So’nggi yangiliklar

16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  2 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  1 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5

Osiyo Kubogi-2019. "E" guruhi murabbiylari Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. "E" guruhi murabbiylari

Osiyo Kubogi boshlanishiga kam vaqt qolayotgan bir paytda murabbiylarni tanishtirishda davom etamiz.

Quyida "E" guruhi terma jamoalari bosh murabbiylari haqida qisqacha malumot beramiz.

"E" guruhi - Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR.

Xuan Antonio Picci (S.Arabistoni bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 7 iyun, 1968 y.


Yaqin bir yildan beri Xuan Antonio Picci saudiyaliklar bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2018da muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Ayniqsa ruslardan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyat juda qattiq zarba bo'ldi. Endilikda 50 yoshli murabbiy bilan Saudiya Arabistoni Osiyo Kubogida g'olib chiqishga harakat qilib ko'radi.

Feliks Sanches (Qatar bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 13 dekabr, 1975 y.


43 yoshli murabbiy 2006 yildan beri Qatarda ishlab kelyapti. U avvaliga Qatar U-19 yoshlar terma jamoasini boshqarib, 2014 yil o'tkazilgan U-19 musobaqasida g'olib chiqdi. SHu yil qishda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida esa bronza medallarini qo'lga kiritdi. Hozirda ispaniyalik murabbiy milliy terma jamoani boshqarmoqda.

Miodrag Radulovich (Livan bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 23 oktyabr, 1967 y.


Radulovichni muxlislar "Paxtakor"dagi faoliyati orqali yaxshi bilishadi. Endilikda 51 yoshli chernogoriyalik mutaxassis Livan terma jamoasini boshqarmoqda. U 2015 yil ushbu jamoani qabul qilib olgandi.

Kim Yong Jun (KXDR bosh murabbiyi)
Tug'ilgan sanasi: 19 iyul, 1983 y.


Ketma-ket uchinchi marta Osiyo Kubogida ishtirok etadigan KXDR termasining ustozi mahalliy murabbiy hisoblanadi. Yaqinda futbolchilik faoliyatini tugatgan 35 yoshli Kim Yong Jun terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qo'l ostida shimoliy koreyaliklar pley-offga chiqishga harakat qilib ko'rishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика