Osiyo Kubogi-2015. Muxlislar uchun parklar ochildi

25 noya 2014, 16:04
Yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi juda qiziq kechishi kutilmoqda.
28 noyabrdan boshlab o'yinlar o'tkaziladigan beshta shaharda muxlislar uchun maxsus tashkil etilgan dam olish joylari bo'ylab sayohat qilish boshlanadi. Muxlislar bemalol bu erga kelib hordiq chiqarishlari, futbol o'ynashlari, shuningdek esdalik uchun suratga tushishlari mumkin.

Osiyo Kubogi uchrashuvlari bo'lib o'tadigan shaharlar bo'ylab sayohat quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: Kanberra (28 noyabr - 4 dekabr), Melburn (9-12 dekabr), Brizben (11-15 dekabr), Sidney (17-21 dekabr) va Nyukasl (18-22 dekabr).

Manba: championat.asia