So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  1 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Osiyo Kubogi-2015: Avstraliya terma jamoasi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015: Avstraliya terma jamoasi

Bugundan boshlab saytimiz orqali Osiyo Kubogi ishtirokchilarini tanishtirib boramiz.
Dastlab musobaqa mezboni sanalgan Avstraliya terma jamoasi haqida malumot berib o'tamiz.

Musobaqa mezboni bo'lgani sababli “sokkeruz”larning qita chempionatida zafar quchish imkoniyati yuqori baholanmoqda. Jamoa Braziliyada o'tgan jahon chempionatida Gollandiyaga qarshi uchrashuvda yuqori saviyada o'yin ko'rsatib, ko'pchilikni hayron qoldirgandi. Terma jamoani 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan Ange Postekoglu hozircha jamoani shakllantirish jarayonini davom ettirmoqda. Terma jamoada yosharish yuzaga kelgani sababli u o'rtoqlik uchrashuvlarida turli yangi nomzodlarni sinovdan o'tkazib ko'rdi. Evropaga bir necha yil yangi futbolchilar yo'l olmagani sababli muammo yuzaga kelgandek edi, lekin avstraliyaliklar yana Evropa maydonlarida o'zlarini ko'rsatishni boshlashdi.

Tayyorgarlik jarayoni Avstraliyada ko'p bo'lmaydi. CHunki jamoa dekabrning oxirida yig'ilib, o'rtoqlik o'yinlarisiz Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'radi.

Laqabi: "sokkeruz"
Bosh murabbiyi: Ange Postekoglu
Sardori: Mayl Edinak
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Mark SHvarcer (109)
To'purari: Tim Keyxill (36)
FIFA reytingidagi o'rni: 100
Birinchi rasmiy o'yini: Yangi Zelandiya - 3:1 (Dandin, Yangi Zelandiya, 1992 yil 17 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Amerika Samoasi - 31:0 (Koffs Xarbyor, Avstraliya, 2001 yil 11 aprel)
Eng yirik mag'lubiyati: JAR - 0:8 (Adelaida, Avstraliya, 1955 yil 17 sentyabr)

Jahon chempionatida 4 marta ishtirok etgan. Osiyo Kubogida 2 bor qatnashib, 2011 yil finalda Yaponiyaga yutqazgan. Okeaniya chempionatining 4 karra g'olibi.

Terma jamoa safida qita chempionatida qatnashadigan futbolchilarning 16 nafari xorij chempionatlarida to'p tepishadi. Uch nafar asosiy yulduz sifatida Mayl Edinak, Tim Keyxill va Robbi Kruzni ko'rsatish mumkin. Edinak 2014 yil Osiyodan tashqarida faoliyat yuritadigan eng yaxshi futbolchi deb topildi. Angliya premer-ligasida “Kristal Pelas” tarkibida ishonchli o'yin namoyish qilmoqda. Keyxill esa 35 yoshda ham raqib uchun xavfli hujumchi sifatida qolyapti. Kruz esa Germaniya bundesligasida juda ko'p xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishi bilan tanilgan. SHuningdek, Mark Breshianoni ham yoddan chiqarish kerak emas.


Terma jamoa tarkibi

Darvozabonlar

O'yin
Gol Klubi

Metyu Rayan

13

0

“Bryugge”, Belgiya

Evgen Galekovich

8

0

“Adelaida Yunayted”

Mitchell Langerak

5

0

“Borussiya D”, Germaniya

Himoyachilar

Metyu Spiranovich

21

0

“Vestern Sidney”

Jeyson Devidson

13

0

“Vest Bromvich”, Angliya

Ivan Franjich

12

0

“Torpedo”, Rossiya

Aleks Uilkinson

11

0

“CHonbuk Motors”, Koreya

Aziz Bexich

7

2

“Bursaspor”, Turkiya

Trent Seynsbri

4

0

“Zvolle”, Gollandiya

Kris Xerd

3

0

“Aston Villa”, Angliya

Yarim himoyachilar

Mark Breshiano

81

13

“Al Garafa”, Qatar

Mayl Edinak

52

6

“Kristal Pelas”, Angliya

Mett Makkay

50

1

“Brisban Roar”

Mark Milligan

33

2

“Melburn Viktori”

Jeyms Troizi

16

1

“Zyult Varegem”, Belgiya

Tommi Oar

21

1

“Utrext”, Gollandiya

Massimo Luongo

5

0

“Suindon Taun”, Angliya

Terri Antonis

3

0

“Sidney”

Hujumchilar

Tim Keyxill

76

36

“Nyu York Red Bulls”, AQSH

Robbi Kruz

32

3

“Bayer”, Germaniya

Metyu Leki

16

1

“Ingolshtadt”, Germaniya

Neyton Berns

7

0

“Vellington Foniks”

Tomi Jurich

5

1

“Vestern Sidney”

 
Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика