussayni.
Yaponiya: 12.Gonda SHuichi, 5.Yuto Nagatomo, 16.Tomiyasu Takexiro, 19.Sakai Xiroki (3.Muroya Sei, 73), 22.Maya Yoshida, 6.Endo Vataru (18.Tsukasa SHiotani, 60), 7.Gaku SHibasaki, 8.Genki Xaraguchi, 9.Takumi Minamino, 21.Ritsu Doan (14.Ito Junya, 89), 15.Osako Yuya.
Zaxira: 1.Xigashiguchi Masaaki, 2.Miura Genta, 4.Sakai SHo, 10.Takashi Inui, 11.Kitagava Koya, 13.Muto Yoshinori, 20.Makino Tomoaki, 23.SHmitd Deniel.
Ogohlantirishlar: Vohid Amiri 24, Umid Ibrohimi 44, Xiroki Sakay 46, Serdar Azmun 90+3, Yuto Nagatomo 90+3.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar