So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Osiyo Kubogi-2019. 44 oy oldin boshlangan harakat Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. 44 oy oldin boshlangan harakat

Osiyo Kubogi startiga bir oydan salgina kam vaqt qoldi.

Ammo musobaqa sari ilk qadam 44 oy oldin tashlangandi desa mubolag'a bo'lmaydi. Malumki, ushbu Osiyo chempionatida tarixda birinchi marta 24 terma jamoa ishtirok etadi. Bungacha Osiyo Kuboklarida 16ta jamoa qatnashib kelayotgandi. Navbatdagi musobaqaga saralash birinchi marta 2015 yilning mart oyida o'tkazilgandi.

JCH-2018 saralash bahslarining oxirgi bosqichiga chiqqan omadli 12ta jamoa avtomatik ravishda Osiyo Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bular - Saudiya Arabistoni, BAA, Avstraliya, Qatar, Xitoy, Eron, Yaponiya, Suriya, Tailand, Iroq, Janubiy Koreya va O'zbekiston.

Osiyo Kubogi saralashining 3-bosqichida 24ta terma jamoa o'zaro bahs olib bordi. Bir yildan sal ko'proq davom etgan vaqt mobaynida sakkiztadan o'yin o'tkazgan jamoalar orasida Livan, KXDR, Hindiston, Qirg'iziston, Iordaniya, Vetnam, Ummon, Falastin, Bahrayn, Turkmaniston, Filippin va Yaman terma jamoalari ham musobaqa yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Saralashda umumiy hisobda 252ta o'yin o'tkazildi, darvozalarga jami 820ta gol urildi. Ushbu Osiyo Kubogida uchta debyutant bor. Yani, Qirg'iziston, Filippin va Yaman o'z tarixlarida birinchi bor musobaqaning final bosqichida ishtirok etishadi. Yana shuni aytish lozim, Osiyo Kubogi tarixda ikkinchi bor BAAda tashkil qilinyapti. Birinchisi 1996 yil shu mamlakatda o'tkazilgan bo'lib, unda Saudiya Arabistoni g'olib chiqqandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика