So’nggi yangiliklar

01:11Холанд қайтди  0 00:15Ана холос! "Интер"нинг энг муҳим футболчиси "Барселона"га қарши ўйнамайди  6 00:01Европа лигаси ярим финалларидан онлайн ҳисоб  24 00:00Конференциялар лигаси ярим финалидан онлайн ҳисоб!  3 23:44"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради  3 23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  1 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  1 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  4 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  12 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  3 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  6 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  7 20:50Милитао жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 20:29Усмон Дембеле Goal талқинига кўра "Олтин тўп"га энг асосий номзод  8 20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0

Osiyo Kubogi-2015. Quvayt murabbiyi: "Biz Avstraliyaga qarshi tayyormiz" Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015. Quvayt murabbiyi: "Biz Avstraliyaga qarshi tayyormiz"

Ertaga Avstraliya - Quvayt uchrashuvi bilan navbatdagi Osiyo chempionatiga start beriladi.
Bugun ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida ananaviy matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bunda Quvayt termasi bosh murabbiyi Nabil Malul quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Men jamoani atigi uch hafta oldin qabul qilib oldim, shunga qaramay, shogirdlarimning hammasini bilaman. Albatta, bizda tayyorgarlik jarayoni nihoyatda kam bo'ldi, ammo shu qisqa vaqt ichida shogirdlarim bilan tezda til topishib keta oldim. O'ylaymanki, Avstraliyaga qarshi tayyormiz.

- Ko'rfaz kubogi bahslari biz uchun yaxshi o'tmadi, shu bois endi Osiyo chempionatida o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Quvayt termasi to'rt yil oldingi musobaqada guruhdagi uchala o'yinni ham boy bergandi, lekin bu safar bunday bo'lmaydi deb umid qilaman. Dastlabki bahs oldidan futbolchilarimizda hayajon bor, lekin bu uzoq davom etmasligi kerak. Ayrim sabablarga ko'ra, Fahad Al Enazini tarkibga jalb qilmadik, endi uning o'rnida boshqalarni sinab ko'ramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика