So’nggi yangiliklar

09:05«Динамо» легионер футболчиси билан шартномани узайтирди  0 08:32Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатидаги илк учрашувда оқ либосда майдонга тушади  2 07:56Икки нафар футболчимиз Осиёда ЖЧ-2026 саралаши 2-тур рамзий жамоасидан ўрин олди  1 07:27Суперлига. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  5 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  4 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  3 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  17

Osiyo Kubogi-2015: SHaharlar va stadionlar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015: SHaharlar va stadionlar

Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi bahslari o'tkaziladigan shaharlar va stadionlar nomi ham ko'pchilikni qiziqtirishi aniq.
Bu safar o'quvchilarimizni aynan shu malumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

2013 yilning 27 mart kuni Sidney, Melburn, Brisban, Kanberra va Nyukasl shaharlari Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi malum qilingandi. Har bir shahardagi bittadan stadion qita chempionati o'yinlari mezboni bo'ladi.
Sidney shahri Nyu Saut Uels (Yangi janubiy Uels) shtatining poytaxti sanaladi. Avstraliya va Okeaniya qitasining eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shahri ham Sidneydir. U Avstraliyaning janubiy-sharqiy qismida joylashgan. Tasman dengizi bilan chegaradosh bo'lgan shahar jahondagi eng yirik port shaharlardan biridir. Sidney jahonda eng ko'p millat vakillari istiqomat qiladigan, turli madaniyat va millatlarni o'zida birlashtiradi.



Sidney shahri
Aholisi:
4775000
Tashkil topgan sanasi: 1788 yil 26 yanvar
Hududi: 12367 kv.km.
SHahardan masofa: 877 km Melburn, 923 km Brisban, 287 km Kanberra, 3936 km Pert, 1404 km Adelaida.

“Avstraliya” stadioni aslida “ANZ” nomi bilan birga yuritiladi, lekin Osiyo Kubogi davrida homiylar nomidan foydalanish taqiqlangani sababli “Avstraliya” deb nomlanadi. U Sidneydagi Olimpiya parkida joylashgan. U 1999 yilning mart oyida foydalanashiga topshirilgan. 2000 yilgi Olimpiadada bosh stadion va arena sifatida foydalanilgan. O'zbekiston terma jamoasi 2009 yil jahon chempionati saralash bosqichida shu stadionda mezbonlarga qarshi o'ynagan va 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Stadionning qurilish qiymati 690 million Avstraliya dollariga teng bo'lgan. “Avstraliya” juda ham katta ko'rinishga ega bo'lib, u erda ko'plab sport turlari bo'yicha uchrashuvlarni o'tkazish mumkin. Stadionda o'ta qulay sharoitlar yaratilgan.



“ANZ” (Avstraliya) stadioni
Joylashgan shahri: Sidney
Egasi: “Australia Group”
Sig'imi: 82500
Maydon o'lchami: 170x128 (umumiy)
Qurilish davri: 1996 yil sentyabr – 1999 yil mart
Qurilish xarajati: 690 million Avstraliya dollari
O'tkazilgan yirik tadbirlar: 2000 yilgi yozgi Olimpiada, turli sport turlari bo'yicha Avstraliya chempionati o'yinlari va finallari.
Sayti: www.anzstadium.com.au


Melburn Viktoriya shtatining poytaxti va eng ko'p aholisi istiqomat qiladigan shahri  hisoblanadi. U Avstraliyaning bosh moliya hududidir. 2011 yil Melburn jahondagi yashash uchun eng yaxshi shahar sifatida etirof etilgan. 2013 yil jahonda eng qimmat shaharlar ro'yxatida 4-o'rinni egallagan. Ko'plab sanat, sport va boshqa sohalarga oid tadbirlar ushbu shaharda o'tkazib kelinadi. Har yili “Katta dubulg'a” tasnifiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionati tennis turniri va “Formula-1” poygalari bo'lib o'tadi. Bu yil tennis musobaqasi Osiyo Kubogi bilan bir paytga to'g'ri keladi. U 19 yanvardan 1 fevralgacha davom etadi.



Melburn shahri
Aholisi
: 4500000
Tashkil topgan sanasi: 1835 yil 30 avgust
Hududi: 9990 kv.km.
SHahardan masofa: 465 km Kanberra, 712 km Sidney.
Federal tabaqalari: 23ta
“AAMI Park” stadioni Osiyo Kubogi davomida “Melburn Rektangular” (rektangular o'zbekchada to'g'ri burchakli degan manoni bildiradi) deb nomlanadi. 30 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar ham tashkil etiladi. Avstraliyadagi stadionlar maydoni ancha katta. CHunki avstraliyacha futbol, regbi va boshqa o'yinlarni o'tkazish imkoniyati hisobga olinib, stadionlar shunday qurilgan.



“AAMI Park” stadioni
Joylashgan shahri: Melburn
Egasi: Viktoriya shtati hukumati
Sig'imi: 30050
Maydon o'lchami: 136x85 (umumiy)
Qurilish davri: 2007-10
Qurilish harajati: 268 million Avstraliya dollari
O'tkazilgan yirik tadbirlar: 2010 va 2014 yil regbi bo'yicha “To'rt millat” ligasi, 2017 yil Regbi bo'yicha jahon chempionati o'tadi. Melburn shahrining turli sport jamoalari uchun uy stadioni (“Melburn Siti” va “Melburn Viktori” futbol jamoalarining ham).
 


Brisban shahri
Brisban Kuinslend shtatining poytaxti va Avstraliyaning yirik 3-shahridir. Ushbu shaharda ham turli savdo va moliyaviy operaciyalar amalga oshiriladi.

Aholisi: 2250000
Tashkil topgan sanasi: 1825 yil may
Hududi: 15826 kv.km.
SHahardan masofa: 733 km Sidney, 945 km Kanberra, 1376 km Melburn, 1602 km Adelaida, 3610 km Pert.
Federal tabaqalari: 17ta

Brisban stadioni aslida “Sankorp Metvey” deb nomlanadi. Uning nomi Osiyo Kubogi paytida shartli ravishda shahar nomi bilan ataladi. Stadion Brisban chekkasidagi Milton mavzesida joylashgan. U Avstraliyadagi eng birinchi qurilgan stadionlardan biridir. 52500 tomoshabinga mo'ljallangan.



“Sankorp Metvey” stadioni
Joylashgan shahri:
Kuinslend
Egasi: Kuinslend hukumati
Sig'imi: 52500
Qurilish davri: 1911-14
Qurilish xarajati: 280 million Avstraliya dollari (qayta qurishlar bilan)
O'tkazilgan yirik tadbirlar: Kuinslend shtati turli sport jamoalari uy stadioni.
 


Kanberra shahri
Kanberra Avstraliyaning poytaxti bo'lishiga qaramay, kattaligi bo'yicha 8-o'rinda turadigan shahardir. SHahar Sidneyning janubi-g'arbiy qismida joylashgan. Bu erda mamlakatning barcha boshqaruv idoralari mavjud. Ushbu shahar Avstraliyaning poytaxti sifatida 1908 yil tanlangan. Sidney va Melburn tarafdorlari o'rtasida kelishmovchilik chiqmasligi maqsadida shunday qarorga kelingan.

Aholisi: 385000
Tashkil etilgan sanasi: 1913 yil 12 mart
Hududi: 814,2 kv.km.
SHahardan masofa: 286 km Sidney, 669 km Melburn, 1159 km Adelaida, 1203 km Brisban, 3726 km Pert.
Federal tabaqalari: Kanberra, Frazer.

Kanberra stadioni aslida “GIO Stadium Canberra” deb nomlanadi. U ko'proq regbi o'yinlarini o'tkazishga mo'ljallangan. 25 ming muxlisni sig'diradigan stadionda poytaxtning turli sport klublari o'z o'yinlarini o'tkazib kelishadi. Osiyo Kubogi ushbu stadion uchun hozirgacha o'tkazilgan eng yirik tadbirga aylanadi.



“GIO Stadium Canberra” stadioni
Joylashgan shahri: Bryus, Kanberra
Egasi: “Australian Sports Commission”
Sig'imi: 25011
1977 yil ishga tushirilgan
O'tkazilgan yirik tadbirlar: turli sport turlari bo'yicha Kanberra jamoalari uy stadioni.
Sayti: giostadiumcanberra.com.au

 

Nyukasl shahri
Nyu Saut Uelsda joylashgan Nyukasl Avstraliya iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Bu erda Makuari, CHessnok, Meytlend kabi yirik shaharlar ham bor. Sidneydan 162 km uzoqlikda joylashgan o'zining ko'mir sanoati bilan mashhur. Nyukasl jahonda eng yirik ko'mir portiga ega shahar hisoblanadi. SHahar tarixi ham sanoatning ushbu yo'nalishi bilan chambarchas bog'liq. Bu erda ko'proq oddiy ishchilar sinfi uchraydi. Ko'mir zaxirasi hali juda ko'pligi aytib kelinadi.

Aholisi: 310000
Tashkil etilgan yili: 1984
Hududi: 261,8 kv.km.
SHahardan masofa: 162 km Sidney
Federal tabaqalari: Nyukasl, SHortlend, CHarlton
Nyukasl stadioni aslida “Xanter” deb nomlanadi. Bu erda regbi va futbol ligasining Nyukasl shahri jamoalari uy o'yinlarini o'tkazib keladi. Stadion shtat hukumatiga tegishli. Stadion sig'imi 33 ming tomoshabinga mo'ljallangan.



“Xanter Interneyshnl Sport markazi”
Joylashgan shahri:
Nyukasl
Egasi: Yangi Janubiy Uels hukumati
Sig'imi: 33000
Qurilish davri: 1967-70
O'tkazilgan yirik tadbirlar: turli sport turlari bo'yicha Nyukasl jamoalari uy stadioni
Sayti: hunterstadium.com.au


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика