So’nggi yangiliklar

18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  1 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   40 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  2

Osiyo kubogi-2015. Raqibimiz - KXDR terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2015. Raqibimiz - KXDR terma jamoasi

Guruhdagi birinchi uchrashuvi KXDRga qarshi o'tkazamiz. Ushbu jamoa bilan oxirgi jahon chempionati saralash bosqichida to'qnash kelib, 2 o'yinda 1:0 hisobida zafar quchganmiz.
Biroq o'tgan yili kam bahslarda ishtirok etgani tufayli “CHollima” haqida malumot unchalik ko'p emas. Ularning musobaqaga qanday tayyorlangani to'g'risida etarlicha axborot tarqatilmadi. Faqat jamoa tarkibini bilib oldik. Oktyabr oyida KXDR Dubayda yig'in o'tkazdi va o'shanda 3 o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushgandi. Terma jamoamiz murabbiylari faqat o'sha bellashuvlardan kelib chiqqan holda raqib haqida tasavvurga ega bo'lganlar. Biz bu jamoaning qanday o'yin uslubi va tarkibni tanlashi mumkinligi to'g'risida uchrashuv oldidan chop etiladigan navbatdagi sonimizda malumot keltirib o'tamiz. KXDR Osiyo Kubogining eng sirli jamoalaridan biri. Hammasini 1-tur o'yinida ko'rib, baho berishimiz mumkin.

KXDR terma jamoasi
Laqabi:
“CHollima”
Bosh murabbiyi: Jo Tong Sop
Sardori: Ri Myon Guk
FIFA reytingida o'rni: 150
Eng yuqori o'rni: 57 (1993 yil noyabr)
Eng quyi o'rni: 181 (1998 yil noyabr)
Birinchi uchrashuvi: Xitoy – 1:0 (Pekin, Xitoy, 1956 yil 7 oktyabr)
Eng yirik g'alabasi: Guam – 21:0 (Taypey, Xitoy Taypeyi, 2005 yil 11 mart)
Eng yirik mag'lubiyati: Portugaliya – 0:7 (Keyptaun, JAR, 2010 yil 21 iyun)
Jahon chempionatida 2 marta ishtirok etgan. Osiyo Kubogida 3 bor qatnashgan va 1980 yil yarim finalga etib kelgan.
KXDR bosh murabbiyi bo'lgan Yun Jon Suning OFK tomonidan diskvalifikaciya qilingani sababli Jo Tong Sop bu vazifani bajarishga kirishadigan bo'ldi. U 2010 yil KXDR yoshlar terma jamoasini qita chempioniga aylantirgan. 2011 yil Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida terma jamoani boshqargan. O'shanda jamoa birorta gol urmasdan musobaqani tark etgandi. Sop bu safar qanday natijaga erishishi kuzatamiz.

Jo TONG SOP
Tug'ilgan sanasi:
01.05.1969
Tug'ilgan joyi: Pxenyan
Boshqargan jamoalari: KXDR yoshlar terma jamoasi, KXDR milliy terma jamoasida yordamchi va bosh murabbiy.
Terma jamoa tarkibi 20 nafar mahalliy chempionatda o'ynaydigan va 2 nafar legionerdan iborat.

Futbolchilarning asosiy qismi “Rimyongsu” va “25 aprel” klublaridan chaqirilgan. Ushbu 2 jamoadan 14 o'yinchi jalb etilgan. SHuningdek, 2 nafardan Yaponiya va SHveycariya chempionatida to'p tepadigan legionerlar ham taklif qilindi. Asosiy yulduz Jon Tay Se esa Janubiy Koreya fuqaroligini ham taklif qilgani va ushbu davlat chempionatida o'ynayotgani tufayli KXDR termasiga jalb etilmaydigan bo'ldi. Yaponiyada tavallud topgan o'yinchi ayni paytda “K” ligada o'ynayapti. Terma jamoada Ri Myon Guk, CHa Jon Xyok, Jon Kvan Ik, Pak Son CHol, Pak Kvan Ryong singari futbolchilar etakchilar rolida gavdalanadi. 22 futbolchidan 11 nafari terma jamoada hali 5ta ham o'yin o'tkazib ulgurmagan. Demak, jamoa tarkibi 2014 yil tubdan yangilangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularni milliy chempionatdagi ishtiroklari asosida tanlab olishgan. KXDR jamoalari Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etishmaydi.

Darvozabonlar

1. Ri Myon Guk

54

0  Pxenyan Siti

18. Ri Kvan Il

0

0  25 aprel

22. Ju Kvan Min

14

0  Rimyongsu

Himoyachilar

2. Ri CHang Xo

0

0  Rimyongsu

3. Jan Son Xyok

10

2  Rimyongsu

4. Jon Kvan Ik

30

2  Amrokgang

5. Xan Son Xyok

3

0  Rimyongsu

6. Ro Xak Su

12

2  Rimyongsu

13. Sim Xyon Jin

9

1  25 aprel

15. Jan Kuk CHol

0

0  Xvaebul

16. CHa Jon Xyok

45

1  Vil, SHveycariya

Yarim himoyachilar

7. Ri San CHol

2

2  Rimyongsu

8. Ryan Yong Gi

21

4  Vegalta Senday, Yaponiya

9. Pak Son CHol

28

8  Rimyongsu

11. Jon Il Gvan

25

6  Rimyongsu

19. Ri Yong Jik

0

0  Tokushima Vortis, Yaponiya

21. O Xyok CHol

3

1  25 aprel

Hujumchilar

10. Pak Kvan Ryong

12

3  Bazel, SHveycariya

12. Om CHol Son

1

0  25 aprel

14. Kyo Son Xyok

2

1  25 aprel

17. So Xyon Uk

3

0  25 aprel

20. CHoy Von

0

0  Xvaebul



Behzod Nazarov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика